Vatanni suymak

0
627
marta koʻrilgan.

Vatan. Har bir kishining tugʻulub oʻskan shahar va mamlakatini shul kishining vatani deyilur. Har kim tugʻulgan, oʻsgan yerini jonidan ortiq suyar. Hatto bu vatan hissi-tuygʻusi hayvonlarda ham bor. Agar bir hayvon oʻz vatanidan – uyuridan ayrilsa, oʻz yeridagi kabi rohat-rohat yashamas, maishati talx boʻlub, har vaqt dilining bir goʻ shasida oʻz vatanining muhabbati turar.

Biz turkistonlilar oʻz vatanimizni jonimizdan ortiq suydigimiz kabi, arablar arabistonlarini, qumlik, issigʻ choʻllarini, eskimular shimol taraflarini, eng sovuq qor va muzlik yerlarini boshqa yerlardan ziyoda suyarlar. Agar suymasalar edi, havosi yaxshi, tiriklik oson yerlarga oʻz vatanlarin tashlab hijrat qilurlar edi.

Bobolarimiz “Kishi yurtida sulton boʻlguncha, oʻz yurtingda choʻpon boʻl”, – demishlar.

 

Men ayblik emas, ey vatanim, togʻlarim,

Bevaqt tashlab ketdim, oyo, bogʻlarim.

Hijron qilodur meni judoligʻ,

Doʻndi gʻama roʻz-u shab-u chogʻlarim.

 

Hammaga maʼlumdurki, eng muqaddas diniy yerimiz oʻlan Arabistonga bogʻlarini, hovlilarini sotub hijrat qilgan hojilarimizning aksari yana oʻz vatanlariga qaytub kelurlar. Buning sababi, yaʼni bularni tortib keturgan quvvat oʻz vatanlarining, tuproqlarining mehr-u mahabbatidur. Rasuli akram nabiyyi muhtaram sallollohu alayhi vasallam afandimiz: “Hubbul – vatani minal imoni – vatanni suymak imondandur”, – demishlar.

 

Vatan, vatan deya jonim tanimdan oʻlsa ravon,

Banga na gʻam, qolur avlodima uy-u vatanim.

Gʻubora doʻnsa gʻamim yoʻq vujud zeri vahm,

Charoki oʻz vatanim hokidur goʻr-u kafanim.

Tugʻub oʻsan yerim ushbu vatan vujudim xok,

Oʻlursa aslina rojeʼ boʻlurmi man gʻamnok?

 

Abdulla AVLONIY

 

“Turkiy Guliston yoxud axloq” kitobidan

Oldingi sahifaHaqqoniyat
Keyingi sahifaYoshlik
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.