Derazamga uriladi qor…

0
184
marta koʻrilgan.

Derazamga uriladi qor,

Jaranglaydi jarangsiz kumush.

Derazamga uriladi qor,

Qor singari oppoq boʻldi tush.

 

Bir ajoyib qor yogʻar bu kech,

Uchib tushar mening yonimga.

Men-ku seni oʻylamasman hech,

Sen tushasan ammo yodimga…

 

1963

 

Rauf Parfi

Oldingi sahifaBobur
Keyingi sahifaQoʻqon shamoli
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.