Ona

0
85
marta koʻrilgan.

Siz alla aytganda tunlar uxlamay,

Oy ham orom olar qoʻyib bosh.

Falakni tark etib sajdalar etar,

Mehringiz qoshida lol qolgan Quyosh.

 

Mehrkim, sutday oq nurday pokiza,

Mehrkim, taftidan erur hatto tosh.

Mehrkim, tiz choʻkib poyida har kech,

Chinakam bardoshni oʻrganar Bardosh.

 

Onajon! Barchasin hassos tabiat,

Mushtdek qalbingizga qanday etgan jo?!

Farzandlar yoʻliga mahtal boʻlsin, deb,

Yelkangizga tashvish ortganmi Dunyo?!

 

Dam kulib, dam yigʻlab yoʻllarga boqqan,

Sabritosh onadir bul moʻtabar zot.

Baʼzida shundayin yonidan oqqan,

Daryoning qadriga yetmas odamzod.

 

Doʻstlarim, kelinglar,

onalar qadriga yetaylik!

 

Gʻulom FATHIDDIN

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.