Aldov va biz

0
164
marta koʻrilgan.

Seni sogʻinishimni

Muhabbat deb atayman.

U ham meni sevar deb

Soʻng oʻzimni aldayman.

 

Sen aldama oʻzingni

Va meni ham aldama.

Menday sogʻinmas boʻlsang,

Uni sevgi atama.

 

Aldamasman hech seni,

Hayoli qizsan, axir.

Yuragim orzu qilgan

Xayoliy qizsan, axir.

 

Agar meni aldasang,

Tuman qoplar koʻzimni.

Bunday payt boshqa tugul

Tanimayman oʻzimni.

 

Lek sevaman baribir,

Hech qoʻpollik qilmayman.

Sochlaringni avaylab,

Bitta-bitta yulgayman.

 

Orif Tolib

 

2011

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.