Ona

0
215
marta koʻrilgan.

Har ikki soʻzingizning bittasi edi “bolam”,

Har ikki soʻzingizning bittasi edi “jonim”.

Necha yillar oʻtsa ham, koʻzlarimdan ketmas nam,

Diydori qiyomatga qolganim, onajonim.

 

Sahardan shomlargacha paxtalar tergan onam,

Kechalari uyqusi necha buzilgan onam.

Oʻgʻilu qizlariga kuchini bergan onam,

Joynamozning ustida joni uzilgan onam.

 

Tush koʻribman, tushimda sochingiz tararmishsiz,

Derazadan koʻchaga qararmishsiz damo-dam.

Boisini soʻrasam, dadamlar dedi yigʻlab:

“Bugun tugʻilgan kuni onajoningni, bolam…”

 

Abdurahmon AKBAR

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.