Sabr

0
176
marta koʻrilgan.

Sabr deb boshimizga kelgan balo va qazolarga chidamli boʻlmakni aytilur. Har bir ishda sabr va sovuqqonlik ila harakat qilmak lozimdur. Chunki boshimizga keladurgʻon balo va qazo, zahmat va mashaqqatlarning barchasi janobi Haqning irodasi ila oʻldigʻi uchun bulargʻa sabrsizlik qilgan kishilar ajr va savobdin quruq qolurlar. Sabr insonlar uchun buyuk bir fazilatdurki, janobi haq sobirlarni suyar. Qurʼoni karim ichida koʻp yerda sabrni, sobirlarni madh qilmishdur. Shariati islomiyada janobi Haq tarafidan kelgan balo va qazogʻa sabr qilmoq farzi ayndur.

Inson har bir ishni sabr va matonat ila yurutsa, maqsudiga tinch va rohatda borub yetar. Hamisha saodatda yashar.

 

Sekin borgan kishi maqsuda yetgay,

Shoshub besabrlar kaj yoʻlga ketgay.

Agar sabring boʻlsa nafsingga yoʻldosh.

Seni tavfiqi rabboniga eltgay.

 

Nafsini sabr ila rom qilgan kishi har ishda oshiqmay, ohista harakat qilur. Nafsini halokatdan, gʻururdan saqlar. Sabr shunday bir kuchli narsadurki, shahvatni iffatga, gʻazabni shijoatga, shiddatni hilmga, kattalikni tavozuʼga, yomonlikni yaxshilikgʻa aylandurmakgʻa quvvati yetar. Shul xususda soʻylanmish bir hadisi sharifning maʼnosi “ilm imonli kishilarning muhibi, hilm homiysi, aql

dalili, yaxshi amal sarmoyasi, muloyimat volidi, afv axavoni, sabr hokimi vijdonidur”, – deyilmish. Arablar: “Assabru miftohul-farah” – “sabr shodligʻning kalididur”, – deyurlar.

 

Sabr ila har mushkul ish zoyil boʻlur,

Sabr edan maqsudina noyil boʻlur.

Har kishida boʻlmasa sabri jamil,

Nafs koʻyina yurub soyil boʻlur.

Sabr qilsang, gʻoʻradan halvo bitar,

Sabrsizlar oʻz oyogʻidan yitar.

 

Abdulla AVLONIY

 

“Turkiy Guliston yoxud axloq” kitobidan

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.