“Xoh hozir boʻlsin, xoh keyin, barcha odamlar qilgan ishlarining badalini toʻlaydilar”

0
126
marta koʻrilgan.

Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.

 

*****

Baʼzi faqirlarni bilaman. Ularning puldan boshqa narsalari yoʻq.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Shunday insonlar borki, xorijda taʼlim olishadi. Kasal boʻlishsa, xorijda davolanishadi. Sayohatga ham xorijga chiqishadi. Ularning yurt ichida qiladigan yagona ishlari – Vatanga xiyonat qilish, uning molini oʻgʻirlashdir.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Axloqning asosi – yolgʻondan butunlay tiyilishingdir.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

  • Katta aqllar fikrlar ustida tortishadi.
  • Oʻrtacha aqllar voqealar ustida tortishadi.
  • Mayda aqllar shaxslar ustida tortishadi.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Kim asossiz holda yashasa, sharafsiz holda oʻladi.

Anis Mansur

*****

Xoh hozir boʻlsin, xoh keyin, barcha odamlar qilgan ishlarining badalini toʻlaydilar.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Hatto muzdan pokroq va qordan tozaroq boʻlsang ham, chaqimchilikdan qochib qutulolmaysan.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Haqiqiy yuz deb oʻylab yurganlarimizning yuzlaridan niqobning tushishidan koʻra ogʻriqliroq narsa yoʻq.

Ibrohim Fiqiy

 

 

Internet materiallaridan toʻplab, tarjima qiluvchi

Nozimjon Iminjonov

 

muslim.uz

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.