Ona

0
176
marta koʻrilgan.

Assalom, mehru muhabbat mulkiga sulton ona,

Toju taxtingning bisoti shafqatu ehson ona.

 

Nogahon farzand tomon essa agar noxush shamol,

Aylagaysan koʻkragingni togʻ kabi qalqon, ona.

 

Oq suting birlan qilursan sen jahonga jon ato,

Mushkuli dunyo boʻlur amring bilan oson, ona.

 

Koʻzlaringda koʻrganimda gohida hasratli yosh,

Koʻz yoshidan yer yuzi goʻyo boʻlur ummon, ona.

 

Solsa har kim gar dilingning toriga mungli navo,

Boʻlsa ham olim, boʻlolmas hech qachon inson, ona.

 

Mijja qoqmay alla aytib chiqqaning-chun bir kecha

Bir umr xizmatda boʻlsam qolmagay armon, ona.

 

Jonibek QUVNOQ

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.