“Yaqinlarning zarbasi xatarli boʻladi. Chunki u yaqin masofadan keladi”

0
63
marta koʻrilgan.

Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.

 

*****

Shafoat

Alloh taolo Qurʼoni Karimning Zuho surasida mana bunday deb marhamat qilgan:

وَلَسَوْفَ يُعْطِيكَ رَبُّكَ فَتَرْضَى

«Va tezda Robbing senga ato qiladir va sen rozi boʻlursan» (5-oyat).

Tasavvur qilyapsizmi, Alloh taolo Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga shunday neʼmatini ato qiladiki, bundan sevikli Habibimiz rozi boʻladilar.

Ey Robbim! Qiyomat kuni sevikli Rasulingga barchani shafoat qilish va shu sababli ummatlarini jannatga kiritish neʼmatini ato etib, u zot alayhissalomni rozi qilgin!

Bizni ham ana shu baxtiyor bandalar safida aylagin! 

*****

Habibimiz…

Otalarini koʻrmadilar.

Onalari esa, u kishi 6 yoshga yetganlarida vafot etdilar.

8 yoshga yetganlarida bobolaridan ayrildilar.

Tugʻishgan akalari yoʻq, faqat emikdoshlari bor.

Farzandlaridan 6 nafari oʻzlari tirik boʻlgan paytlarida, koʻz oldilarida vafot etishgan.

Bu zot tarixda oʻtgan ulugʻ insonlar ichidagi eng buyugi, olamlarga rahmat qilib yuborilgan Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamdirlar.

*****

Ey Robbim!

 Agar afving gunohlarni oʻchirsa, yaxshi koʻrishing qanaqa ekan!

Agar yaxshi koʻrishing qalblarni nurafshon etsa, muhabbating qanaqa ekan!

Agar muhabbating aqllarni dahshatga solsa, Senga yaqin boʻlish qanaqa ekan!

Agar Senga yaqin boʻlish gʻamlarni ketkazsa, karamli vajhingga nazar solish qanaqa ekan!

Ey Alloh! Albatta, biz Sendan afvingni, yaxshi koʻrishingni, muhabbatingni, Senga yaqin boʻlishni va karamli vajhingga nazar solishni soʻraymiz, omin!

*****

IYSOR

Yegingiz kelib turgan oshni oʻzingizdan-da muhtojroqqa bersangiz, oshni yegandagi lazzatdan koʻra koʻproq lazzatni tuyasiz. Buning ustiga yana savob ham olasiz.

Buning nomini iysor deyiladi. Iysor — boshqani oʻzidan ustun qoʻyib, oʻzi istab turgan narsani unga berishdir.

Bu qoʻli ochiqlikning eng yuqori koʻrinishidir.

Chunki saxovat — oʻzida koʻprogʻini qoldirib, ozrogʻini infoq qilishdir.

Juvd — oʻzida ozrogʻini qoldirib, koʻprogʻini infoq qilishdir.

Iysor esa — oʻzida qoldirmay, borini infoq qilishdir. 

*****

Abu Hozim rahimahulloh bozorda anor rastasining yonidan oʻtib qoldilar. Anorga biroz qarab turdilar-da, «Insha Alloh, sen bilan Jannatda koʻrishamiz» deb, yoʻllarida davom etdilar. 

***** 

ShUKR QILAYLIK!

«Issiq suv», «sovuq suv» deb suvni tanlayotgan paytimizda, shu suv degan neʼmatga muhtoj boʻlib yashayotgan koʻplab insonlar borligini unutmaylik!

***** 

Yaqinlarning zarbasi xatarli boʻladi. Chunki u yaqin masofadan keladi.

«Tarix muxrlagan soʻzlar»

***** 

Kishilar oʻz darajalariga qarab imtihonga uchraydilar. Kishi oʻz dini (taqvosi)ning miqdoriga qarab imtihon qilinadi.

Shayx Ibrohim Akkos

***** 

Hayotimdagi burilish, oʻzgarish nuqtasi — onam televizorni oʻchirib, berkitib qoʻyib, meni oʻqishga majbur qilgan kuni boʻldi.

Ben Karson,

Vrach, neyroxirurg

 

Internet materiallaridan toʻplab, tarjima qiluvchi

Nozimjon Iminjonov

 

muslim.uz

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.