Keyin

0
176
marta koʻrilgan.

Sen baxtingni – yoʻlni oʻzing tanlading,

Men-chi, qoʻl silkidim dutor chalganday.

Bir yomon qiynaldim, nomus qildim soʻng

Bunday qismat faqat menga kelganday.

 

Aslida, kim sevib baxtiga yetgan,

Qancha birga boʻlgan sevgi va visol?

Barcha chin oshiqlar omadsiz oʻtgan,

Tolening kulgani xayoldir, xayol.

 

Senda ham, menda ham yoʻq edi ayb,

Shu sabab dardimni ichga yutaman:

Oldin seni soʻkib olaman toʻyib,

Keyin… Keyin seni oʻylab yotaman.

 

Orif Tolib

 

2011

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.