Ko‘ngul – ma’ni durrining ganji

0
53
marta ko‘rilgan.

Abdurahmon JOMIY

 

Agar suratda ma’ni ochmasa yuz,

Qachon ochg‘oy ko‘ngul surat sori ko‘z?!

* * *

Qachonkim ishq yoyi otsa bir o‘q,

Ongo tadbir qalqon o‘lmoqi yo‘q.

* * *

Na xush debdur hakimi hikmatoro –

Ki, mushku ishq pinhon bo‘lmas aslo.

* * *

Qachon parvona qilg‘ay mayli xurshid,

Ongo chun sham’ vasli bo‘lsa ummid.

* * *

Tilar bo‘lsa agar labtashnaye ob,

Ongo ne sud qilgay shakkari nob?

* * *

Kerak qilmoq bu ishga tez ko‘shish –

Ki, ko‘shish sud qilmas o‘tsa gar ish.

* * *

Yorutmas uyni gar bir sham’ nuri,

Yana ham sham’ yoqmokdur sururi.

* * *

Malomat ishq dardin toza aylar.

* * *

Hamul toshg‘a yetushti yaxshi davlat –

Ki, topti u guhardin qadru qimmat.

* * *

Zihi, farxunda tole’ korvoni –

Ki, maqsad tolibidur jismu joni.

* * *

Berib nodon matoi ganji olam,

Olur bir necha ro‘kash qalb dirham.

* * *

Bo‘lub domanfishon kavnu makong‘a,

O‘zungni yetkur asl oshyong‘a.

* * *

Damo-dam qo‘nma hushing bo‘lsa bori,

Uchub ul shoxadin bu shoxa sori.

* * *

Yaqindur husni suratning zavoli,

O‘tar bir holg‘a bir lahza holi.

* * *

Chu ko‘rding aks azm et asl sori –

Ki, koming hosil et jovid bori.

* * *

Baqo istar esang sol aslig‘a ko‘z,

Vafo istar esang ur aslig‘a yuz.

* * *

Bo‘lur pokiza tiynat – pok kirdor,

Zinozoda bo‘lur bilgil zinokor.

* * *

It odam, yo‘qsa odam it tug‘urmas –

Ki, tuxmi arpadin bug‘doy ko‘karmas.

 

Muhammad Rizo OgaHiy tarjimalaridan

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.