Oppoqxoʻja akaning bogʻi

0
125
marta koʻrilgan.

Sijjakda Oppoqxoʻja aka degan qadrdonimiz boʻlardi (oxirati obod boʻlsin). Nihoyatda bagʻrikeng, shirinsoʻz odam edi. Domla Bahodir Gʻulomov, Abdugʻafur Rasulov, men deyarli har yili yoz payti dam olishga chiqar, kunduzi Chorvoqda choʻmilib, hafta – oʻn kun Oppoqxoʻja akaning bogʻida yotib dam olar edik. Eng quvonchlisi – bogʻda bulbul bor edi. Tong otar-otmas xonish qilar, biz bulbulning sayrashiga mahliyo boʻlib orom olardik…

Bir safar dam olishga kechikibroq – yozning oʻrtalarida bordik. Bu safar negadir bulbul sayramadi. Tong otgach Oppoqxoʻja akadan soʻradim:

– Bulbul ketib qoldimi?

– Yoʻq, – dedi Oppoqxoʻja aka. – Bulbul bor. Ammo endi sayramaydi: bola ochdi.

Uzoq oʻyga toldim. Allohning qudratini qarang, faqat insonga emas, oddiy parrandaga ham shuncha mehr bergan ekan…

 

Oʻtkir HOSHIMOV

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.