Viqor

0
143
marta koʻrilgan.

Viqor deb kibr va gʻururdan, manmanlikdan oʻz nafsini saqlamakni aytilur. Viqor sharʼ va hikmat yuzasidan inson uchun eng kerakli yaxshi xulqlarning biridur. Viqorsiz odam eʼtiborsiz boyga, kibrli kishi illatli faqirga oʻxshaydur. Har kimning qadr va eʼtibori nafsining viqori ila oʻlchanur. Vuqur kishilar kibr va gʻururga aslo yaqin yurmaslar. Chunki gʻurur, manmanlik, takabburlik kishini xor, xalq orasida beeʼtibor qilur, har qancha ilm va davlat sohibi boʻlsa ham, bir pulcha qadr va qiymati boʻlmas. “Mani bilursanmi? Munday qilurman, unday saxovat qilurman”, – deb oʻzini-oʻzi maqtamoqlik, riyokorlik, zoʻr ayb va viqorsizlikdur.

Viqorli kishi yomon xulqlardan pok, adolatli, ishida, soʻzida toʻgʻri, shafqat va marhamatli, oʻz dindoshlariga xayrixoh, millat foydasiga tirtishuvchi, sof qalbli, arslon yurakli boʻlur. Hazrati Ali: “Vuqur kishi kibr va gʻururdan pok boʻlur. Viqor odamgar-chilikning madori, iftixori, insoniyatning homiyi eʼtiboridur. Lekin viqorning haqiqiy darajasiga yetmak uchun ilm va maʼrifat lozimdur”, – demishlar.

 

Afsus bu zamonda biz m eʼtibor yoʻq,

Yosh-u qarida gʻayrat-u, nomus-u or yoʻq.

Fisq-u fujur ila giriftor barcha jon,

Ilmi amalda bizda sabot, viqor yoʻq.

Oʻtmoqda umr hoyi havas birla bar havo,

Millat gʻamini oʻylagʻuvchi hushyor yoʻq.

 

Abdulla AVLONIY

 

“Turkiy Guliston yoxud axloq” kitobidan

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.