Uch sovgʻa

0
212
marta koʻrilgan.

E. B. Vlasova

 

Salliy kollejda tahsil oladi. Biroq uning ham boshqa tengqurlari kabi puli koʻp emasdi. U oʻqiydigan kollej uyidan uzoq shaharda boʻlganligi uchun ham tejab sarf-xarajat qilishiga toʻgʻri kelardi. Shunday boʻlsa-da, Salliy onasining yaqinlashib kelayotgan tugʻilgan kuniga nima sovgʻa qilish haqida oʻylayotgandi. Uning nazarida sovgʻa ham yaxshi, ham foydali, lekin qimmat boʻlmasligi lozim edi.

Onasining tugʻilgan kunidan bir hafta oldin tushlik vaqti u kollej oshxonasiga kirdi. Har galgiday miriqib ovqatlanmadi. Sendvich va bir finjon qahva bilan cheklandi. Soʻng kollej yaqinidagi arzon soyabonlar doʻkoniga kirib, ixchamgina soyabon sotib oldi. Bu sovgʻa onasiga yoqishiga ishonardi, chunki onasi oldingi soyabonini yoʻqotib qoʻyganini bilardi. U qora soyabonni tanladi, chunki uni har qanday rangli kiyim bilan olib yurish mumkin.

Salliy uyga ketayotib ochiqqanini sezdi va soyabonni poyezd kupesida qoldirib bufetga yugurdi. Qaytganida esa soyabon joyida yoʻq edi. Salliy oʻzi bilan kupeda ketayotgan uch yoʻlovchiga boʻlgan voqeani tushuntirdi. Ular Salliyga hamdardlik bildirishdi va onasining manzilini soʻrashdi. Sababi, kimdir adashib olib ketgan boʻlsa va uni uchratib qolishsa, voqeani tushuntirib, manzilini unga berishlarini aytishdi. Har bir yoʻlovchi bola aytgan manzilni oʻzi uchun yozib oldi. Salliy oʻqishga qaytganining keyingi haftasida onasidan xat oldi. Xatda shunday deyilgan edi: “Ajoyib sovgʻa uchun rahmat, oʻgʻlim! Ammo menga nega uchta soyabon yubording?”

 

Ingliz tilidan

Gulchehra UBAYDULLAYEVA

tarjimasi

 

“Gulxan”dan olindi.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.