“Mol yiqqan oʻziga orttirar ozor”

0
135
marta koʻrilgan.

Raimboy Sobirov – 1933 yilda tavallud topgan. Turkmanistonning Toshoʻgiz shahrida istiqomat qiladi. U 1955 yilda Toshkent Davlat chet tillar oliygohining fransuz tili kulliyotini bitkazgan. Turkman va oʻzbek tillarida ijod qiladi. “Yumaloq dunyo”, “Girdobdan sohilga”, “Sirli maqomlar”, “Insof”, “Dunyoning siri” qissalari, “Qiz amali”, “Kutilmagan jazo”, “Azroilning hazili” kabi oʻnlab sahna asarlari va birqancha romanlar muallifi.


 

Ruboiylar

 

Hayotda shodligu ham azob bordir,

Oldingda gunohu ham savob bordir,

Qaysisi ustuvor, oʻzingga bogʻliq,

Bilki, poyonida sarhisob bordir.

 

* * *

Derlar, kelar bir kun oxirzamona,

Odamzot nasli-chun bu bir afsona,

Lekin har kishining zamon oxiri,

Kelgusi muqarrar toʻlsa paymona.

 

* * *

Odamlar tilagi azal adolat,

Adolat boʻlmasa, barchasi gʻalat.

Teng sochar zaminga quyosh shuʼlasin,

Ul shuʼla tushmasa yer boʻlar barbod.

 

* * *

Riyokorga qilsang turfa yaxshilik,

Uygʻonmas qalbida bir tuygʻu iliq.

Qora tosh ustida oʻsmas ekan gul,

Bagʻri toshdan kutma hargiz xush qiliq.

 

* * *

Dunyoga koʻz tikma, u gavjum bozor,

Sovrilar bir damda, boʻlma umidvor.

Qanoat – boylikdir, nafs – gadolik,

Mol yiqqan oʻziga orttirar ozor.

 

* * *

Koʻngil bir gulshandir, yetmasa ozor,

Shirin soʻz bilan u doim lolazor.

Gulzorni toptashdir koʻngilga tegmoq,

Derlar: dilozordan Xudo ham bezor.

 

Turkmanchadan Qurbon MUHAMMADRIZO tarjimasi

 

“Ijod olami”, 2017–6

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.