Qoʻrigʻich – qoʻritqich

0
59
marta koʻrilgan.

Jubron Xalil JUBRON

 

Bir koʻni qoʻrigʻichdan soʻradim:

– Boʻm-boʻsh dala oʻrtasida serrayib turaverish, nahotki, sening joningga tegmagan boʻlsa?…

– Qargʻalarni qoʻrqitish – shunday cheksiz huzur-halovatki, shunday quvonchki, – javob berdi u, – bunday huzur hech qachon badga urmaydi.

– Haq soʻzlar, – quvvatladim uni va biroz oʻylanib davom etdim, – bunday zavq menga ham tanishday tuyuldi.

– Kimningki, ichiga somon tiqib qoʻygan boʻlsa, bunday zavqdan begona boʻlolmaydi, – deya mingʻilladi qoʻrigʻich.

– Oʻsha paytda qoʻrigʻich meni maʼqullamoqchi boʻldimi, bilolmay ketaverdim.

Oradan bir yil oʻtdi, qoʻrigʻich bu paytda faylasufga aylangan edi. Men yana bir gal qoʻrigʻich yonidan oʻtayotganimda uning shlyapasi ostida ikki qargʻa uya qurib olganini koʻrdim.

 

Baxtiyor SALOMOV tarjimasi

 

“Ijod olami”, 2017–6

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.