“Yoʻqligingda seni himoya qiladigan narsalarning afzali – xulqlaringdir”

0
97
marta koʻrilgan.

Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan. 

 

*****

Agar muvaffaqiyatsiz boʻlishni istasang, hamma insonlarni rozi qilishga urin!

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Hamma bilan kamtarlik ila muomala qilaver. Chunki inson tabiati magʻrur va oʻzini katta oluvchilarni yoqtirmaydi.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Kamsitilgan, ranjigan xalqning axloqi yomonlashadi.

Ibn Xaldun rahimahulloh

*****

Yoʻqligingda seni himoya qiladigan narsalarning afzali – xulqlaringdir.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Shunday shaxslar borki, sendan oladigan foydalari tugasa, xabarlari ham, doʻstliklari ham tugaydi.

“Fikr durdonalari”

*****

Ikki narsa sening haqiqatingni belgilaydi:

  • Hech narsaga ega boʻlmagan paytingdagi sabring;
  • Hamma narsaga ega boʻlgan paytingdagi tasarrufing.

“Fikr durdonalari”

*****

Bola otasidan soʻrabdi: “Otajon, “erkak” nima degani?” “Erkak degani kuchli, farzandlari oldidagi masʼuliyatni his qiladigan, ularning ishlariga eʼtibor beradigan hamda ularning rohatda yashashi uchun oʻzi bedor boʻladigan insondir” deb javob beribdi otasi. Shunda bolakay: “U holda men ham onamga oʻxshagan “erkak” boʻlishni orzu qilaman” debdi.  

“Fikr durdonalari”

*****

Ikki kishi sening har bir ishlaringga koʻproq eʼtibor berishadi:

  • Seni qattiq sevadigan;
  • Senga qattiq hasad qiladigan.

“Fikr durdonalari”

*****

Quvvat – ogʻriqlaringni oyogʻing ostiga tashlab, sening yiqilishingni poylab turganlar oldidan tabassum bilan oʻtib ketishingdir.

“Fikr durdonalari”

*****

 

Internet materiallaridan toʻplab, tarjima qiluvchi

Nozimjon Iminjonov

 

muslim.uz

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.