Onajonim

Yoʻllarimga zor-intizor termulgan, Non yoniga kulcha yopib ilingan. Ollohimga umrim soʻrab sigʻingan, Intiqqinam, mushfiqqinam onajon.   Dardlarimga darmon boʻlib tinglagan, Ozor bersam duo bilan siylagan. Tunlar bedor sochlarimni silagan Bedorginam, dildoshginam onajon.   Qaldirgʻochdek...

Onamga

Yigʻiga oʻxshagan tabassum bilan Yana qoshingizga qaytmoqdadirman. Bu yerda hech kimsa parvo qilmagan, Dil rozimni sizga aytmoqdadirman. Men osmondan yerga tushib qolganman, Doʻstlar xiyonati boshimni egib. Muhabbat, visoldan bezib qolgandim, Hatto...

Nogoh

Nogoh seskandingmi koʻngling uvishib, Iymanib, qimtinib turgan goʻzal qiz, Dugonangga bir-bir gaplar otishib Yigitlar yoningdan oʻtganda soʻzsiz.   ...

Ona sogʻinchi

Koʻzlari toʻrt boʻlgan onam yonidan Tomlarga yugurib chiqar qizgʻaldogʻ Menga yoʻl qaraydi uyning tomidan. Toʻrt qiblaga tutash yoʻl. Bari – aldogʻ.   Shamollar yulqiydi koʻylaklarini, U tomdan tusholmas menga yoʻl...

Faqat Senga atalgan ulkan muhabbatim bor

* * * Taqdir meni siyladi har kez, Yoʻq ohanglar qalbim etdi rom. Hammasidan buyukroq aziz – Seni menga ayladi inʼom. Qancha doʻstlar? O, buncha eʼzoz – Muhabbat, baxt berdi koʻp...

“Kimki haqqa bandadur, farmonidin ayrilmasun”

HAZINIY muxammaslaridan   * * *   Ikki olamda erursiz osiylarga rahnamo, Rahmatan-lil-olamin, deb koʻz tutar roʻzi jazo, Qabringizda mavj urodur, rahmati nuri xudo, Har kishi qilsa ziyorat, dardiga topgay davo, Ravzayi...

Vaqt

Gʻuncha ochilguncha oʻtgan fursatni Kapalak umriga qiyos etgulik, Baʼzida bir nafas olgʻulik muddat – Ming yulduz soʻnishi uchun yetgulik. Yashash soatining oltin kapgiri Har...

“Mol yiqqan oʻziga orttirar ozor”

Raimboy Sobirov – 1933 yilda tavallud topgan. Turkmanistonning Toshoʻgiz shahrida istiqomat qiladi. U 1955 yilda Toshkent Davlat chet tillar oliygohining fransuz tili kulliyotini bitkazgan....

Yam-yashil kengliklar bagʻriga chorlar

YOR OLDIDA Mashrab gʻazaliga muxammas   Bir kalom aytmakka zormen toza ruxsor oldida, Koʻzlarim yerga qadalmish koʻzi xummor oldida, Baski, ming bor oʻldim iqror endi inkor oldida: Har kishini dardi...

“Qaro sochlaringga yozdim oq sheʼrlar…”

*** Kabutar patiday toʻzgʻoq xavotir, shamolga sochilgan sogʻinch shivirlar. Men seni unutdim – parishonxotir qaro sochlaringga yozdim oq sheʼrlar.   Yoʻllarga sochilgan xotira – tariq, qushlar uchib kelar ruhsiz, jismsiz. Ona, koʻzlaringda...

Onajon

Goho sizning borligingiz unutdim, Yoʻllarimda zorligingiz unutdim. Umidlari kesilgan bu dunyoda Yolgʻiz umidvorligingiz unutdim. Gʻanimatim, omonatim – onajon.    Oshno topdim, valekin doʻst topmadim, Oqkoʻngilli bir qorakoʻz topmadim. Shamollarga sovurdim gul soʻzlarni, Lekin...

Sakkizliklar

Onam uchun avval armon edim men, Soʻngra men talpindim quchoqlarida. Koʻzidan yosh boʻlib quyildim keyin, Va asta eridim dudogʻlarida...   Orzu otashida, issiq quchoqda Yetishgan, ey sheʼrim, ey jonon oʻgʻil, Shu...

“Onamga xat”lardan

Birinchi xat   Onaginam, bedor boqib yulduz toʻla samolarga, Sogʻinchimni, salomimni soʻzlamayman sabolarga.   Tong nuriga belangancha yumganda ham tun koʻzini, Men bedorman, bedorlikda dars bergayman daryolarga.   Quchogʻingda baxting boʻlib toʻlsam...

Senli kunlar endi koʻp qadim…

*** Ot minib shaharni kezib yuribman, Boshim tegay-tegay deydi quyoshga. Tulporim odimlar magʻrur, hurkmay, Gʻalati qaraydi modernist Toshkan. Yoʻl bermoq istamas agʻyor avtolar, Ortimga qaytmoqni qilishar talab. Mahbus simyogʻochlar boqar aftoda, Men...

Hadik

Bor-yoʻgʻimni etdim xayr-ehson, Kecha-kunduz qildim ibodat. Oxiratni oʻylab yondi jon, Ilm istab yugurdim faqat.   Qabul boʻlmas birortasi ham, Bari ketar shekilli kuyib. Bugun tongda negadir otam Qarab qoʻydi norizo boʻlib.   Aʼzam Oʻktam

Sevgidan yaralgan qaqnus yuragim

Sen kelsang   Zimiston kulbaning darichasidan Kirib kelganidek oftobning nuri, Saharning ayni shu daqiqasida Anglangani kabi koʻklam sururi,   Sen kelding. Hayotdan zerikkan xona Lahzada koʻnglimdek ketdi yorishib. Tuygʻular kurtakdek koʻz ochdi yana, Nafasim...

“Yana yuragimni qiymalar armon”

Rasul HAMZATOV   ONA TILIM   Ajabo! Tush degan narsa qiziq-da, Oʻlib qolganmishman tushda nogahon. Koʻksimda qoʻrgʻoshin, quyosh tigʻida, Togʻlar orasida yotibman bejon. Uzokda sharqirab soylar oqmoqda, Borlikda bir ajib dilbarlik hokim. Men esam...

Choʻqqidek osmonga tutashmoq darkor

 MUALLIM   Siz yozgan raqamdan ochilgan dunyo, Siz oʻqitgan harfdan taralgan ziyo. Ilmu fanda buyuk kashfiyot boʻlgan Siz daftarga qoʻygan ilk aʼlo baho. Muallim!   Oʻquvchining qalbi – oq daftar, tiniq, Nimani yozsangiz,...

Meni baxt uygʻotib qoʻysin

 Qoʻqon   Oʻrda. Nazm saroyi. Arkon. Yuksaladi ruhing bu shondan. Umarxondan oʻzga hech qachon Xon oʻtmagan goʻyo Qoʻqonda.   Tun. Sayrga chiqar yulduzlar, Yogʻdulardan sachraydi soʻzlar. Qoʻqon osmonidan bir oqshom Koʻkka chiqib ketgan yulduzlar.   Yuragimda...

“Suhbat ichra alhazar, deb necha odam tong otar”

PISANDIY hajviyalaridan   SAʼDIXON QOZI TOʻGʻRISIDA HAJV   Chiqdi olamga bachchagʻar qozi, El aro shuhrati zahar qozi. Nomini Saʼd deb gʻalat qoʻygan, Nahsdan tugʻdi, ibni shar qozi. Ota...

Haftaning mashhur sahifalari

Xato haqida xabar

Muharrirga joʻnatiladigan matn: