Soqiynomalar

0
181
marta koʻrilgan.

Kel, ey soqiy, karam qil sogʻari may,
Halok boʻldim bu maxfilda may ichmay.
Ichib man ham qazay togʻi vujudim,
Yoʻqolsin nashʼa birlan boru budum.
Olib tesha qoʻlimga mast kirsam,
Ki togʻni qazmagʻin dodini bersam.
Meni ham shahid qil, e yori qobil,
Ki bir shisha halohilni yuborgil.
Ichib qilsam vujud togʻini barham,
Ochib joʻyi muhabbatni ogʻushsam.
Manga joʻyi muhabbat kelsa erdi,
Ki andin bogʻi dil sabz oʻlsa erdi.
Ochilsa necha rang gul bogʻi dildin,
Oqib koʻp chashma chiqsa togʻi dildin.
Oqilgʻon chashmadin ham el barisi,
Ichib shod oʻlsa yoshi ham qarisi.
Jahon bogʻini bul sarsabz qilsa,
Rango-rang necha rang sabza koʻkarsa.
Muni koʻrgʻon xaloyiq shod boʻlsa,
Kuduratdin hama ozod boʻlsa.
Ne boʻlgʻay koʻrsam erdi bogʻi ishqin,
Agarchi qazmasam ham togʻi ishqin.
Ichib jomi payo-payni boʻlub mast,
Desam zrdi necha soʻzlarni payvast.
Ochib mayxonai ishqing eshikin,
Ki andin bir surohi may yuborgil.
Bu Maxmur koʻp xumoriy, ertadin-kech,
Menga bir boqmading boʻldi na deb hech.

 

* * *

 

Kel, ey soqiy, mayi gulfom keltir,
Bahor ayyomi rangin jom keltir.
Ichib bir necha soʻzlarni deyin mast.
Sunib tur kosai zarrinni payvast.
Ichib may kirdilar soʻz gulshanigʻa,
Tushub bir necha ishqing gulxanigʻa.
Terib baʼzi guli maʼnini hadsiz,.
Kuyub kul boʻldilar baʼzi jigarrez.
Guli maʼni terib boʻldi Nizomiy,
Birisi Xusrav oʻldi, biri Jomiy.
Navoiydek chamanning bulbulin koʻr,
Kelib bul turki maʼni lazzatin soʻr.
Biri Majnun masal sahronavarddur,
Biri tesha qoʻlinda koʻhgarddur.
Biri axgar boʻlib kuymoq shiori,
Biri koʻz qoni toʻkmoq korubori.
Birini qildi kul bir dilbarosi,
Birin qon yigʻlatib bir oshnosi.
Biri laʼli mayi birlan etib mast,
Birini shahdi Shirin ayladi past.
Birin xokistar aylab otashi ishq,
Birin gʻarqobi xun etmoq ishi ishq.
Berib birigʻa ishqing doridan joy,
Aialhaq aytturub dor uzra hoy-hoy.
Biri charx urdi bozor ichra bilmay,
Biri behud oʻtib ketdi dam urmay.
Birini soʻzlatib minbar boshinda,
Biri maylik qadah gulhaq qoshinda.
Birigʻa ranji soʻzu dardu mehnat,
Biri shodu, biri tortarda kulfat.
Solib har qaysini bir shevaigʻa,
Namudor aylayub olam eligʻa.
Birin Layli qoʻlidin etti Majnun,

Birin Shirinidin aylab digargun.
Birin koʻr, ichdi Layli ilgidnn may,
Sunub Shirin birigʻa ichdi, hay-hay.
Totub har qatrasin men ham alardek,
Qiray soʻz byoshasiga sheri sherdek.
Vagarna kuldin ayla bistarimni,
Oʻchursin bodi ishq xtshstarimni.
Ochib ishqing daru darvozasini,
Ichur har lahza shahding tozasini.
Dilimgʻa soʻzu, dardu shoʻr bergʻil,
Oʻlimgʻa domani mansur bergʻil.
Bugun ahli xiraddin aylagil dur,
Muhabbatning mayidin ayla purshoʻr,
Deyin bozori ishq ichra analhaq,
Meni ham soʻysalardi kosh nohaq.
Karam qil garchi bir kelgan gadoman,
Bu gʻurbat shomi-la bir benavoman.
Halok etma necha andisha birlan,
Berib Shirin mayin ur tesha birlan.
Berib Layli mayin Majnunshior et,
Qoʻyib sahroi gʻamda xor-zor et.
Berib ul ikkisigʻa dilrabosin,
Etib ul ikki maftunni gadosi.
Vagarna bu ikki farzona erdi,
Qachon bu ikkisi devona erdi?
Agar har kimsaigʻa dilbaridin,
Totursa shakkarin Shirin mayidin,
Qachon boʻlmas balo dashtida Majnun,
Ki togʻi gʻamni qilmas ostun-ustun.
Qachon boʻlmas kishi Bahromi Goʻri,
Diloromidin ul topsa huzuri.
Qachon Vomiqcha boʻlmas har dilafkor,
Aning Uzrosi bir boqsa bayakbor.
Qachon har benavogʻa boqsa yori,
Tururmu etmayin yuz jon nisori.
Qachon chekmas kishi dilsoʻz ohi,
Anga boqsa parivash goh-gohi.
Qachon bul Maxmuri dilxasta mahzun,
Ichib may boʻlmadi sargashta majnun.

 

Maxmur KORIZIY

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.