Sohildagi kampir

0
303
marta koʻrilgan.

Oila dam olish kunini sohilda oʻtkazdi. Bolalar dengizda miriqib choʻmildi, qumda hammompish oʻynadi. Bir payt uzoqroqda shu tarafga qarab kelayotgan uvoqqina kampir koʻzga tashlandi. Kiyimlari kir, yirtiq-yamoq edi. U qumdan nimadir ajratib olib, xaltasiga solar, ora-sira bir narsalar deb toʻngʻillab qoʻyardi.

Ota-ona bolalarni chaqirib, kampirga yaqin yoʻlamaslik-larini tayinladi. Qariya oila turgan joy roʻparasiga keldi va ularga jilmayib qaradi. Lekin uning tabassumiga hech kim munosabat bildirmadi.

Oradan ancha vaqt oʻtgach, oila aʼzolari oʻsha kampir haqida bir gapni eshitishdi. Aytishlaricha, u butun oy-kunlarini shu sohilda oʻtkazar ekan. Bolalarning oyoqlarini tilib ketmasin deya shisha siniqlarini terib yurarkan.

 

Orif Tolib

“Irfon” taqvimi (2015 yil 1-chorak)da chop etilgan.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.