Toshlar

0
162
marta koʻrilgan.

Bir kishi bozordan poliz mahsulotlari sotib olibdi. Uyga kelib qarasa, sabzi-piyoz oʻrnida bir uyum tosh turgan emish. Savdogarlar chuv tushirgan ekan. Lekin u qaytib borib janjal koʻtarmabdi, indamay qoʻyaveribdi.

Oradan qirq yil oʻtibdi. Bir kuni boyagi odamning darvozasi taqillabdi. Chiqib qarasa, boʻsagʻada munkillagan chollar turgan emish.

– Assalomu alaykum, – gap boshlabdi ular. – Biz seni bir zamonlar aldagan edik, kechirim soʻragani keldik.

Bu soʻzni eshitgan kishi ularni quchoqlabdi va:

– Ha, u voqea esimda. Lekin men sizlarni oʻshandayoq kechirganman. Toshlarni esa, chuqurga tashlab yuborganman, – deb aytibdi.

– Biz esa ularni qirq yil yuragimizda olib yurdik, – de­yi­shibdi sobiq savdogarlar va birdan yengil tortishibdi.

 

Orif Tolib tayyorladi.

 

“Irfon” taqvimi (2015 yil 1-chorak)da chop etilgan.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.