Men ertaga juda erta…

0
179
marta koʻrilgan.

 

Men ertaga juda erta

Tinch uyqumni buzaman,

Oq koʻylagim kiyaman-da,

Dalalarni kezaman.

 

Yashilgina maysalarning

Barglariga bosib lab,

Erkalayman qizaloqday

Qulogʻiga shivirlab.

 

Keyin oyning elkasiga

Qoʻlimni qoʻyib beun –

Yuragimni ochaman –

Oydin boʻlar oʻsha tun.

 

Xurshid Davron.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.