Sirodzi Sato
Ijodda husnixat
Koʻp ham zarurmas…
Mayli, u chaplashgan,
Mayli, jimjima,
Mayli, u xunukdir,
Tik, adl turmas,
Yo oʻngga, yo chapga
Qiyshaysa nima!
Mayli, u oʻqishga
Qiyin boʻlsa ham.
Magʻzida haqiqat qoni yursa, bas!
Nomusu insofdan nido bersa, bas!
Bundayin dastxatlar
Eh, qanday koʻrkam!
Shu uchun hamisha
Ikki soʻz faqat,
Ikki soʻz yozaman:
“Tinchlik! Hurriyat!”
Shuhrat tarjimasi