«Furqating soldi dilu jon ichra oʻt»

0
858
marta koʻrilgan.

FERUZ gʻazallaridan

 

***

Zihi bordur zuhuringgʻa azal birla abad paydo,

Tafakkur aylabon zoting, qila olmas xirad paydo.

 

Ne hikmatdurki, guldek yuz ato bir kimsaga aylab,

Birovda bulbuloso ohu afgʻon beadad paydo.

 

Qachon hamdingga goʻyo aylagum tilni mane bekas,

Manga gar boʻlmasa altofi fazlingdin madad paydo.

 

Bu ham bor qudratu sunʼing tasdiqiga bir burhon

Ki, qilding bu toʻqquz qat osmonni beamad paydo.

 

Nechuk maqbulligʻ topgʻusidur ahli jahon aro,

Ul odamkim, onga qahring soridin boʻlsa rad paydo.

 

Borisi xohishi taqdiring ila boʻlgʻusi mavjud,

Nekim gar bandadin olamda boʻlsa neku bad paydo.

 

Topar kavnayi ichra maqsad ila komini Feruz,

Inoyoting bila boʻlsa anga gar masnad paydo.

 

* * *

 

Boʻlsun salom behad anga subh ila maso

Kim, dedi vasfini oni furqon aro xudo.

 

Xoki qudumin ayladi boʻsa hama rasul,

Bildi oʻziga shoh oni jumlai anbiyo.

 

Ul shomkim, haq amri bila ayladi uruj,

Topti hama murod ila maqsudini ravo.

 

Albatta hashrda topar oning shafoatin,

Har kimsakim, jahonda qilur inqiyod ango.

 

Har kimki, amri sharʼiygʻa gar sunmagʻay boʻyun

Roʻzi jazoda boʻlgusi ikki yuzi qaro.

 

Har kim salomu salovot etsa odatin,

Shahd shafoatin ichadur tongla hashr aro.

 

Feruzdek shafoating umidin etgamen,

Hosil qil oni lutfing ila bobini masho.

 

* * *

 

Yorab, ish subhu maso jurm ila isyondur manga,

Iki koʻzum ushbu gʻussa birla giryondur manga.

 

Boshlagʻil tavfiq ila rohi hidoyat sorigʻa

Kim, koʻngul har dam zalolat birla javlondur manga.

 

Man ayon qilmoq sanga lozim emasdur har nafas,

Kim sanga bordur namoyon neki pinhondur manga.

 

Sen agar lutfu inoyatu karam anlasang,

Jumlayi mushkul iki olamda osondur manga.

 

Afu hajridin bir qatra ehson aylagil,

Kim hamisha jurm ila isyon farovondur manga.

 

Maʼrifatning jonibigʻa boshla yoʻlkim borho,

Jahl sori xotiri afkor joʻyondur manga.

 

Qil ato bir jurʼai fazling bilakim, Feruzing,

Subh ila shom orzu daryoi gʻufrondur manga.

 

* * *

 

Nigoro, oldi hushim, tarzi raftoringgʻa sallamno!

Yerutti tiyra kulbam, mehri ruxsoringgʻa sallamno!

 

Ishim qotil koʻzung bedodidin boʻlmish, base, mushkul,

Ichib qonimni toʻymas, chashmi xunxoringgʻa sallamno!

 

Labing soʻzdin berur jon oʻlgan elga dardi ishqingdin,

Ravoniarvar dabi jonbaxshi guftoringgʻa sallamno!

 

Hama ishq ahlidur, ey mugʻbacha, zulfning giriftori,

Bori din ahlini band etdi – zunnoringgʻa sallamno!

 

Deding: “Lutf aylagum!”, oʻlturding, ammo necha noz aylab,

Agar lutfing bu ersa, javru ozoringga sallamno!

 

Qilursan noz, agar man har necha arzi niyoz etsam,

Sitamkor mahvasho, bu navʼ atvoringgʻa sallamno!

 

Senga, Feruz, oʻlub baxt, etding ul op qaddi, zulfin vasf,

Bu yangligʻ tabʼi iozik birla ashʼoringgʻa sallamno!

 

* * *

 

Ul oy vasfini vird etsam zabonda,

Necha yillar ado boʻlmas bayonda.

 

Debon maʼshuqing asru bevafodur,

Manga koʻp taʼnalar aylar jahonda.

 

Netaykim, ishq zoʻr anlab koʻngulga,

Ul oyning mehrini asratdi jonda.

 

Habibimgʻa chu mahram boʻldi agʻyor,

Erurman ushbu hasratdin figʻonda.

 

Firoq ichra mening bagʻrim qilib qon,

Nngorim, bilmadim, ermish qayonda.

 

Humoyun baxt ila boʻlsun salomat,

Agar boʻlsa habibim har makonda.

 

Agar Feruzlik iqboling esa,

Visoligʻa yetushkung bir zamonda.

 

* * *

 

Gul yuzungga bulbuloso oʻtlugʻ afgʻonim fido,

Sarvi ozodinggʻa qumridek xush alhonim fido.

 

Xirmani guldek boʻlub kirgil quchogʻim ichrakim,

Gul kibi islab yuzung, aylay sanga jonim fido.

 

Vah, nechuk kofirdurur ikki koʻzingkim, bir qiyo

Holima boqmas ham etsam naqdi imonim fido.

 

Goh-gohi man sori qoʻygil qadamkim, aylayin

Maqdaming gardigʻa jon, ey koʻnglum olgʻonim, fido.

 

Ey parivash kulbamgʻa eldin nihonu oshkor

Kelki, to aylay sanga paydoyu pihonim fido.

 

Chashmi umidim yor oʻlgʻil mehrdek yuz birlakim,

Bahri kon etsun sanga chashmi durafshonim fido.

 

Baxti Feruz ila gar topsam visoling davlatin,

Soʻz durrin bazmingda aylay, ey suxandonim, fido.

 

* * *

 

Ruxsorin ochib bir pari keldi bu tun bazmim aro.

Boshdin oyoqi bor ekan mehru vafo, nozu ado.

 

Chiqsa falakka har sahar ohu figʻonim, ne ajab,

Aylar fuzunroq har kecha ul oy menga javru jafo.

 

Bilmon, ne ofat erdi ul boʻlgʻoch nazarga jilvagar,

Aqlu xirad, islomu din oʻldi bori mendin judo.

 

Joning uchun har dam manga koʻrguz tarahhum, ey pari

Kim, sabru toqat qolmadi javring chekib subhu maso.

 

Oydek yuzungning partavi tushsun karo kulbamgʻa ham,

Koʻygʻil qadam, ey mahliqo, ochib uzori dilkusho.

 

Ne sud, toleʼ boʻlsa gar yuz oyu kun, har subhu shom,

Nechunki bor Feruzgʻa mehru jamoling muddao.

 

* * *

 

Ey, yuzungdur husn avjida munavvar oftob,

Koʻrgach oni zarradek etsam tong ermas iztirob.

 

Bulbuloso aylabon tun-kun figʻonu nolalar,

Zor koʻnglum gul yuzung shavqida boʻlmishdur xarob.

 

Laʼli mayguning firoqida yetibman oʻlgali,

Vasl aro laʼling sharobi birla qilgʻil komyob.

 

Doʻstlar, faryodu afgʻon etsam ermas aybkim,

Dilbarim agʻyorgʻa lutfu manga aylar azob.

 

Mahram et vasling aro iqboli Feruzing kibi,

Bu hazinni, ey sumanbar, aylamay nozu itob.

 

* * *

 

Dedim: “Koʻzumni ravshan et mehri jamoling koʻrsatib!”

Dedi: “Uzorim oʻtigʻa joning netarsan oʻrtatib?!”

 

Dedim: “Tarahhum aylabon holimgʻa qil nazzora”.

Dedi: “Koʻzum joning figor etgusi noz oʻqin otib”.

 

Dedim: “Visol ichra labing shaxdi mening komim erur”.

Dedi: “Sanga bergum ani zahri firoq ichra qotib”.

 

“Dedim: “Labingning sharbati shirinmu yo kavsar suyi?”

Dedi: “Boʻlurmu har suyi obi baqogʻa oʻxshatib?!”

 

Dedim: “Nedin erkan bugun olam muattar boʻlmogʻi?”

Dedi: “Sochimni tong yeli yuz uzra solmish butratib”.

 

Dedim: “Koʻzung bedor qil noz uyqusidin, ey pari”.

Dedi: “Bu lahza fitnayi noyimni netkung uygʻotib?!”

 

Dedim: “Koʻzungdin oʻrgilay, bir boʻsa ber Feruzgʻa”.

Dedi: “Yuzumni ogʻritur har yon xating nishi botib”.

 

* * *

 

Yetushti hajridin jonimgʻa yuz ranju alam, yorab,

Koʻrub holimni, kam qilmas manga bir dam sitam, yorab.

 

Visoli orzusida oʻturdim subh ila shomim,

Muyassar boʻlmadi hijronida juz dardu gʻam, yorab.

 

Na qoldi tob jismimda, na toqat zor koʻnglumda.

Yetur emdi visoligʻa oʻzung aylab karam, yorab.

 

Sochi savdosida doim qorongʻudur manga olam,

Mening bu shomi hijronimga yetkur subhidam, yorab.

 

Jahonoro jamolidin mening bazmimgʻa ham bir tun

Yeturgaymu ekan ravshanligʻ ul mahvash sanam, yorab.

 

Agar lutf aylabon oʻz ilki birla bersa bir sogʻar.

Koʻngulda qolmas erdi orzuyi jomi Jam, yorab.

 

Ne yangligʻ sabr qilsun ul quyosh hijronida Feruz,

Ziyod aylar jafosin, aylamas bir zarra kam, yorab.

 

* * *

 

Bu oqshom keldi ul dilbar adab birla salom aylab,

Oʻluk jismimga jon berdi masihoso kalom aylab.

 

Shabistonimni qildi orazining mehridin ravshan,

Ochib ruxsoridin parda, quyosh yangligʻ xirom aylab.

 

Ayon aylab jamolin qildi shomim subhga tabdil,

Yuzi hijronida agʻyorning subhini shom aylab.

 

Kelib yuz navʼ nozu ishva birla mehr etib ogʻoz,

Qoshimda oʻlturub dedi tilin moʻjiz kalom aylab.

 

Kp: “Ey hajrimda koʻngli loladek dogʻ uzra dogʻ oʻlgʻon,

Yurursan boʻyla toki ayshi rohatni harom aylab?

 

Visolimgʻa chu yetding shodu masrur aylabon oʻzni,

Bayon ayla manga sen arzi holingni tamom aylab”.

 

Chiqorib bir surohiy boda paydar-pay qilib labrez,

Ichurdi qoʻl solib boʻynumgʻa yuz ming ehtirom aylab.

 

Kirib ogʻushima majlis aro sarmasti xob oʻldi,

Tong otgʻuncha mani masti mudom shodkom aylab.

 

Yori ushshoqini Feruz sarmastp bahor etti,

Olloh, shod et oni barchadin oliymaqom aylab.

 

* * *

 

Olsa jonim qoshu koʻzung, ikki lab,

Tozadin jon bergusidur ikkilab.

 

Yetsa soqiy bazmi aro navbat manga,

Maydin aylab jomni tut labo-lab.

 

Laʼli mayguning firoqidur mening,

Solgʻon oʻt jonimgʻa gar soʻrsang sabab.

 

Tashlabon hijron qorongʻu chohigʻa,

Qon oqizding koʻzlarimdin roʻzu shab.

 

Kecha-kunduz gʻayr ila suhbat tuzub,

Noʻsh etarsan dam-badam jomi tarab.

 

Zori sargardon boʻlub subhu maso,

Jonu dil qilgʻusidur vasling talab.

 

Oʻzgalarga koʻrguzub lutfu karam,

Ne uchun Feruzgʻa qilgʻung gʻazab.

 

* * *

 

Zulfi mushkinini ul oy ayladi yuzga niqob,

Oshiqu bechoralarning koʻznni qildi purob.

 

Otashin ruxsori ustida muanbar kokili,

Oʻtgʻa tushgan qil masallik qilgʻusidur pechu tob.

 

Lutf etib kelding bukun bazmim aro, ey mugʻbacha,

Kelturub jomi payopay qil mani sarmasti xob.

 

Ey sumanbar, har qachon ishq ahligʻa solsang nazar,

Man haziningni dogʻi ul jumladin qilgʻil hisob.

 

Noʻsh etib agʻyor ila gulrang may ul sarvnoz,

Ayladi man zorni rashk oʻtigʻa bagʻrin kabob.

 

Gar takallum chogʻi dur sochsa labi yoqutidin,

Aylay olgʻaymu anga oʻzin barobar durri nob.

 

Solibon Feruzni koʻzdin yiroq, ey nozanin,

Gʻayr ila suhbat tuzub ichkungdur gulgun sharob.

 

* * *

 

Yorimning ruxsori oldida hijildur oftob,

Vahki, oshiq ishqi oʻti qildi bagʻrimni kabob.

 

Ul parivashgʻa dedim: “Laʼling mayidin boda tut”.

Noz ila derkim: “Sanga yetkaymu laʼlimdin sharob.

 

Yolvorib har necha lutf ummid qilsam yordin,

Ul manga soʻkub-kulub yuz noz ila aylar itob.

 

To erur joning badanda, ista jonon vaslini,

Yetsa ham, ey dil, sanga yoʻlida yuz ranju azob.

 

Man dedim yorimgʻa: “Laʼlingdin ato qil boʻsaye!”

Dedi: “Ey Feruz, sabr et, muncha koʻrguzma shitob!”

 

* * *

 

Laʼligʻa yetkurubmu ul guluzor sharbat,

Taʼm ichra buki yupmish koʻp ishtihor sharbat…

 

Ichgandek obihayvon ruhi ravoi toparman,

Gar bersa labga eltib bir kosa yor sharbat.

 

Goʻyo labi suvidin bir qatra tomizibdur,

Qand uzra muncha boʻlmish koʻp shiravor sharbat.

 

Ul shoʻx labshakarning laʼligʻa yetkonidin

Topmish bu navʼ qadru ham eʼtpbor sharbat.

 

To qildi boʻsa ul shoʻx laʼli ravon fizoyin,

Ushbu xususdin oldi mandin qaror sharbat.

 

Jonimni rashk oʻtigʻa, jopo, desapgki yoqmay,

Agʻyor birla ichma koʻb oshkor sharbat.

 

Doim vujudi boʻlgʻay emin xazon yelidin,

Har kimki, yori birla ichsa bahor sharbat.

 

Na xush saodat oʻlgʻay Feruzliq qilib baxt,

Har kecha oʻz qoʻlidan bersa nigor sharbat.

 

* * *

 

Furqating soldi dilu jon ichra oʻt,

Kufri zulfing dinu iymon ichra oʻt.

 

Nargisi shahlo koʻzung solgʻusidur

Bir nigahdin bogʻu rpzvon ichra oʻt.

 

Oh cheksam furqatingdin oʻrtannb,

Tushgusidur baytulahzon ichra oʻt.

 

Jurmim, ey mahvash, nedur, har dam solur

Barqi ishqing jismp vayron ichra oʻt.

 

Oy kibi farrux yuzungshshg furqati

Soldi koʻkda mehri raxshon nchra oʻt.

 

Ne ajab, koʻrgach yuzung Feruzning

Ohidin tushsa guliston ichra oʻt.

 

* * *

 

Oʻlmakka yetdpm hijron gʻamidin, holimgʻa et rahm, ey sarviqomat,

Qadding niholi bodi xazondin boʻlsun, iloho, doim salomat.

 

Ishqinggʻa tushdum, qoldim balogʻa, kelmasmu rahming bu mubtalogʻa,

Zoʻr aylab ishqing men benavogʻa, soldi boshimgʻa shoʻri qiyomat.

 

Kofur koʻzungga jonu jahonim boʻlsun tasadduq, ey mehribonim,

Laʼling mayidin mast ayla jonim, gʻamdin topay to birdam farogʻat.

 

Yuz uzra laʼling chun qildi pinhon xatti zumurrad, ey mohitobon,

Desam tong ermas, zulmatda qolgʻon hayvon suyidin uldur alomat.

 

Vasling sharobin noʻsh aylab agʻyor, tun-kun erurlar sarshor-sarshor,

Vahkim, boʻlubman mahrumi diydor, zahri gʻamingga qildim qanoat.

 

Rashk oʻti aylab bagʻrimni bir yon, ashkimni qildi daryoi ummon,

Anduhi furqat oshubi bir yon, bir yon hujumu taʼnu malomat.

 

Charxi sitamgar aylab manga kin, qildi sanga qahr etmakni oyin,

Billohki, gʻamdin bu joni shirin topmas tanimdin chiqmoqgʻa fursat.

 

Ahbob vasling xonida mahzuz, hijron gʻampidin maʼmunu mahfuz

Bordur manga ham maqsudi malhuz, jomi visoling yoʻq shahdi sharbat.

 

 

Boʻlsun hamisha gardun gʻuloming, pqooli toleʼ romi maroming,

Feruz oʻlub har subh ila shoming, hamrohing oʻlub baxtu salomat.

 

* * *

 

Nechuk ofat eding, ey sarviqomat,

Boshimgʻa soldi ishqing yuz qiyomat.

 

Qiyomat shoʻrishin jahongʻa solding,

Jahondin munʼadam boʻldi farogʻat.

 

Farogʻat pstagan chiqsun jahondii,

Tonilmasdur tiriklikda salomat.

 

Salomat ahli boshigʻa falakdin,

Dame tinmay yogʻar sangi malomat.

 

Malomat toshidin ozurdadurlar,

Bu koʻhna dayrda ahln farosat.

 

Farosat haylining ollida bu qul,

Boshinggʻa solmanin chipi malolat-

 

Malolat chekmayin desang jahonda,

Xudoning berganiga qil qanoat.

 

Qanoat birla sabr oʻlsa sanga ish,

Har ishda qilmagung hargiz nadomat.

 

Nadomat birla umrim oʻtdi, yorab,

Yetur tongla rasulingdin shafoat.

 

Shafoat jomidin sarshor qilgʻil,

Hazin Feruzni shohi risolat.

 

* * *

 

Qachonkim aylasa ul Isoyi zamona hadis,

Oʻluk badanga berur umri jovidona hadis.

 

Boʻlur bori shakkarin nuktagoʻylar abkamu lol,

Ne majlis ichra qilur ul mahi yagona hadis.

 

Hadisidin, neajab, zumri jovidon topsam

Ki, har dam obn Xizrdin berur nishona hadis.

 

Desa soʻz oʻzga habibimdin, aylamas taʼsir

Quloqgʻa har nechakim boʻlsa qudsiyona hadis.

 

Bihamdillah, erurman visoligʻa mahram,

Nedinki, bordur eshitmak manga bahona hadis.

 

Mugʻanniyo, tuzub “Ushshoqi rost” ohangin,

Navo qil, aylabon ogʻoz oshiqona hadis.

 

Gohi karam bila Feruzni ham aylab yod,

Zamon-zamon anga qil xat bila ravona hadis.

 

* * *

 

Qading hajrida, ey huri parizod,

Qilurman qumri yangligʻ nola bunyod.

 

Dame bu holima aylab tarahhum,

Visoling bazmida qilgʻil mani shod.

 

Munavvar orazing chun mohi anvar,

Erur zebo qading chun sarvi shamshod.

 

Jafo tarkin tutub man notavongʻa,

Hazin koʻnglumni gʻamdin ayla ozod.

 

Erur har kirpiking bir tuki xanjar,

Koʻzung jon olgʻuchi berahm jallod.

 

Ne boʻlgʻay bir kecha eldin nihone

Xirom etsang qilib Feruzni yod.

 

* * *

 

Gulshan ichra sarv yoxud ul qadi mavzunmudur?

Nargis erkanmu va yo ul chashmi purafsunmudur?

 

Ul gul olmishmu qizil gul ilkiga bu bogʻ aro,

Yo shahidi ishq qonidin qoʻli gulgunmudur?

 

Gul nechuk gulgun yuzungga oʻzni monand aylagay

Kim, oning rangi yuzungdin dam-badam afzunmudur?

 

Gul uza shabnadshu yoxud bulbul ashki hajridin

Gul boshi uzra nisor oʻlgʻon duri maknunmudur?

 

Buki, tinmay gulshan ichra nola aylar andalib,

Ul dagʻi bir gul gʻamidin man kibi dilxunmudur?

 

Doʻstlar, Laylini gulroʻyimga tashbeh aylading

Kim, oning devonasi men zordek Majnunmudur?

 

Ey koʻngul, ul gul visoli ichra shod etkan sani,

Baxti Feruzingmu yoxud gardishi gardunmudur?

 

* * *

 

Kulub dedi manga bu kecha dildor:

“Boʻlubmusan manga asru giriftor?”

 

Dedimkim, “Oshiqi zoringman, ore,

Netaykim, vaslinga yoʻl berding agʻyor.

 

Sanga agʻyor hamdam boʻlsa bor dam,

Mening bagʻrim boʻlur afgoru afgor.

 

Bu holimni koʻrub, qilgil tarahhum

Boʻlubman dardi ishqingdin base zor…”

 

Tabassum birla dur sochib soʻzidin,

Dedimki: “Ne gʻaraz bu soʻzdin, ey yor?”

 

Dedim: “Laʼlingdin etgil boʻsa ehson”,

Dedi: “Bu nukta bordur asru dushvor”.

 

Koʻrub ul damda behad iztirobim,

Dedi: “Feruz, boʻlgum sanga gʻamxor”.

 

 

* * *

 

Shod oʻlgʻil, ey mahzun koʻngul, ou kecha dildoring kelur,

Shirin takallum, gulbadan, laʼli shakarboring kelur.

 

Soz ayla aysh asbobini, ochgʻil tarab abvobini,

Ruxsori olamtobini ochib sevar yoring kelur.

 

Laʼlin qilib moʻjizbayon, bermakka umri jovidon,

Yuz navʼ mehr aylab ayon, jonbaxsh guftoring kelur.

 

Hijroni ichra borho tortar eding ranju ano,

Bu dam tutub rasmi vafo shoʻxi sitamkoring kelur.

 

Mahzun qilib agʻyorni, shod etgali sen zorni,

Tark aylabon ozorni, yori vafodoring kelur.

 

Koʻngliga nolang bir sahar taʼsir qilmishdur magar,

Shirin dudoqu siymbar, farxunda diydoring kelur.

 

Feruzbaxt oʻlgʻil mudom, et noʻshi ishrat birla jom,

Andoqki sarvi xushxirom, ozoda raftoring kelur.

 

* * *

 

Ohkim, jonimgʻa javr aylab mani yor oʻlturur,

Hajr tigʻidin qilib koʻksimni afgor oʻlturur.

 

Bersa jon shirin labidin gar oʻluk jismimga, lek

Qatlima aylab ishorat, chashmi xunxor oʻlturur.

 

Kelsa toki majlisimga necha turluk noz ila,

Gah qilib xushdil, boʻlub gohi dilozor oʻlturur.

 

Gar nazar qilsam ul oy ruxsorigʻa moyil boʻlub,

Rashk oʻtigʻa oʻrtabon zulfi nigunsor oʻlturur.

 

Vasli birla shod etib agʻyorni, hijron aro

Aylabon mahzun mani, charxi sitamkor oʻlturur.

 

Ishq aytur: “Masti xob oʻlgʻonda oʻpgil laʼlidin”,

Aql der: “Qoʻy bu ishing, gar boʻlsa bedor, oʻlturur”.

 

Har necha yoʻlida jon qilsam fido Feruzdek,

Aylamay manzur oni, har damda yuz bor oʻlturur.

 

 

* * *

 

Lutf ila aylab tabassum, keldi chun bazm ichra yor,

Na anga bir kimsa hamdam erdi na agʻyor yor.

 

Noz ila boshlab takallum dedi ul dilbar manga:

Qaysi mahvash koʻrguzub yuz oldi sandin ixtiyor?

 

Qaysi bir jallod koʻz holing xarob etmish sening,

Kaysi dilbar zulfiga boʻlding asir, ey dilfigor?

 

Qaysi bir yoqutlab durdek tishi mushtoqisan

Kim, kecha-kunduz koʻzung yoshi erur gavharnisor?”

 

Man dedim oning bu yangligʻ iltifotini koʻrub:

“San erursan bagʻrim etgan qon, chashmim – ashkbor”.

 

Yuz tuman nayrangi birla ikki jodu nargising

Aqlu hushimni olib qildi mani majnunshior.

 

Dedi: “Ey Feruz, keldim kulbanga tanho bu tun,

Xoh soʻrgʻil, xoh oʻp engu labu engu uzor”.

 

* * *

 

Yoqut labu gavhar tishu gʻuncha dahan yoring kelur,

Nasrin uzoru lolaruh xurshid ruxsoring kelur.

 

Iso nafas, Yusufi Chin, Muso takallum mohroʻ,

Jallod koʻzu berahm dil, shoʻxn jafokoringʻ kelur.

 

Mushkun qoshu sunbul sochu mohpaykaru jonbaxsh dam.

Siyminzaqan, gulpirahan, laʼli shakarboring kelur.

 

Mehrorazu farrux yuz, toʻbiqadu shnrinsuxan,

Toʻti maqomu gulbadan, tovus raftoring kelur.

 

Kofirvashu oshiqkushu nozik mizoju tundxoʻ,

Sangin koʻngil, bedodgar, yori dilozoring kelur.

 

Rangin adoyu tezfahm, abroʻkamonu xashmgin,

Qotil nigohu bevafo, chashmi xunxoring kelur.

 

Iqbolu Feruzing boʻlub yovar sanga uz nozanin,

Lutfu karam zohir qilib, boʻlmoq uchun yoring kelur.

 

* * *

 

Qildilar koʻzum ravshan orazi duraxshonlar,

Komim etdilar shirin laʼli shakkarafshonlar.

 

Noz ila karam aylab majlis ichra keldilar

Orazi gulafshonlar, kokili parishonlar.

 

Husnigʻa berur ziynat bir-biridin afzunroq,

Yuzda xoli hindular, labda hatti rayhonlar.

 

Jonfizo tabassumdin lablarin qilib xandon,

Qildilar soʻrub holim necha lutfu ehsonlar.

 

Laʼli jonfizolardin boʻsalar ato aylab,

Berdilar firoq ichra xasta jongʻa darmonlar.

 

Noʻsh etib Mayi gulrang mastligʻ qilib har

Bir-biri bila oʻynab chok etib giribonlar.

 

Soʻz durin nisor ayla maqdamigʻa, ey Feruz,

Bazming ichra kelmishlar bu aziz mehmonlar.

 

* * *

 

Ey sabo, bergil xabar, oromijonim qaydadur?

Sarvqadu gulpirahan, gʻuncha dahonim qaydadur?

 

Bir qiyo boqmoq bila aqlimni toroj aylagan

Ul pariruxsor, mujgoni sinonim qaydadur?

 

Chiqti jonim furqatida gul yuzin koʻrmay aning,

Jon berurgʻa laʼlidin Iso nishonim qaydadur?

 

Kechayu kunduz firoqpda oʻlar holatdaman,

Ayting, ey ahboblar, jism ichra jonim qaydadur?

 

Ohu nolam charxfarsodur yuzi hijronida,

Bilmadimkim, boisi ohu figʻonim qaydadur?

 

Belu ogʻzi yodi birla koʻzlarim giryon etib,

Oshkoro anlagan dardi nihonim qaydadur?

 

Vasli birla shod etib agʻyorlarni har kecha,

Baytulahzonimgʻa boʻlmay mehmonim qaydadur?

 

Topmadim ul gul visolidin xabar Feruzdek,

Ey sabo, bergil xabar, oromijonim qaydadur?

 

* * *

 

Oftoboso jamoling koʻrgach oʻldum, ey nigor,

Beqaroru beqaroru beqaroru beqaror.

 

Tigʻi ishqu xanjari nozingdin oʻldum subhu shom,

Dilfigoru dilfigoru dilfigoru dilfigor.

 

Ohu nolam ayladi ishqingni oxir dahr aro,

Oshkoru oshkoru oshkoru oshkor.

 

Javru zulming boʻlgʻondur man hazingʻa dam-badam,

Beshumoru beshumoru beshumoru beshumor.

 

Oy kibi farrux jamoling koʻrgali yoʻlungda koʻz

Intizoru intizoru intizoru intizor.

 

Noz ila soʻrsang samanding sakratib yoʻq sen kabi

Shohsuvoru shohsuvoru shohsuvoru shohsuvor.

 

Vaslinga yoʻl topsa har kim boʻlgay ul Feruzdek

Baxtiyoru baxtiyoru baxtiyoru baxtiyor.

 

* * *

 

Ayladi hayron mani bir shoʻx chashmi xoldor,

Koʻrgach oni bordi ilkimdii inonu ixtiyor.

 

Chiqsa raxshin sakratib maydongʻa gar, davron elin

Qilgʻusn daryoyi hayrat ichra gʻarq ul shohsuvor.

 

Vah, ne yangligʻ ofat erdi soldi oʻt olam aro,

Aynatib qoshu koʻzin ochibon gulgun uzor.

 

Burkini egri qoʻyub zulfin parishon aylasa

Aytgusidur porsolar koʻnglidin sabru qaror.

 

Gul koʻtarmish boshiga shabnam durin qilmoq uchun,

Sayri bogʻ etsang agar oni qudumnnggʻa nisor.

 

Lola poyandoz uchun bargin toʻshab yoʻlung uzra,

Nargis shahlo koʻzidur kecha-kunduz intizor.

 

Xoʻbliq lofin urar gulshanda gul, en jon, kelib

Qilgʻil ochpb gul yuzung ul xiyra sarni sharmisor.

 

Gul yuzungni koʻrmak aylab orzu subhu maso,

Koʻzlarim yosh toʻkkusidur misli abri navbahor.

 

Oshiqi bechoralar holigʻa qilmoqqa sitam,

Yoʻqturur olamda sandek bir pariruxsor yor.

 

Bu jahon raʼnolarigʻa boʻlma maftun, ey koʻngul,

Borchasidur besabotu bebaqoyu bemador.

 

Ayb qilmang gar parishonhol esam Feruzdek,

Aydadi ishqi ul oyning jonu koʻnglum beqaror.

 

* * *

 

Orazining mehrigʻa xurshidi raxshon bandadur,

Qomati zebosigʻa sarvi xiromon bandadur.

 

Chashmi xob oludigʻa nargis qilib qurbon oʻzin,

Yuzining gulzorigʻa firdavsi rizvon bandadur.

 

Ruhparvar nuktasigʻa boʻlgʻusidur qul Masih,

Jonfido laʼligʻa oning obihayvon bandadur.

 

Dargahidadur Zulayho bir kanizi kamtarin,

Partavi ruxsorigʻa ming mohi Kanʼon bandadur.

 

Layliyi loʻlivashining zulfi anbarborigʻa,

Aylabon jonni fido Majnuni hayron bandadur.

 

Ul labi shirin firoqida qolib shomu sabo,

Vaslin aylab orzu Farhodi nolon bandadur.

 

Baxt oʻlub Feruz agarchi har dor osha ersa ham,

Oʻpmak istab laʼli shiriningni, ey jon, bandadur.

 

* * *

 

Sochi sunbul, yuzi gul, shoʻxi parizodim kelur.

Qilgʻoli komim ravo ul sarvi ozodim kelur.

 

Ishqida bilmish durur holi xarobimni, magar

Rahm etib man sori bukun qaddi shamshodim kelur.

 

Jilva birla qomati sarvin xiromon aylabon,

Gʻarq etib ozoru javrin koʻzi jallodim kelur.

 

Vaslin istab borgʻoch – oʻq qoʻyi sori boqib manga

Dedi ul shirinliqo: “Ishqimda Farhodim kelur!”.

 

Javru zulmin tark etib bukun mening kulbam aro,

Lutf aylab boisi afgʻonu faryodim kelur.

 

Koʻrubon Majnuni zabun holim junun vodiysida,

Dedi taslim aylabon: “Ishq ichra ustodim kelur”.

 

Koʻrgach-oʻq Feruzni dedi tabassum koʻrguzub:

“Vaslim aylab orzu ul zori noshodim kelur”.

 

 

* * *

 

Sakratib maydonda raxshin ul pari javlon qilur,

Chustu chobuklikda olam ahlini hayron qilur.

 

Sarvqaddu gul yuzin koʻrmaklik aylab orzu,

Bulbuli qumri oʻzin shavq oʻtigʻa soʻzon qilur.

 

Koʻz yumub ochgʻuncha yetsa ishq sultoni agar,

Aqlu hushu sabr qasrin yer bila yakson qilur.

 

Hajridin yetsa jafo ul dilrabodin har necha,

Ul jafoni vasl umidi dardima darmon qilur.

 

Ohkim, man notavonni furqat oʻtigʻa yoqib,

Vaslida agʻyorni sarshor etib shodon qilur.

 

Aylabon koʻksum hadaf, qahru gʻazab zohir qilib,

Qoshining yosi bila mujgon oʻqin parron qilur.

 

Joni zorimgʻa necha qilsa sitam parvonadek,

Boshi uzra aylab oʻzni nisor, onga qurbon qilur.

 

Iltifotingdin nasime yetsa, jono, man sori

Bogʻi umidim gulini gʻunchasin xandon qilur.

 

Yogʻdurub anjum ushshoq toshini kajraftordin,

Olam ahli umrini bunyodini vayron qilur.

 

Ahli xissat yetsa davlatgʻa, zamona ahlining

Bir fulusi karmana uchun bagʻrini biryon qilur.

 

Sabr qil Feruz, agar qilsa jafo bu charxi dun,

Sabr qilgʻonning xudo mushkullarin oson qilur.

 

* * *

 

Har soʻzida fosh etar ul buti tannoz noz,

Boʻlmush anga goʻyiyo hamdamu hamroz noz.

 

Har necha ul shoʻxgʻa arzi niyoz aylasam,

Ayni tagʻoful bila qilgʻusi ogʻoz noz.

 

Nozlar aylab qilur ishq eli koʻnglin shikor,.

Boʻldi, magarkim, anga shunqori shahboz noz.

 

Noz ila boqgʻoch qiyo hushumu sabrim olib,

Dashti jununda mani qildi sabuktoz noz.

 

Gar anga tuzgil desam doʻstliq ohangini,

Javri maqomin tutub qilgʻusidur soz noz.

 

Turfa budurkim, oʻluk jismima jon bergali

Boʻldi Masiho kibi moʻjizapardoz noz.

 

Gar tilasang vaslida kom ila Feruzliq,

San anga koʻb qil niyoz, etsa gar ul oz noz.

 

* * *

 

Yor koʻnglimdagi asroru nihonim bilmish,

Ishqida har neki pinhonu ayonim bilmish.

 

Lutf birla bu kecha keldi yonimgʻa goʻyo

Yongʻonin furqat oʻtigʻa tanu jonim bilmish.

 

Chiqgʻonin gul yuzi hijronida aflok uzra

Bulbuloso tun-kun ohu figʻonim bilmish.

 

Hojat ermas anga arz aylamak ahvolimi

Kim, vafo yoʻlida yaxshiyu yomonim bilmish.

 

Shukrkim, toleʼ Feruz ila bormish xushhol,

Ishqida tuzlukim ul qoshi kamonim bilmish.

 

* * *

 

Ayb aylamang boʻlsam ul oy ishqida nolon, ey rafiq,.

Qildi hazin jonimni hajr oʻtigʻa soʻzon, ey rafiq.

 

Dardu gʻam hijronida holim koʻrub rahm aylamas,

Zulmin fuzun aylar manga ul nomusulmon, ey rafiq.

 

Topgusidur oʻlgan badan nutqidin oning toza jon,

Laʼli labini har qachon qilsa durafshon, ey rafiq.

 

Yuz noz ila ul dilrabo qilsa takallum nogahon,

Ul boʻlgusi, koʻrsa agar, ming mohi Kanʼon, ey rafiq.

 

Otib qoshining yosidin kirpik oʻqini dambadam,

Bu oʻq bila qildi koʻngul mulkini vayron, ey rafiq.

 

Rohat topar jonim mening qilsa sitam har necha ul,

Javri magar boʻlmishdurur dardima darmon, ey rafiq.

 

Manʼ aylama Feruzni ul mahliqoning ishqidin,

Boʻlmish oning ishqi mening jismim aro jon, ey rafiq.

 

* * *

 

Sayri gulshan aylaganda ul sumanbar, ey rafiq,

Ishq oʻtini soldi koʻnglum ichra axgar, ey rafiq.

 

Oʻynotib qoshu koʻzini aqlu hushimni olib,

Ayladi Majnun mani ul shoʻxp kofar, ey rafiq.

 

Laʼli ruhafzosini oʻpmak tamanno aylabon,

Boʻldi koʻnglum maʼdani yoqutu ahmar, ey rafiq.

 

Aylagach laʼli tabassum koʻrub inju tishlarin,

Domanimgʻa toʻkdi koʻz marjonu gavhar, ey rafiq.

 

Yogʻdu olamni koʻzumga qildi shomi tordek,

Aylabon pinhon yuzin zulfi muanbar, ey rafiq.

 

Ul parimu ravshan etgan tiyra boʻlgʻon koʻzlarim,

Koʻkdin indimu va yo xurshidi anvor, ey rafiq.

 

Zohir aylab javru zulmu qahru kin Feruzgʻa,

Ayladi holin xarob ul mohi paykar, ey rafiq.

 

* * *

 

Olding niqob yuzdin, ey dilrabo, muborak!

Xurshiddek jahongʻa berding ziyo, muborak!

 

Farxunda orazingii aylarga shamʼi majlis,

Kelding tarahhum aylab bu bazm aro, muborak!

 

Oshiqlaringgʻa vasling koʻb vaʼda aylab erding,

Bu vaʼdalargʻa oxir qilding vafo, muborak!

 

Gohi tabassum aylab, gohi takallum aylab,

Pnihonu fosh qilding nozu ado, muborak!

 

Gohi olib qoʻlunggʻa tanbur, oʻlub navosoz,

Ushshoqi benavoga berding navo, muborak!

 

Chiqmay usuldinki raqqosliq qilib fosh,

Yuz boʻsa bir diramgʻa qilding baho, muborak!

 

Feruz, koʻngling etma qoshu koʻziga maftun,

Erkan hayosiz asru ul shoʻxi nomuborak!

 

* * *

 

Ey falak, netdim sani, dunshanligʻ izhor aylading,

Notavon koʻnglum tuganmas gʻamgʻa duchor aylading.

 

Solibon ayru malaksiymo habibimdin mani,

Gʻulsurat devsiyratlar bila yor aylading.

 

Vasl ila bir dam xush etmay xotiri noshodimi,

Doimo dardu firoqu gʻam aro zor aylading.

 

Hajr tigʻidin qilib jismimnn sartosar yaro,

Joni zorimii mashaqqat birla afgor aylading.

 

Davlatp vaslin muyassar aylabon agʻyorga,

Mehnatu hajrigʻa koʻnglumni sazovor aylading.

 

Bir yoʻli aylanmayin Feruzning komi bila,

Ey falak, netdim sani, dushmanligʻ izhor aylading.

 

* * *

 

Husn avjining xurshididur, ey mohsiymo, orazing,

Balkim, latofat ichradur ondin ham aʼlo orazing.

 

Kun zohir aylab infiol oʻldi shafaq ichra nihon,

Subhi saodatdin tuluʼ etgach musaffo orazing.

 

Sarv uzra ochilmish guli ahmar debon hasrat qilur,

Koʻrgan kishi qadding uza bu navʼ zebo orazing.

 

Husnu latofat ramzini ishq eliga bildurgali,

Gulgun sahifa ustida xat qildi paydo orazing.

 

Koʻnglum qushi bulbul kibi tinmay navo cheksa, netong

Kim, oni bu navʼ aylamish xushlahi goʻyo orazing.

 

Ishqingdin oʻlganlara ber, jono, hayoti tozakim,

Laʼlingdin etmish chashmayi hayvon huvaydo orazing.

 

Shahlo koʻzu mushkin qoshu xoli muanbarlar bila,

Ziynatligʻ etmishdur, base, tangri taolo orazing.

 

Sabru qaroru toqatim bordi koʻnguldin, ey pari,

Vasling aro bir dam koʻzum qilgoch tamosho orazing.

 

Iqboli Feruzing kibi boʻlmoq tilarman munising,

Yoshurma haq haqqi uchun, ey shoʻxi yakto, orazing.

 

* * *

 

Koʻnglumga soldi, vah, ishq oʻtinkim bir gʻamza birla tarzi nigohing,

Qildi koʻzumga olamni tiyra yuz uzra tushgan zulfi siyohing.

 

Qilgʻoch tamosho mehri jamoling ishqing gʻamigʻa boʻldum giriftor,

Yolgʻuz ekanmu bu dilraboligʻ, bordurmu yoxud mehri giyohing.

 

Oyu quyoshgʻa qilmas nazora gar koʻrsa ushshoq hayratlar aylab,

Jono, qamardek ruxsoring ila xurshid. gavhar zarrin kulohing…

 

Hajr ichra gʻamdin oʻlmakka yetdim rahm aylab emdi, boʻlgʻil panohim,

To barcha koming aylab muyassar boʻlsun hamisha tangri panohing!

 

Feruz, yoring ortuqroq aylar joninggʻa har dam javru javosin,

Gar tavba qilsang ollida yigʻlab oʻtmasmu erkan jurmu gunohing!

 

* * *

 

Yoqutdurmu bilmadim yo laʼl, ey jonon, labing,

Yo orazing gulzorida bormu guli xandon labing.

 

Laʼlingni bir oʻpmak bila toptim hayoti jovidon,

Iʼjozi Isomu ekan yo sharbati hayvon labing.

 

Kulgu chogʻi zohir boʻlur bu musaffo tishlaring,

Goʻyo alardur bebaho dur, huqqayi marjon labing.

 

Koʻzdin toʻkub hijron aro doim sirishqi lolagun,

Oʻpmaklik anlab orzu tun-kun yutarman qon labing.

 

Ming bebaho yoqut laʼl inʼomidin ortuq durur,

Bir soʻrgʻoli bu zoringa qilsang agar ehson labing.

 

Gar boʻsayi laʼlinggʻa jon naqdin qilur ersang baho,

Olgʻum, nedinkim, bir oʻlgub oʻlganga ne armon labing.

 

Oʻtlugʻ zamirimgʻa mening dogʻ uzra qoʻygʻon dogʻlar,

Jon nuqtasidek xollar zohir qilib haryon labing.

 

Feruz jannat ravzasin gar istamas, ermas ajab

Kim, orazing jannat guln, kavsar suyi, ey jon, labing…

 

* * *

 

Soldi olam ichra gʻavgʻo, ey malaksiymo, koʻzung,

Dinu iymonimnn toroj ayladi tarso koʻzung.

 

Man nechuk jon asragʻayman koʻzu qoshing oldida,

Yo qoshing olgusidur jonimni bir kun yo koʻzung.

 

Jon fido qilsam agar, lutf aylab, etmas bir nigoh,

Vah nechuk berahm erur, ey orazi xumro, koʻzung.

 

Jon berurda lablaring qilsa tabassum nogahon,

Qatlima mujgonnng oʻq aylar, qoshingni yo koʻzung.

 

Javrini ortuqroq aylar dam-badam ushshoqga,

Turfa zolim xalq qilmish xoliqi ashyo koʻzung.

 

Boʻyninga solib qoʻlumni, qoshinga qurbon oʻlub,

Gul yuzung, maygun labing oʻpsam, gohi shahlo koʻzung.

 

Har necha izhori ajz etsam agar Feruzdek,

Ortuq aylar zulmini, kam aylamas aslo koʻzung.

 

* * *

 

Keldi ochib gul yuzin bazmimga jononim mening,

Koʻzu qoshigʻa fido boʻlsun dilu jonim mening.

 

Gul yuzun yuz pora aylar lola, gʻarqi xun oʻlur,

Kelsa gar gul sayrigʻa sarvi xiromonim mening.

 

Koʻzi jallodi agar jonimni olsa gʻam emas,

Tozadin jon bergusi ul laʼli xandonim mening.

 

Ravshan etdi furqatida tiyra boʻlgʻon koʻzlarim,

Mehri ruxsorin ochib xurshidi tobonim mening.

 

Ochsa soʻz ayturgʻa lab majlisda mahvashlar agar,

Borchasin mulzam qilur shoʻxi suxandonim mening.

 

Anbarafshon zulfin etmish orazi uzra niqob,

Qon toʻkar koʻrmak tilab bu chashmi giryonim mening.

 

Keldi bazmim ichra, ey Feruz, ul dilbar bukun,

Koʻngligʻa taʼsir qilmish ohu afgʻonim mening.

 

* * *

 

Ketur soqiyo bodai laʼlrang,

Oning nashʼasidin boʻlub bedarang.

 

Solay shoʻri gʻavgʻo jahon ahligʻa,

Na Rumu na Rusu na qolsun Farang.

 

Balovu gʻami ishq koʻhsorida

Erurman jayon sheri gʻorron palang.

 

Ki to ixtiyor ayladim ishqini,

Yetar koʻhi gʻamdin boshim uzra sang.

 

Balo dashtidayu ishq sahrosida,

Koʻzum xira boʻlmish, oyoq dogʻi lang.

 

Jununim ziyod oʻlsa har dam netong,

Nigorim bagʻoyat erur shoʻxi shang.

 

Agar jamʼ boʻlsa jahon mahvashi,

Boʻla olmagʻay ul pari birla tang.

 

Vafo koʻrmayin hech bir doʻstdin,

Boʻlubman jahon ahlidin asru tang.

 

Tama qilma dahr ichra har dundin,

Tamadin borur elga nomusu nang.

 

Tavozeni ayla oʻzingga shior,

Havo birla nafsingga berma malang.

 

Bu bazm ichra Feruzga dam-badam,

Ketur soqiyo bodai laʼlrang.

 

* * *

 

Bazmimgʻa keldi bu kecha bir sarvqomat, ey koʻngul

Boshdin oyoqidur oning koni malohat, ey koʻngul.

 

Boqib koʻz uchidin qiyo pinhon agar qilsa nigoh,

Bordir aning har boqishi yuz jonga ofat, ey koʻngul.

 

Boʻl shodu xurram, koʻrguzub tutti sanga ul mugʻbacha

Oʻz ilki birla jomi may lutfu muruvvat, ey koʻngul.

 

Avval dedim tark aylagil ishqini, bovar qilmading

Qilma jafosidin oning emdi shikoyat, ey koʻngul.

 

Sarv ila gul gulshan aro gar koʻrsa qaddu orazin

Tushgay alarning boshiga shoʻri qiyomat, ey koʻngul.

 

To ul parivash dilrabo ishqiga boʻldim mubtalo,

Zuhd ahli koʻb qildi manga taʼnu malomat, ey koʻngul.

 

Chun tiyra kulbam ayladi ravshan mahi ruxsoridin

Hijron qorongʻu shomidin topding farogʻat, ey koʻngul.

 

Feruz oʻlub baxting ul oy vasligʻa yetsang, neajab,

Chekmish eding hijronida koʻp ranju mehnat, ey koʻngul.

 

* * *

 

Yorab oʻlgʻaymu muyassar manga jonon ila bazm,

Sochi sunbul, yuzp gul, lablari xandon ila bazm

 

Bir kecha hujrani agʻyordin aylab holi,

Etmak boʻlgʻaymu ravo yori qadrdon ila bazm.

 

Aylasam mehri uzori bila koʻzni ravshan,

Zarra andoqki kilur mehri duraxshon ila bazm.

 

Sharh etib hajrida kechgan qatigʻ ahvolimi,

Tonggʻacha aylasam ul shoʻxi suxandon ila bazm.

 

Solibon boʻynigʻa ilkimni, soʻrub laʼlidin,

Aylasam noʻsh labi dardima darmon ila bazm.

 

Gʻamu anduh uyidan hazrati Yaʼqub kibi,

Chiqibon shod oʻlub etsam mahi Kanʼon ila bazm.

 

Baxti yovarligʻ ila Feruz aylab iqbol,

Yorab oʻlgʻaymu muyassar manga jonon ila bazm.

 

* * *

 

Iki mahvash bu kecha bazmim aro tutdi maqom,

Birisi mehri duraxshon, biridur mohi tamom.

 

Biri oʻltursa gʻazabdin, biri toza jon berur,

Biri boʻlsa talx hadis, biridur shirin kalom.

 

Masti loyaqil qilurga majlis ahlini tamom,

Biri olib shishani ilkiga, yana biri jom.

 

Birini laʼli labida zohir oʻlmish sabzi xat,

Husn Misrida biri Yusufgʻadur qoyimmaqom.

 

Birisi olib surohiy oʻlturub ming noz ila,

Biri kosa bermak uchun bazm aro aylab xirom.

 

Birisi bazm ahli koʻzin ravshan aylar yuz ochib,

Zulfi yuziga boʻlub birining niqobi mushkfom.

 

Shonu koʻngul bulbulin sayd ayladi ul iki shoʻx,

Biri xolin dona aylab, birisi zulfini dom.

 

Ichgil ishrat jomini, Feruz, ul iki yor ila,

Ul iki mahvashni oʻlgʻay husni doim mustadom.

 

* * *

 

Laʼli shiriningki taʼrif aylab oʻlmish shahdkom,

Anvariyu Fazliyu Hoqoniyu Masnad mudom.

 

Chashmi fattoningga nargisni nechuk tashbih etar,

Sohibu Bedil, Hiloliy, Hofizi shirinkalom.

 

Vah, ne yangligʻ sharh qilgʻay orazing tavsifini,

Unsuriyu Asjadiyu Farruxu Saʼdiy, Humom.

 

Koʻrsa husning Layliyu Shirinni vasf etmas edi,

Xisraviyu ham Navoiy, Jomiyu Shayx Nizom.

 

Oʻxshatib boʻlmas yangi oyga muqavvas qoshlaring,

Sayidoyu Nozimu Lutfiyu Kiromiy, Xisom.

 

Sarvoso qomating vasfin qilurda lol oʻlur,

Andalibu Ravnaqu Ziyrak masihi xushkalom.

 

Ogahiyu Komilu Feruz, Xolis, Chokaring,

Rojiyu Mirzoyu Akmal, Munisu Xokiy, Gʻulom.

 

 

* * *

 

Sayri bogʻ etsang agar, ey sarv qaddu gulbadan,

Sarv ayoqingga qoʻyar bosh, chok etar gulpirahan.

 

Aylamassan rahm oltundek ruhi zardim koʻrub,

Dilraboliq rasmi bu navʼ oʻlgamu, ey siymtan?

 

Koʻrsa raftoringni gar bogʻ ichra kabki xushxirom,

Banda boʻlgʻay jilvayi qaddingga ul, andoqki man.

 

Shona olib, yuz uza zulfing parishon aylagach,

Yer yuzin qildi muattar boʻyi rayhonu suman.

 

Boʻlmagʻay ozurda nishi kirpikimdin deb taning,

Koʻrqaram, gar koʻz uyin mardum kibi qilsang vatan.

 

Orazing bogʻida ikki nargising koʻrgan kishi

Derki, Chin gulzori ichra kirmish ohuyi Xoʻtan.

 

Bazmi vasling ichra mahram aylagil Feruzni,

Chunki hijroningda ul bechora chekmish koʻp mihan.

 

* * *

 

Qilurman yutub shavqi laʼlingda qon

Figʻonu figʻonu figʻonu figʻon.

 

Yuzung to mani zordin aylading

Nihonu nihonu nihonu nihon.

 

Koʻzumga qorongʻudir ondin beri

Jahonu jahonu jahonu jahon.

 

Tplarman koʻzung fitnasidin mudom

Omonu omonu omonu omon.

 

Erur qoshlaring ishq eli qatliga

Kamonu kamonu kamonu kamon.

 

Guli husnunga yetmasun dahrdin

Xazonu xazonu xazonu xazon.

 

Qil, ey shoʻx, Feruz koʻksini qil

Makonu makonu makonu makon.

 

* * *

 

Bir dam aylab holima lutf oshkor, ey gulbadan,

Kulbama gul-gul ochib kelgil uzor, ey gulbadan.

 

Mushk isi bu tun dimogʻimni muattar ayladi,

Yuz uza yoydingmu zulfi mushkbor, ey gulbadan.

 

Lablaring kavsar, qading toʻbi, yuzung jannat guli,

Har soʻzung bir gavharedur obdor, ey gulbadan.

 

Yuz ochib chun sayri bogʻ aylarga kelding, aylading

Gul yuzungga bulbuli koʻnglumni zor, ey gulbadan.

 

Oshiqi beqaroringman, vafo aylab manga,

Aylagil maʼshuqlikni ixtiyor, ey gulbadan.

 

Orazi xurshid timsoling tamosho aylagach,

Zarra yangligʻ koʻnglun oʻldi beqaror, ey gulbadan.

 

Zulfu qadding ishtiyoqida falakka chirmashur

Har tun ohimdin suud etgan sharor, ey gulbadan.

 

Kirgil ogʻushimgʻa jon ichra alif yangligʻ boʻlub,

Dilraboliq shevasin aylab shior, ey gulbadan.

 

Ne esa koʻnglungda koming tangri mavjud aylasun,

Doim oʻl Feruz baxting birla yor, ey gulbadan.

 

* * *

 

Orazing davrida har yon zulfi anbarmu ekan?!

Yoʻqsa, ganj ustida yotgʻon ikki ajdarmu ekan?!

 

Yuzlaring may tobidin qilgʻon araqlarmu ayon,

Mohi anvar davrida bir necha axtarmu ekan?!

 

Tishlaring durmu boʻlur zohir tabassum aylagach,

Huqqayi yoqut aro bir necha gavharmu ekan?!

 

Koʻzlaringdurmu iki qosh ostida qilgʻon makon,

Dayr toqi ichra yoxud ikki kofarmu ekan?!

 

Laʼli jonbaxshida bormu xoli mushkin, yoʻq es

Chashmaxsh hayvonda yozilgʻon nuqatlarmu ekan?!

 

Orazidin tiyra kulbam ravshan etgan bu kecha

Mohi anvarmu va yo ul huri paykarmu ekan?!

 

Elni hayron aylagan, Feruz, husnigʻa sening

Dilbaringmu yo bizing sarvu sumanbarmu ekan?!

 

* * *

 

Manga, ey dilrabo, muncha itob etmak nedur, bilmon,

Hazin jonimgʻa javring behisob etmak nedur, bilmon.

 

Chekib yillar firoqing ranjini, topsam agar vaslin

Ketarga umrdek bir dam shitob etmak nedur, bilmon.

 

Erur koʻnglum firoqing ichra ashkim selidin vayron,

Yana ortuqroq oni xarob etmak nedur, bilmon.

 

Yoqib ishqing oʻtigʻa sarbasar joni nizorim ham

Kuyuk bagʻrim kabob uzra kabob etmak nedur, bilmon.

 

Bu gulshanda ochilmoq xorsiz gul mumkin oʻlgʻonmu,

Nigoro, mendin asru ijtinob etmak nedur, bilmon.

 

Xumori bodayi vasling boʻlub Feruz, agʻyoring

Sharobi lutf birla komyob etmak nedur, bilmon.

 

Keldingmu ibodatgʻa, ey mahliqo, bukun,

Yetushti qudumingdin dardimga davo bukun.

 

Oʻnsam labi jonbaxshing, jonimga yetar rohat,

Boʻlmoqing anga moneʼ boʻlgʻaymu ravo bukun.

 

Jurmim nedur, ey mahvash, bilmasman, ayon etgil,

Dahring boʻladur afzun har lahza mango bukun.

 

Aqlu xiradim olib, rasvoyi jahon etding,

Bir jilva qilib zohir, ey koʻzi qaro, bukun.

 

Oʻlmakka yovuq yetdim tortib gʻami hijroning,

Holimgʻa karam aylab, man sori qaro bukun.

 

Ey soqiyi gulchehra, jomingni qilib mul-mul,

Qilgʻil mani zoringgʻa paydar-pay ato bukun.

 

Qoshu koʻzungga qurbon boʻlsa, neajab, Feruz,

San kibi parivashni yetkurdi xudo bukun.

 

* * *

 

Ayb emastur lutf ummid aylasam jonondin,

Rishtayi ummid uzmas bandasi sultondin.

 

Vaslin aylab orzu tun-kun ajab hayratdaman,

Don toʻkub yosh oʻrnigʻa bu chashmi xunafshondin.

 

Gar koʻrib majnunligʻimni ishqida laylivashim,

Aylamas zohir tabassum ul labi xandondin.

 

Vah, nechuk zolimdurur jonu koʻngulga yettusi,

Dambadam zulmu sitam ul nargisi fattondin.

 

Olma koʻzgu ilkinga husning tamosho qilgoli,

Qil tamosho orazing bu diydayi giryondin.

 

Har kishi bosh oʻynay olmas ishqning maydonida,

Oʻynagʻoy, boshin ul odam kechsa avval jondin.

 

Ishqni koʻngulda pinhon asramoq mushkuldur,

Zohir oʻlgay oshiq etgan nolayu afgʻondin.

 

Bevafodur bu jahon raʼnosi, billah, ey koʻngul

Koʻrgan ermastur burungʻilar vafo davrondin.

 

Yolborib boshim oyoqigʻa qoʻyub Feruzdek,

Ayb emastur lutf ummid aylasam jonondin.

 

* * *

 

Jafo qilmoqdin hazar qil jonima, ey nozanin,

Haq kalomida demishdur “la-yuhibbu-z-zolimin”.

 

Har necha javr aylasang ishqingni tark etmas koʻngul,

Bu soʻzumni bovar etmassan agar ichkum yamin.

 

Yetsa jonondin jafo, sabr ayla, ey mahzun koʻngul,

Sabr qilgʻon haqqida nozil “yuhibbu-s-sobirin”.

 

Ey sitamgar, aylagil mazlum ohidin hazar,

Ne uchunkim kelgusidur larzaga arshi barin.

 

Saqlasun solim havodis tundbodidin mudom,

Naxl qaddingni saning halloki rabb-ul-olamin.

 

Tishlaring durmu labing qilsa tabassum koʻrunur,

Yo magar yoqut huqqa ichradur durri samin.

 

Koʻrmadi davron koʻzi yillar oʻtub bu dahr aro

Sen kibi shirin lab uzra gʻaddoru mahjabin.

 

Laʼli mayguning xayoli birladur qoneʼ mudom,

Obihayvon orzusin aylamas joni hazin.

 

Boʻlgʻusi Feruz soʻzidin boshing uzra nisor,

Yuz ochib kelsang agar majlis aro ey nozanin.

 

* * *

 

Erur javring mennng dardimga darmon,

Na darmon, balkidur, jismim aro jon.

 

Bilur holi parishonimni ulkim,

Erur gar dilbari kokil parishon.

 

Firoqida ishimdur kecha-kunduz

Hazin bulbul kibi faryodu afgʻon.

 

Boʻlur jonu koʻngul qurbonn oning,

Qadi sarvin bu yon qilsa xiromon.

 

Qilib nihon yuzin man notavondin,

Koʻzumni qildi hijronida giryon.

 

Koʻrub rahm aylamas holi xarobim,

Gʻami ishqi aro ul nomusulmon.

 

Ochib xurshiddek ruxsorin ul oy

Koʻziga ayladi koʻzumni hayron.

 

Qilib lutfu karam ul shoʻxi tarso,

Kelib bazmimni qildi rashki soʻzon.

 

Boʻlub Feruz baxting, ey sumanbar,

Hamisha boʻlgʻosan masruru xandon.

 

* * *

 

Payvasta qoshi shaklidur ul chashmi jodu ustina,

Bir chargʻkim, yozmish qanot qasd aylab ohu ustina.

 

Nazzora qilgil orazi uzra xatigʻa har zamon,

Gar mavji javhar koʻrmasapg bir sof koʻzgu ustina.

 

Mehrimiz oʻlmushmudur gulgun shafaq ichra nihon

Kiymish va yo gulrang toʻn ul shoʻxi gulroʻ ustina.

 

Koʻnglum netong siymobdek har lahza qilsa iztirob

Kim ul yuz oʻtidin erib suv boʻlgusi suv ustina.

 

Laylivangamning ishqida majmunligʻim koʻrgan kishi

Holimga kulgular qilur izhor kulgu ustina.

 

Xatdurmu ruxsori uza yohud musaxxar qilgʻoli

Chin mulkining kelmushmudur afvoji hindu ustina.

 

Zulfi xatining hajrida boshimgʻa aylarlar hujum

Gʻoyatsiz anduhu alam yuz navʼ qaygʻu ustina.

 

Yogʻdu kun oʻldi koʻzlarim oldida shomi tordek.

Aylarga pinhon yuzlarin chun yozdi gesu ustina.

 

Vah naylayin Feruz, ul qotil gʻazab yoyin chekib,

Mujgon oʻqin tez otgali chin solmish abroʻ ustina.

 

* * *

 

Ayo, berahmi xoʻboni zamona,

Mani hijronda qoʻyma jovidona.

 

Sanga arz aylaram rozi dilimni,

Eshit arzimni koʻrguzmay bahona.

 

Visolingda boʻlub agʻyor xushhol,

Mani hajring gʻami yetkurdi jona.

 

Hadangi gʻamzanga jismi nizorim,

Tarahhum qilmay aylarsan nishona.

 

Ne boʻlgaykim, soʻrub Feruz holin,

Agar boʻlsang anga yori yagona.

 

* * *

 

Yorab, ul oy vaslini aylab muyassar bu kecha,

Orazi mehridin et bazmim munavvar bu kecha.

 

Vah, nechuk asragʻayman doʻstlarkim, qilgʻusi

Qatlima har dam ishorat chashmi kofar bu kecha.

 

Ne ajab, qilsam tafoxur ahli ushshoq ichra man,

Keldi, qildi xoki poyin boshgʻa afsar bu kecha.

 

Soqiyo, emdi karam aylab mani sarmast qil,

Bazmima kelmishdurur bir nozparvar bu kecha.

 

Jongʻa yetdim javru ozoring chekib subhu maso,

Rahm qil holimgʻa, ey shoʻxi jafokor bu kecha.

 

Oy kibi farrux uzorigʻa beribdur oʻzga zeb,

Sochilib har sorigʻa zulfi muanbar bu kecha.

 

Ne jahonoro jamol erdiki, bir koʻrmak bila

Ayladi Feruzni ishqida muztar bu kecha.

 

* * *

 

Rahm etib hajrida holimgʻa nigorim bu kecha,

Majlisigʻa ayladi taklif yorim bu kecha.

 

Vosil oʻlsam bazmigʻa sen ham payopay may tutub,

Soqiyo, bergʻil necha yilligʻ xumorim bu kecha.

 

Aylagil sarmast beparvoyenikim, yigʻlabon,

Arz etay surtub oyoqpga uzorim bu kecha.

 

Bazm aro gar mast ham beixtiyor oʻlsam netong

Kim, qoʻlumdin oldi ul oy ixtiyorim bu kecha.

 

Aylamang gʻamdin gumonkim giryai shodi erur,

Jomdek qon toʻksa chashmi ashkborim bu kecha.

 

Ey mugʻanniy, olmayin orom tuz vaznin saqil,

Toki sokin boʻlgʻay oromu qarorim bu kecha.

 

Boru yoʻq nagʻmang yeturgil majlis ahli samʼigʻa

Kim, fido sozinggʻa aylay yoʻqu borim bu kecha.

 

Ey falak, mehringni yotroq ayla magʻribda nihoya,

Furqat ichra haddin oshti intizorim bu kecha.

 

Gardini garduni dundin gʻam emas Feruzgʻa,

Chunki lutf etti manga chobuksuvorim bu kecha.

 

* * *

 

Guliston ichra ul dilbar kelur mastona-mastona,

Boʻlur shamʼi ruhigʻa jon qushi parvona-parvona.

 

Tutub zuhdu varaʼ tarkini kirdim dayr aro bu tun

Ketur, soqiy, manga emdi toʻla paymona-paymona.

 

Qilur javru sitam, qilmas tarahhum man hazingʻa

Desam rozi dilimni boshigʻa aylopa-aylona.

 

Borib agʻyor bazmigʻa, ichib ishrat mayin tun-kun,

Meni hijronda aylab gʻam bilan hamxona-hamxona.

 

Qilib pinhon yuzin man zori hayrondin parizodim,

Firoqida meni qildi ajab devona-devona.

 

Havas aylarsan, ey dil, ishq dashti sayrini qilmon

Kechib boshdin, qadam qoʻymoq kerak mardona-mardona.

 

Qilib zohir bukun lutfu karam, Feruz, dildoring

Kelur koming ravo qilmoq uchun sallona-sallona.

 

* * *

 

Bir pari tushda manga oraz namoyon ayladi,

Koʻrgach-oʻq, hushu xirad mulkini vayron ayladi.

 

Gʻamzayu nozu tagʻoful birla imo aylabon,

Koʻzlari jonimni olib qasdi imon ayladi.

 

Otashin gul bargini eltib labi xandoniga,

Jon ila koʻnglumni rashk oʻtiga soʻzon ayladi.

 

Zulfi mushkini yuzi uzra parishon aylabon,

Koʻzlarimni tiyra, koʻnglumni parishon ayladi.

 

Chunki ruxsori jahontobin koʻz ochtim koʻrgali,

Orazi mehrin niqob ostida pinhon ayladi.

 

Siynasi uzra koʻrub gulgun kabosi chokini,

Gulshan ichra gul dagʻi choki giribon ayladi.

 

Seskanib uygʻondim ersa, topmadim ondin asar,

Ushbu tush Majiun kibi aqlimni hayron ayladi.

 

Yo rab, uygʻoqliqda roʻzi qil visoli davlatin

Kim, mani oshifta bir gul yuzli jonon ayladi.

 

Mumkin oʻlgʻaymu visoli ichra bir kun shodligʻ,

Boʻylakim Feruzni hajrida giryon ayladi.

 

* * *

 

Bu kecha bazmim aro ne boʻldi, yorim kelmadi,

Oʻrtadi hijron oʻtiga yoʻqu borim, kelmadi.

 

Kel deganda, “Yaxshi, kelgum”, deb edi, faryodkim,

Bilmadimkim, ne sabab boʻldi, nigorim kelmadi.

 

Necha kundurkim, qolib hijron aro mahjurman,

Tarqaturgʻa jomi vaslidin xumorim kelmadi.

 

Kelmakiga vaʼda aylab erdi bu tun, ohkim,

Haddidin yoʻlida oshti intizorim, kelmadi.

 

Orazi hijronida olam qorongʻudur manga,

Ravshan aylarga yuzidin shomi torim kelmadi.

 

Boʻldi bazmim gulshani ketgach xazoni bogʻdek,

Oni aylarga guliston navbahorim kelmadi.

 

Xor aro guldek boʻlurgʻa xoʻblar oʻrtasida,

Sarvqaddu guljabinu guluzorim kelmadi.

 

Ishq sirrin kimga sharh aylay man emdi, doʻstlar,

Mahrami rozi nihonu oshkorim kelmadi.

 

Nola aylarman tunu kun hajrida Feruzdek,

Koʻngliga taʼsir etib afgʻoni zorim kelmadi.

 

* * *

 

Yor soʻrorgʻa man hazin holini kelmadi, netay?

Ishqi oʻtpga kuygʻanim koʻziga ilmadi, netay?

 

Garchi jahonda yoʻqturur man kabi ishqi ichra zor

Holima rahm bir nafas umrida qilmadi, netay?

 

Masti sharobi husn oʻlub koʻzlarn xobu nozdin,

Holima qilgʻoli nazar bir dam oyilmadi, netay?

 

Har necha man hazinigʻa qildi visoli vaʼdasin,

Vaʼdasi ichra bir nafas, lek topilmadi, netay?

 

Ishq eli shohiman, vale oshiqining qatorida

Ushbu hazinin ul pari koʻziga ilmadi, netay?

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.