Armon

0
201
marta koʻrilgan.

Armon boʻlding, ey shirin havas,

Intildim-u, yetmadi qoʻlim.

Yuzlarini kaftlarim emas,

Shabadalar silagan gulim.

 

Sendan ayro tushgandan beri

Uzukdayin toraydi dunyo.

Dard sotvoldim koʻnglimni berib,

Meni gado etdi bu savdo.

 

Umidvordir baribir yurak,

Nimanidir mudom kutaman.

Ishq haqida toʻqiyman ertak

Va soʻngida baxtga yetaman.

 

Ammo hayot – qattiqqoʻl hakam

Tan olmaydi hech bir kimsani.

Yalinsam ham, istamasam ham

Unuttirar bir kuni seni.

 

Orif Tolib

 

2011

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.