“Kimki haqqa bandadur, farmonidin ayrilmasun”

0
250
marta koʻrilgan.

HAZINIY muxammaslaridan

 

* * *

 

Ikki olamda erursiz osiylarga rahnamo,

Rahmatan-lil-olamin, deb koʻz tutar roʻzi jazo,

Qabringizda mavj urodur, rahmati nuri xudo,

Har kishi qilsa ziyorat, dardiga topgay davo,

Ravzayi pokingga keldim, yo rasuli Mustafo.

 

Bir nazar qilgil mango. Odam safiyni hurmati,

Ham Halili bosafo, Nuhi nabini hurmati,

Ham Abu Bakru Umar, Usmon, Alini hurmati,

Yuz yigirma toʻrt ming oʻtgan nabini hurmati,

Ravzayi pokingga keldim, yo rasuli Mustafo.

 

Tanda-jismimda imon, shoista qilgil tavbaga,

Ul umid birlan borib boshimni ursam ravzaga,

Hazrati Odam duosi boʻldi maqbul Kaʼbaga,

Ulmasidin bul Haziniykim, boribdur Baqyaga,

Ravzayi pokingga keldim, yo rasuli Mustafo.

 

* * *

 

Voy, xor oʻldi shariat, dinimiz boʻldi gʻarib,

Bu nechuk turfa alomat, dinimiz boʻldi gʻarib,

Ye yaqindurmu qiyomat? Dinimiz boʻldi gʻarib,

Koʻp rivoj oldi sharorat, dinimnz boʻldi gʻarib,

Barchadin ketti adolat, dinimiz boʻldi gʻarib.

 

Tavba denglar, ey birodarlar, turub shomu sabo,

Aylashib zoru tazarruʼlar, tilang haqdin pano,

Doimo toat-ibodatda boʻlub, aylang duo,

Shoyad etsa rahm rabbim podshoh, bizlar gado,

Jurm etib, qilmay nadomat, dinimiz boʻldi gʻarib.

 

Xonaqoda zikrp haq moneʼ, sharorat oshkor,

Barcha nokaslar hukumatda saynddur, xoja xor,

Kimda dunyo boʻlsa, holo xalq ichra eʼtibor,

Olimu shayxi zamon xilvatda yigʻlar zor-zor,

Jorii boʻlmasdnn tariqat, dinimiz boʻldi gʻarib.

 

Yaxshilarga sabr qilmakdin boʻlak yoʻqtur iloj,

Bu na mushkuldur, musulmonlar berur mushrikka boj,

Turmayin Fargʻona ichra emdi, Baytulloga qoch,

Jurm etib, qilmay nadomat, dinimiz boʻldi gʻarib,

 

Har qayonda boʻlsa, donolarni holo bagʻri qon,

Bu falak raftori kaj dastidin aylarlar figʻon,

Qoʻl yaqoda, tavba deb aylang. yana piru javon,

Bexabar turma, Haziniy, anqarnb oxir zamon,

Vodarigʻo, bu na hik. mat, dinimiz boʻldi gʻarib.

 

* * *

 

Mubtalolar nolasini tun sahar, yorim, eshit,

Kechalar hajring bilankim aylagan zorim eshnt,

Man nisor aylay yoʻlingda yoʻq ila borim, eshit,

Misli Sanʼon bogʻlagʻon boʻynumda zunnorim, eshit,

Hasratingda yigʻlaram doim shabi torim, eshit.

 

Yosh toʻkarman koʻzlarimdin Nuhni toʻfonidek,

Misli Yahyodek biyobonda Shuayb choʻponidek,

Yusufim deb yigʻlasam chun Yaʼqubi Qanʼoniydek,

Avvalida qul boʻlub, ohir Misr sultonidek

Bir kaloba if bilan boʻlgan xaridorim, eshit.

 

Zikriyodek haq qazosigʻa rizo boʻlsammukin,

Misli Musodek xudoyimgʻa navo qilsammukin,

Balki Jirjisdek aduvlar dastida oʻlsammuqin,

Necha oʻlturgon bilan oʻlmay, tirik tursammukin,

Shahrmu hoil, shahidin tortgon ozorim eshit.

 

Chilla oʻltursam nahangni batnida Yunusdek,

Ulmayin jannatga kirsam man oʻshal Idrisdek,

Shoh boʻlsam olamda Iskandaru Kovusdek,

Intizor etsam Sulaymongʻa yana Bilqisdek,

Osaf ibni Burxiyo kelgʻuncha xummorim, eshit.

 

 

Ul Safiyullohdek, yo rabbano, deb yigʻlasam,

Hazrati Ayyubdek haqnn rizosin koʻzlasam,

yo Hadilullohdek oʻgʻlumni qurbon aylasam,

Mustafodek Makkadin chiqsam, Madina koʻzlasam,

Bu Haziniy turmoqa bu yerda nochorim, eshit.

 

* * *

 

Bahaqqi Odamu Havvo, xudoyo, dinga quvvat ber,

Ayo, Sattori behamto, xudoyo, dinga quvvat ber,

Tufayli Idrisu Muso, xudoyo, dinga quvvat ber,

Erursan qodiri yakto, xudoyo, dinga quvvat ber

Ki, barcha sirridin ogoh, xudoyo, dinga quvvat ber.

 

Musallat aylading Nuhi nabini qavmiga toʻfon,

Nignn berding Sulaymongʻa, jahonda aylading sulton,

Gʻazab qildingki, boʻldi Lut qavmi lahzada yakson

Ki, harna aylamoqlik qudratingni oldida oson,

Uzingsan xoliqi ashyo, xudoyo, dinga quvvat ber.

 

Bahaqqi Yusufu Yaʼqubi nobino tufaylidin,

Ushal Ayyubi dono, Zikriyo, Yahyo tufaylidin,

Duoni mustajab etgil raSululloh tufaylidin,

Qazogʻa rozilik bergan Zabihulloh tufaylidin

Ki, yo rab, hurmati Iso, xudoyo, dinga quvvat ber.

 

Karam aylab, nahangni batnida Yunusgʻa jo berding

Ki, qirq kun qudrating birla qanotdin gʻizo berding,

Xalilnn dush. manigʻa pashshayedin koʻp jazo berding,

Gʻazabni shuʼlasi joʻsh urdi, qavmiga balo berding,

Murodim shulki, maʼbudo, xudoyo, dinga quvvat ber.

 

Shafiʼ qildim tamomi ruhi poki anbiyolarni,

Jahonda avvalu oxirda oʻtgan avliyolarni,

Habibing ummatimiz, hurmatidin kech gunolarni

Ki, rahmat etguchi Rahmon, qabul qilgʻil duolarni,

Haziniy arzi shul sango, xudoyo, dina quvvat ber.

 

* * *

 

Ul shariat mazhari roʻyi gʻubor oʻldi, darigʻ,

Ketti holo ravnaqi islom, xor oʻldi, darigʻ,

Qozilar hukmi, ajab, beeʼtibor oʻldi, darigʻ,

Zikri haq moneʼ, sharorat oshkor, oʻldi, darigʻ,

Yaxshilarga turgadi Fargʻona tor oʻldi, darigʻ.

 

Kimni imoni qaviy boʻlsa, oʻshal hijrat qilur,

Ul Madina shahriga borsam, debon niyat qilur,

Ravzayi paygʻambarimni oldida xizmat qilur,

Zindalikda oʻlmayin ul joyini jannat qilur,

Baʼziga bormas bahona ravzaga oʻldi, darigʻ.

 

Mardu zan, yoshu qarida qolmadi sharmu hayo,

Bu sababdin boshimizga yogʻilur turluk balo,

Kim erur sohibhukumat, shevadur ango gʻizo,

Bebizoat xordur, izzatda holo agʻniyo,

Baʼzilar dunyo uchun dindin guzor oʻldi, darigʻ.

 

Dinimiz boʻldi gʻarib, bu xalq holo bexabar,

“Koʻp alomatlar boʻlub oʻtgay”, – dedi, – xayrul-bashav

Kim, hadisi Mustafo chun “Qulli yavmindur batar”,

Deb edi, “Ummatlarim dunyo uchun dinin sotar”,

Pul uchun mushriklara moʻmin qaror oʻldi, darigʻ.

 

Tavba denglar, ey birodarlar, turub shomu sahar,

Qoʻl ochib qilsang duo, bergay xudo dinga zafar,

Na alomat, na qiyomat, necha yoʻl kuydi qamar,

Turma bu yerda, Haziniy, ravzaga qilgʻil safar,

Anqarib Dajjol xar uzra suvor oʻldi, darigʻ.

 

* * *

 

Tiyra dilimni ravshanisiz, roʻshno keling,

Aftodalarni soʻrgali bir, oshno, keling,

Holi tabohning qoshigʻa mushkilkusho keling,

Gʻurbatkashida qullara, ey dilkusho, keling,

Vaqti iyodatin soʻrab, kulbam kusho, keling,

 

Man tashnaman visolinga, san, yor, qaydasan?

Koʻnguldagi dardu gʻaming agʻyorga aytasan,

Utlik sharobini berib kuydursa, qaytasan?

Gʻurbatkashida qullara, ey dilkusho, keling,

Vaqti iyodatin soʻrab, kulbam kusho, keling.

 

Sabru qarorim qolmadi, yoʻlingda koʻz tutub,

Umrum ichinda doimo ishqing bilan oʻtub,

Tigʻi sitamlaring mani jonimgʻa qasd etub,

Gʻurbatkashida qullara, ey dilkusho, keling,

Vaqti iyodatin soʻrab, kulbam kusho, keling.

 

Zarra tarahhum etmading, ey shoʻxi pursitam,

Roʻzi azalda yozmishi chun kotibi qalam,

Yoʻqlamasang Haziniyni, yuz dardu ming alam,

Gʻurbatkashida qullara. ey dilkusho, keling,

Vaqti iyodatin soʻrab, kulbam kusho, keling.

 

* * *

 

Och yoʻlum, yo rab, Madina soriga qoʻysam qadam,

Ravzayi doʻstung tavofini manga qilgʻil karam,

HujraGsh Ahmadni ummatga qilibsan muhtaram,

Orzu aylab, hamisha yigʻlasam man dam-badam,

Koʻrmayin oʻlsam, ketar koʻksum aro ming dardu gʻam.

 

Avvalo qilsam iroda, sidqu ixlosim tuzib,

Ayshu ishratlar bilan hoyu havaslardin bezib,

Bu jahon nashʼu namosndin taqi koʻngul uzib,

Ul habibing ishqida dasht. u biyoboklar kezib,

Misli oʻlganlar kabk aylay vujudimni adam.

 

Xorlik tortsam biyobonlar aro Adham kabi

Kim, madadkorim boʻlub, yoʻl boshlasa ruhi nabi,

Ul Abu Bakru Umar, Usmon, madad qilsa Ali,

Roʻsiyah, sharmanda ummat, kel, desa hazrat mani,

Jumla armonim ketib, koʻksumda qolmasdur alam.

 

Avvalo yoʻlgʻa qadam qoʻygʻonda ehrom bogʻlayin,

Tavbalar aylab gunohimgʻa. pushaymon aylayin,

Haj qilib. Mino borib turganda chandon yigʻlayin,

Muzdalifdin tosh otib, iblisni bagʻrin dogʻlayin,

Ul “Hajar asvad” ziyorotin qilib, kirsam haram.

 

Ulmayin yetsam, Madinaga borib, anda qolay,

To hayotim boricha yigʻlab yurib xizmat qiday,

Har kuni marqadlarini girdidin ming oʻrgulay,

Gar qazo yetsa, Haziniy, ostoningda oʻlay,

“Jannatul-baqya” zaminidin nasib etsa egam.

 

* * *

 

Yeronlar, aytayin arzimki, hayron qildi Rahmonjon,

Mani dogʻi bilan har joyda sarson qildi Rahmonjon,

Firoq oʻti bilan bagʻrimni biryon qildi Rahmonjon,

Mani aqlu hushim olib, parishon qildi Rahmonjon,

Shu dam bizni, birodar, chashmn giryon qildi Rahmonjon.

 

Tarahhum qilki, mahbubi xudoyimni vafosnga,

Ushandogʻ Mustafoni ummati baxti qarosiga,

Ilojim topmadim har dam yurogimni yarosiga,

Borurman qaygʻa emdi, doʻstlar, dardim davosiga,

Yaro boʻlgʻon yurogimni qaro qon qildi Rahmonjon.

 

Xudovando, mani qaroga mubtalo qilding,

Ushandogʻ nozaninga na sababdin oshno qilding,

Avvalda oshno aylabki, oxirda judo qilding,

Visoliga yeturmay, bul mani motamsaro qilding,

Koʻngulni shahrini buzdiki, vayron qildi Rahmonjon.

 

Koʻyingda xasta qul, bu chashmi giryoningga rahm etgil,

Yoʻlingda kecha-kunduz nola qilgʻoningga rahm etgil,

Qizil gul gʻunchasidek rangi soʻlgʻoningga rahm etgil,

Firoqingda oʻlub, yuz ming tirilgoningga rahm etgil,

Haziniyga jafolarniki chandon qildi Rahmonjon.

 

* * *

 

Kimki haqqa bandadur, farmonidin ayrilmasun,

Kecha-kunduz toati subhonidin ayrilmasun,

Barcha moʻmin rahmati rahmonidin ayrilmasun,

Payravi Ahdam – shafot konidin ayrilmasun,

Jon berarda gavhari imonidin ayrilmasun.

 

Haq taolo dedi doʻstim tun-sahar bedorni,

Vaʼda qildi onlara jannat ila diydorni,

Haq suyar, qilsa saxovat banda harna borin,

Rahmatndin benasib etgay chu dilozorii,

Tongla rohat istagan ehsonidin ayrilmasun.

 

Bu jahongʻa kim kelibdur, boʻlmasun baxti qaro,

Ushbu illatga knshini qilmasun haq mubtalo,

Bu kasal hargiz tuzolmas, dorusi yoʻq, bedavo,

Sud yoʻq, koʻkdnn tushib Iso ango qilsa duo,

Rahmati haq doimo insonidin ayrilmasun.

 

Odam oʻgʻligʻa ajal kelguncha yurgay bexabar,

Oxiratni oʻylamas, koʻngyaida yoʻq havfu xatar,

Moli dunyoni yngʻushturgan bilan tashlab ketar,

To qiyomat tongi otquncha hamon goʻrda yotar,

Hasrato birla oʻtub, xandonidin ayrilmasun.

 

Yeru doʻstu aqrabolardin judo qilgan firoq,

Hasratu anduh ilan qaddim duto qilgan firoq,

Barchani xoki mazallat ichra jo qilgan firoq,

Bir-biridin ajratib sohibazo qilgan firoq,

Bu Haziniy, doimo suigonidin ayrilmasun.

 

* * *

 

Nazar sol osiy ummatga, tasadduq, yo rasululloh,

Hamisha kori gʻaflatga, tasadduq, yo rasululloh,

Mani boshlang hidoyatga, tasadduq, yo rasululloh,

Ushal mahsharda jannatga, tasadduq, yo rasululloh,

Soling dareyi rahmatga, tasadduq, yo rasululloh.

 

Yigʻilsa avvalu oxir oʻshal sahroyimahsharga,

Xaloyiq ergashurlar barchasi hodiyu rahbarga,

Tarahhum qil oʻsh-al soat bizningdek osiy, muztarga,

Borurmiz barcha tashna suv tilab soqiyi kavsarga,

Berar ahli saodatga, tasadduq, yo rasululloh.

 

Xudo qozi boʻlub, tongla gunohimni hisob etgay,

“Hama bandam mani qoshimgʻa kelsun!” deb xitob etgay,

Muhammadga kimikim ummat ermastur, azob etgay,

Ushal kunni kishikim, oʻylasa doim, savob etgay,

Yetar ummat sharofatga, tasadduq, yo rasuluiloh.

 

Lahaddin bosh koʻtarganda hama vohasrato derlar,

Qiyomat shiddatidinkim hama vovaylato, derlar,

Hama ummatlaring yigʻlab yana yo Mustafo, derlar,

Muhammad sajdaga boshin qoʻyib, voummato, derlar,

Qolur ummat xijolatga, tasadduq, yo rasululloh.

 

Tarozugʻa solur aʼmol elini ul qiyomatda,

Gunohidin savobi koʻp esa, albatta rohatda,

Bihisht ichra kirar, huru qusur birlan farogʻatda,

Haziniy osiy ummat, saqlagil hifzu himoyatda,

Qilay jonimni hazratga tasadduq, yo rasululloh.

 

* * *

 

Aqrabolar furqatinda tanda jonim oʻrtadi,

Balki bu jonimdin ortuq ustixonim oʻrtadi,

Bu jigar-bagʻrim kuyub, raglarda qonim oʻrtadi,

Chun firoqu hajrida ruhi ravonim oʻrtadi,

Sabr etib, man oh urub erdim, zabonim oʻrtadi.

 

Bu jahoni foniydin oʻtti yoronlar, vodarigʻ,

Jondin ortuq bir necha piru javonlar, vodarigʻ,

Yoru doʻstu hamnishin, xurdu kalonlar, vbdarigʻ,

Ketti qavm ila qarindosh ham eronlar, vodarigʻ,

Anbiyolar hajrida ohu figʻonim oʻrtadi.

 

Man alardin ayrilib, ey doʻstlar, devonaman,

Aqlu hushu fahm ila idrokdin begonaman,

Nolayu faryod qilib, man, naylayin, afsonaman,

Bir oʻzumdek ahli dardni topmayin hayronaman,

Iigʻlasam, ayb aylamanglar, xonumonim oʻrtadi.

 

Bu falakni koru bori, oʻylasam, javroʻ jafo,

Kulli jonliklarga, fikr et, qilmadi hargiz vafo,

Misli yoʻl ostida qolgan knmsaga motamsaro,

Bu raboti qoʻhnaga dil bogʻlamoq ayni xato,

Buzdi umrimni falak, andak zabonnm oʻrtadi.

 

Yeru doʻstu aqrabolardin judo qilgan firoq,

Jondin ortuq oshnolardin judo qilgan firoq,

Oshno, betonalardin ham judo qilgan, firoq,

Ajratnb xeshu taborlardin judo qilgan firoq,

Naylaynn, hajrida man, ruhi ravonim oʻrtadi.

 

Bu falakni jabridin hech yerga yetmas hasratnm,

Shod boʻlmay bir nafas, kundin fuzun qabziyatim,

Dardu mehnat hamnnshindur, ham jaholat ulfatnm,

Qoʻhi gʻam, dard ichra, naylaykim, bukuldi qomatim,

Ey Haziniy, qaygʻulik. naylay, jahonim oʻrtadi.

 

* * *

 

Fikr birla aylagil shafqat oʻlumdin ilgari,

Dargghpga aylagil xizmat oʻlumdin ilgari,

Jurm etgonnngga qil hasrat oʻlumdin ilgari,

Roʻzu shab tangriga qil toat oʻlumdnn ilgari,

Manzilingni aylagpl jannat oʻlumdin ilgari.

 

Jon amonatdur jasad ichra, gʻanimat – zindalik,

Tangriga purgirya boʻlgil, boʻlmagil koʻp xandalik,

Roʻzi mahsharda shaqovat xalq aro sharmandalik,

Haq taologa qilinglar zindalikda bandalik,

Yelga dining bermagil – gʻaflat, oʻlumdin ilgari.

 

Ey birodar, har kishi vaqti sahar bedordur,

Haq taolo, bil, oʻshandogʻ bandasiga yordur,

Toatimiz dilga jannat bilan diydordur,

Haq taoloni rizosi sanga koʻp darkordur,

Haq sani bandam desa, davlat, oʻlumdin ilgari.

 

Bu oʻlum haq barchemizga, oʻylagil, ey oshno,

Bil, nazar qilgʻil, qayon keti! tamomi anbiyo,

Bir nafas qoʻymas jahon ichra, agar yetsa qazo.

Hasrato. birla ketarsan, mulku ashyo bevafo,

Ol goʻristonga borib ibrat oʻlumdin ilgari.

 

Pirga qoʻl ber boriyozat, ketmaynn ostonadin,

Pir misoli shamʼi ravshan, ibrat ol parvonadin,

Yodi haq birla boʻlub, saqla tnling afsonadin,

Ket, Haziniy, ravzayi Ahmadga san Fargʻonadin,

Dam gʻanimat, aylagil hijrat oʻlumdin ilgari.

 

* * *

 

Qulli ashyoni egam qudrat bilan bor ayladi,

Bandalarga bir necha sunʼini izhor ayladi,

Baʼzini gumroh etib, baʼzini hushyor ayladi,

Necha mursallar etib, mushrikni inkor ayladi,

Kimkn kim imoni yoʻqtur, doxili nor ayladi.

 

Odam oʻgʻlin yer yuziga nechasin sulton etib,

Davru davron surdirib, koʻngullarin xandon etib,

Bu oʻlumdin bexabar yurdi alar, javlon etib,

Taxtu baxtiii ajal bir kun ani vayron etib,

Barchasin xoki mazallatga giriftor ayladi.

 

Baʼzisin qildi gʻaniy, bir nechani qildi gʻarib,

Dasti koʻtohlik bilan doim alar gʻamga qarib,

Bul jahondin oʻttilar javru jafolarni koʻrib,

Munda yigʻlab oʻtguchi rohat koʻrar anda, borib,

Bul jahonda yaxshilarni barisin xor ayladi.

 

Kim gʻarib boʻlsa agar, koʻnglida koʻp anduhu gʻam,

Doimo eldin yetar onlargʻa ham javru sitam

Kim, jarohatdur yurogi barisi, koʻrsa alam,

Bu falakdin boshiga kulfat yetodur dam-badam,

Kotibi qudrat ani gʻurbat bilan yor ayladi.

 

Aksari odamgʻa farzand bermadi hargiz xudo,

Baʼziga bergonini qoʻymay yana oldi qazo,

Ona birlaotasin qon yigʻlatib, qildi judo,

Ushbu illatgʻa kishini qilmasin hech mubtalo,

Ey Haziniy, baʼzini farzand uchun zor ayladi.

  

 

To yetim boʻlmay kishi, bilmas atoni qadrini,

Jonu dilda tarbiyat qilgʻon anoni qadrini,

Bilmagay hech kim ako birlan ukoni qadrini,

Bir necha xeshu taboru aqraboni qadrini,

Ajragay-bilgay ako birlan ukoni qadrini.

 

Tandurustlik lazzatin bemor boʻlganlar bilur,

Koʻp yotib, farzandlarigʻa xor boʻlganlar bilur,

Boshi yostiqda yotib afgor boʻlganlar bilur,

Parchaye non qadrini koʻp zor boʻlganlar bilur,

Qimki man-manlikda, bilmaydur gʻizoni qadrini.

 

Doʻstu dushman, har kishi, begona, xohi oshno,

Qochqusi boshingga mushkil tushsa, sandin bevafo,

San uchun ul bevafo ulfat qilurmu jon fido,

Doʻst qadrii bilmagay, boshigʻa. tushmasdin balo,

Qariyu aʼmo boʻlub, bilgay asoni qadrini.

 

Qoʻlda moling borida begonalardin yor koʻp,

Davlating ketsa agar, dildordin agʻyor koʻp,

Ham qadimiy hamnishinlardin sango ozor koʻp,

Suhbatingdin ihtiroz aylab yana bezor koʻp,

Mardumi Fargʻona bilgay agʻniyoni qadrini.

 

Bul jahonda baʼzilarni ayladi tirnoqqa zor,

Baʼzilarga xoliqim farzand berdi beshumor,

Baʼzini qildi aziz, bir nechalarni qildi xor,

Harna qilsa holiqim, shukr aylagil layli nahor,

Bil, Haziniy, sidq ila shukri xudoni qadrini.

 

* * *

 

Imom ul dam turub, yigʻlab, Ilohim rabbano, deydi,

Muni “Nahnu qayemano”da mango yozgan xudo, deydi,

Eshitinglar, bilinglar bu soʻzimni, ey agʻo, deydi,

Bu yerni otini soʻrsam bu dashti Qarbalo, deydi,

Husayn aydi, aziz jonim boʻlur munda judo, deydi.

 

Bu soʻzni eshitib, yigʻlashti anda barcha yoroni,

Eshitti elu avlodi, ulugʻ-kichik ham oʻgʻloni,

Bu yer ermish, ekandur odamini toʻkulur qoni,

Tong otquncha yigʻi birlan dedilar, voy, esiz joni,

Xudoyo, choramiz yoʻqtur, bu darda na davo? deydi.

 

Koʻrushub, yigʻladilar dam-badam bir-birlari birlan,

Rizolik tilashib har birlari koʻngullari birlan,

Qachon parvoni bor ahlu ayol, oʻgʻullary birlan,

Qiyomat shoʻrshpi boʻldi, hama oʻz-oʻzlari birlan,

Gumon yoʻqtur, ayo doʻstlar, hama kori xudo, deydi.

 

Vatandin ayrilib, emdi gʻariblik yoʻlida qoldim,

Ishimiz oʻng kelodur deb, valekin soʻlida qoldim,

Imom uchun, bilinglar, Karbaloni choʻlida qoldim,

Azalda bu ekan qismat, Yazidni qoʻlida qoldim,

Yigʻi qilmoq kerak, doʻstlar, hama kori xudo, deydi.

 

Tong otquncha alarni pshlari anda yngn boʻldi,

Iigʻi birlan tong otturdn, Haziniy, yuzlari soʻldi,

Vatandin ayrilib, barcha yuraklar gʻussaga toʻldi,

Qazogʻa rozi boʻldilar, atodin ilgari oʻldi,

Hama yoronlari yigʻlab, Husayi uchun xudo, deydi.

 

* * *

 

Ey yoronlar, gʻam bilan man xoru zor oʻldum, netay,

Boʻlmayin xurram, jahonda dilfigor oʻldum, netay,

Xasta, mahzunlikda qoldim, oshkor oʻldum, netay,

Dard tortmoqliqgʻa, doʻstlar, beqaror oʻldum, netay,

Dilraboni koʻrmoqa boʻldim xumor, oʻldum, netay.

 

Misli Majnundek firoqi Laylida ovoraman,

Qoʻhkan yangligʻ Shirinni hajrida dilporaman,

Ostoning yostonib Vomiq kabi bechoraman,

Hamchu Tohirkim qazoni dastida ovoraman,

Yorni vasligʻa yetmoqgʻa oʻlor oʻldum, netay.

 

Gʻamni zindonida qoldim, bormikin mango najot?

Shoyad ul bitgaymukin rahm aylabon, xatti barot,

Chiqmayin oʻlsam, fano chohida chun topsam vafot,

Shoh Xusayndek tashna boʻlsam, ichmayin obi Frot,

Shamr malʼun dastida qonim toʻkor oʻldum, netay.

 

Bormukin dunyoda hech kim man kabi gʻamga qarib,

Tah-batah qondur yurogim, bir kishi koʻrsa yorib,

Xasta holimni koʻrub, rahm etmadi hoziq tabib,

Dil yarosini ilojin qilmadi marham qoʻyib,

Gʻussa birlan oh urub, jondin guzor oʻldum, netay.

 

Misli Adham taxtu baxtim tashlabon ketsammukin,

Togʻu choʻllarni kezib, baytul-haram borsammukin,

Mustafoni ravzasini haj qilib kelsammukin,

Ostoning yostonib, gʻaflat qilib yotsammukin,

Xalq aro rasvo, Haziniy, sharmisor oʻldum, netay.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.