“Yaqinlarning zarbasi oʻta xatarlidir. Chunki u yaqin masofadan keladi”

0
89
marta koʻrilgan.

Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.

 

*****

Avzoiy rahimahulloh shunday deganlar: «Agar birovni yomonlayotgan kishini koʻrsangiz, bilingki, u kishi «Men oʻsha odamdan yaxshiroqman» deyayotgan boʻladi».

*****

Xafaligingni onangdan yashir! Xursand boʻladigan boʻlsang, onangning oldida xursand boʻl! Chunki, sen tashvishingdan bir marta xafa boʻlsang, onang ming marta siqiladi. Yutuqlaringdan bir marta xursand boʻlsang, onang ming marta sevinadi.

*****

Imom Ahmad rahimahulloh shunday deganlar: «Oʻttiz yildan beri (ustozim) Shofeiyning haqqiga duo qilmasdan va uning uchun istigʻfor aytmasdan turib uyquga yotmadim».

«Al-Kalimut toyyib»

*****

Otalik vazifasini bajarish qoʻlidan kelmaydigan kimsaning uylanib, farzand koʻrishga haqqi yoʻq.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

 

*****

Yomon niyatli kimsalar, bir-birlarini yoqtirmasalar ham, hamjihat boʻlib, bir safda turadilar. Ammo yaxshilikka chorlovchi daʼvatchilar tarqoqdirlar. Mana shu ularning zaifliklari siridir.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Yaqinlarning zarbasi oʻta xatarlidir. Chunki u yaqin masofadan keladi.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Baxtli yashay desang, (tortishuv va ikkiyuzlamachilardan) uzoqroq yasha.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Fikrlash “kasalligi”ning davosi yoʻq. Hatto uxlayotganingda ham fikrlagan narsalaringni tushda koʻrib chiqasan.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Ularni rozi qilish uchun xarakteringni oʻzgartirma.

Ularni qiziqtirish uchun ovozingni oʻzgartirma.

Ularga mos boʻlish uchun asosingga zid ish qilma.

Ularni rozi qilish uchun sunʼiylashma.

Alloh taolo senga oʻzingga xos xarakter, ovoz, tuzilish bergan. Oʻzligingni yoʻqotma.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

 

 

Internet materiallaridan toʻplab, tarjima qiluvchi

Nozimjon Iminjonov

 

muslim.uz

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.