“Pul bilan sotib olib boʻlmaydigan narsaga ega boʻlsanggina boy hisoblanasan”

0
152
marta koʻrilgan.

Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.

 

***** 

Uzoqlikning eng dahshatli turi Robbingdan uzoq boʻlishingdir. Vaholanki, U Zot:

وَنَحْنُ أَقْرَبُ إِلَيْهِ مِنْ حَبْلِ الْوَرِيدِ

Va Biz unga jon tomiridan ham yaqinmiz degan. 

***** 

Fursatni qoʻldan bermaylik!

Farzandingizga boshqa birov Fotiha surasini sizdan oldin yodlatib qoʻyishiga imkon bermang. Axir u umr boʻyi ushbu surani tilovat qilib namoz oʻqiydi.

Shayx Shaʼroviy rahimahulloh

Yaʼni bir umr oʻqiladigan surani boshqa kishi yodlatib, bir umrlik savobdan quruq qolmang! 

***** 

Ey Alloh! Meni uch narsadan uzoqlashtirma:

  • Namozimdan.
  • Ota-onamning roziligidan.
  • Yaxshi koʻrganimdan.

Shayx Shaʼroviy rahimahulloh 

***** 

Pul bilan sotib olib boʻlmaydigan narsaga ega boʻlsanggina boy hisoblanasan.

Tarix muxrlagan soʻzlar 

***** 

Agar moddiy narsalar maʼnaviy narsalardan koʻra ahamiyatliroq boʻlganida, jasad yerga koʻmilmagan, ruh esa osmonga koʻtarilmagan boʻlardi.

Doktor Mustafo Mahmud

 

 

Internet materiallaridan toʻplab, tarjima qiluvchi

Nozimjon Iminjonov

 

muslim.uz

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.