Qisqa hikoyalar

0
2030
marta koʻrilgan.

Ming toʻqqiz yuz saksoninchi yilning bahorida Buyuk Britaniya oliygohlarining birida yangi adabiy janr dunyoga keldi. Uning tashabbuskori “New Time” jurnalining bosh muharriri Stiv Moss edi. Gʻoyaning mazmuni shunday boʻldi.

Tamomila toʻliq shakl va mazmun bilan kim faqatgina yuzta soʻzdan foydalanib har jihatdan mukammal hikoya yoza oladi. Bu janrga nom ham berildi. Drabble. Maʼnosi – sachratish, sachratqi va shunga oʻxshash bir gap.

Oradan yetti yil oʻtib, bu shakl Birmingem universitetida adabiy tanlov darajasiga yetkazildi. Endi xuddi shu ishni ellik beshta soʻz bilan bajarish talab qilinar edi. Boshqa talablar oʻzgarmagani holda, hikoya tugal syujet, toʻla shakllangan personaj va kutilmagan yechimga ega boʻlmogʻi kerak edi. Keyinchalik Stiv Moss ana shu tanlovda qatnashgan hikoyalar asosida kitob chop ettirdi. Bu, albatta, adabiyotga tashna kishilar uchun yangilik boʻldi. U adabiyot ixlosmandlari orasida qoʻlma-qoʻl boʻlib ketdi.

 

Mark KOEN

“Baxtsiz hodisalar”

Rejinald Kuk Sesil Norvudga uylanmasdan oldin uch xotinini tuproqqa topshirgan edi.

– Baxtsiz tasodiflar, – dedi u endigina uylangan ayolga.

– Naqadar gʻamboda nihoya, – javob qildi Sesil. – Ular… boy xotinlarmidi?

– Nafaqat, chiroyli ham edilar, – dedi Rejinald.

Ularning asal oylari Alp togʻlarida oʻtgan edi.

Keyinchalik Sesil endigina turmushga chiqqan eriga shunday dedi:

– Bilasanmi, jonim, birinchi erim togʻda sodir boʻlgan baxtsiz hodisa tufayli halok boʻlgan.

– Naqadar gʻamboda gap, – deya javob qildi Jastin Marlou.

 

El Jey BARNETT

Qotillik ham reklamaga muhtoj

“Sarguzashtlarga tashna qalb, shamlar ogʻushida kechki ovqat qilish uchun oʻz mahbubasini izlaydi…”

Laura boʻlajak koʻngilxushlikdan sust ketib, titragancha dengiz sohilidagi koshona oldiga keldi. Qoʻngʻiroqni bosdi.

Darvoza ochiladi… Va… qaroqchilar oʻz qurboniga tashlanadi. Shamlar yonib turar edi.

– Bu oʻn toʻqqizinchisi, – qagʻilladi Lukretsiya va Lauraning boʻyogʻida lablariga zeb bera boshladi. – Ular mening yangi kuylagimni koʻrib eslari ogʻib qoladi!

“Nihoyatda bashang bir jonon sarguzashtlarga oʻch oʻktam yigitni izlamoqda…”

 

Rus tilidan

Mahmud BOʻRON

tarjimasi

 

“Oila davrasida”dan olindi.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.