“Omonlik ber kulbama!”

0
75
marta koʻrilgan.

Nurlan OʻRAZALIN

 

1947 yil Olmaota viloyatining Uygʻur tumani Ulkandixon ovulida tugʻilgan. Shoir, dramaturg, jamoat arbobi, tarjimon. “Asr bilan xayrlashuv” sheʼriy toʻplami uchun Qozogʻiston Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan (2002 y).


 

TILAK

 

Mana, jonim…

Mana, imonim…

Sensiz umr surolmam.

Dunyoning oʻzgarganin

Koʻrib, unsiz yurolmam.

 

Bir oʻy bermas sira tinim,

Bulqinadi gul-tana,

Yaratgandan soʻraganim:

Omonlik ber kulbama!

 

Yayrab kirdim qirqqa, mana,

Qoʻndi shuʼla toʻrimga.

Berar boʻlsang urpogʻima,

Elimga ber, yerimga!

 

Chayqalmasin boʻsagʻalar,

Omon tursin Yer doim.

Qoʻshogʻim-la2 qoʻsh oqarar

Davron bergin, Xudoyim!

 

Kerak emas sinov-oʻyin,

Kir izlamam qayerdan.

Birga yurib, birga koʻrayin

Nasibani, buyurgan.

 

Mana, jonim…

Mana, imonim…

Sensiz umr – afsus, oh.

Men netayin oʻzgarganin

Yer-jahonning…

Kechir, Alloh!

 

* * *

Shubha-gumon koʻpaydi…

Koʻch ketganma?

Doʻst koʻp derdim,

Qarasam, doʻst yoʻq menda.

Siylaganni doʻst demoq – soddalik bu,

Shunda qalay?

Bor umrim boʻsh oʻtganma?

 

Gunohkor kim?

Oʻzimmi, oʻzgalarmi?

Halol boʻlsa, soʻz tinglab, oʻzgararmi?

“Kechagi doʻst – bugun yov” boʻlmasa gar,

Koʻz oldimda evrilib, boʻzararmi?

 

Soʻroq, savol koʻpaydi yurakdagi,

Kecha-kunduz yonaman, jismim – mayoq!

Doʻstim qildi xiyonat, buzuq tagi,

Sotdi doʻstim, koʻzlari qilt etma-yoq…

 

Muzaffar AHMAD tarjimasi

 

“Jahon adabiyoti” jurnali, 2013–10

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.