Onam ekkan rayhonlar
0
Onam Ergashxon Yoʻldoshboy qizi xotirasiga
Hovlimizga jannat boʻyin taratgan,
Sabolarga ifor tutgan, yayratgan,
Koʻkdan oyu oftobni ham qaratgan,
Borligʻida malaklarmi nihonlar,
Rizvon ekan onam ekkan rayhonlar.
Kapalaklar arimasdi qoshidan,
Bolarilar...
Ruhlar isyoni
MUQADDIMA
Tugʻilgansan ozod, mudom
Ozod boʻlib qol!
Nazrul ISLOM
Bu dunyoning
Quvonchi kam,
Dardu gʻami — ziyoda,
Ammo gʻamdan qochmoqning ham
Tadbiri koʻp dunyoda.
Kimning dildosh
Bor...
Umar Hayyom ruboiylaridan
1
Ul husni falak, xurshidi tobondir – ishq,
Ul qushki, goʻzal chamanda sayrondir – ishq.
Bulbul kabi un chekishni sen ishq sanama,
Xar lahza oʻlib,...
Topishmoq va tez aytishlar
TOPISHMOQLAR
***
Quyoshda tovlanadi,
Shirasi til yoradi.
Hidi tutar falakni,
Biz yesak...
***
U boʻladi yongʻoqli,
Murabbo va qaymoqli.
Shokoladli, pushti oq,
Muzdekkina...
***
Toʻni yashil, ichi qizil,
Qoʻlga olsang zilu zambil.
Pishar vaqti yozu kuz,
Uning nomidir...
***
Oʻrtogʻim ruchka,...
Umrim bahorida
MANZARA
Qora qushlar qoʻnarlar
Majnuntolning shoxiga.
Boshin suvga egarlar
Boqmay sira ohiga.
Rahmi kelib bulutning,
Yigʻlab toʻkar yoshini.
Qushlar kochar, majnuntol
Koʻtaradi boshini.
Bulutning orasidan
Quyosh kulib karaydi.
Majnuntolning yuvilgan
Sochlarini taraydi.
1952
* * *
Men jilgʻaman,
Daryo boʻlib...
“Dorilomon kunlar keldi, shafaqlari ol…”
DORILOMON KUNLAR KELDI...
Onaginam!
Dorilomon kunlar keldi, shafaqlari ol,
Qayon boqsang, shaylanishlar va sozlashlar tor,
Olcha gulin koʻzlaringga surtasan behol
“Bu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor”.
Soʻlgʻin-soʻlgʻin lablaringdan ucharkan shu...
Komiljon Otaniyozov sheʼrlaridan
GʻAZALLAR
(Mashrab ohanglarida)
Koʻrsat yuzingni devonalarga,
Ishqingda kuygan aftodalarga.
Vaslingga yetmay afsona boʻldim,
Lutf ila boqqil afsonalarga.
Sansan jahonda mahbubi dono,
Jabringni kam qil gʻamxonalarga.
Umid etarman mehr ila shafqat,
Qilgʻin tarahhum bu...
Tirik sayyoralar
Derazamdan tushgan tola nur
Somon yoʻli kabi tovlanur
* * *
Ey, men bilgan,
Bilmagan dunyo!
Zarradan to Koinot qadar,
Ham ayon, ham tilsimot qadar
Fikrat bovar qilmagan dunyo!
Men ham sendan
Bir...
Quyosh maskani
Ne baxt,
Quyoshiston taʼrifli diyor
Nurli peshonamga boʻlibdi nasib.
NIDO
Bagʻishlov
Hayqiraman,
Togʻlar bagʻridan
Gumburlagan sado keladi,
Ona-Yerning otash qaʼridan
“Oʻgʻlim!” degan nido keladi.
“Oʻgʻlim!”
Vujudimni chulgʻar alanga,
Boʻgʻzimga tiqilar hayajon.
– Mana men, oʻgʻlingiz,
Dardli olamga
Sizdan tanho...
Osmonning oxiri
Osmonning oxiri qayerda, dedim bir donishga. U miq etmadi.
Menga juda yoqdi bu javob.
Osmonning oxiri yoʻq, axir!
Irmoqning oxiri daryo. Daryoning oxiri dengiz. Osmonning esa oxiri...
Soʻzdan taqdir qurdim
* * *
U bogʻda sen qolding –
Daraxtlar bilan.
Qushlar bilan qolding. Tushlaring bilan...
Yuragingdan meni aylading barham,
Qandaydir beqaygʻu ishlaring bilan.
Begona mavzular suhbatida tang
Soʻzlaringda nega sheʼr yoʻq?...
“Eng avval onangga yaxshilik qilgil…”
OʻZBEK ONASI
Mushtipar ham oʻzing, buyuk ham oʻzing,
Kuyinchak ham oʻzing, kuyuk ham oʻzing.
Olamga tatirlik suyuk ham oʻzing,
Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi,
Ey, Oʻzbek onasi, Oʻzbek onasi.
Seni...
Onamga xat
Eshitdim, onajon, xafa emishsan,
Kechir, oylab senga yozolmadim xat.
Garchi muhabbatdan tilardim ehson,
Yorugʻ kunlarimga boʻlgandim ilhaq.
Yuzimga nafasing urilar iliq,
Ajib yorugʻlikka toʻlmoqda xona.
Suratim qoshida duolar qilib
Tagʻin yigʻladingmi,...
Zarbulmasal
Qancha ish boʻlsa bugun kechga ketar,
Sabr qilsang gʻoʻradin halvo bitar.
Yetishursen yiqilish paygʻomiga,
Bemahal chiqma birovni tomiga.
Ehtiyot etmakka kelmish ushbu pand,
Dar tavakkal zonui shutur biband.
Mulk haddidin...
Yana qaytib keldim…
* * *
GʻUNCHALAR PUSHTIRANG VA ZAʼFAR
Zangori yaproqlar shahrida.
Gʻunchalar orzumdek har safar,
Gʻunchalar qalbimning bagʻrida.
Qalbimning bagʻrida bir jahon
Gʻaroyib ertaklar aytadi.
Men qaytib kelmasman hech qachon,
Gʻunchalar, albatta, qaytadi.
1962
*...
Xayolimda boʻlding uzun kun
Xayolimda boʻlding uzun kun,
Seni izlab qirgʻoqqa bordim.
Och toʻlqinlar pishqirgan tunda,
Topib ber, deb, oyga yolvordim.
Ishon, bunda seni doimo
Esga solar chiroyli tunlar,
Shoʻx yulduzlar, salqin saharlar,
Esga solar...