Oʻn dinorlik boltani olib ketmaydimi?!

0
91
marta koʻrilgan.

Bir sodda odam har kecha boltasini omborxonaga yashirib, eshigini qulflab qoʻyar ekan. Xotini undan soʻrabdi:

– Nega doim boltani omborxonaga eltib qoʻyasiz?

– Mushuk olib ketmasin deb berkitib qoʻyaman-da, – debdi eri.

– Mushuk boltani nima qiladi?

– E nodon, bir chaqaga arzimaydigan oʻpkani olib ketadiyu oʻn dinorlik boltani olib ketmaydimi?! – debdi sodda kishi.

 

Ubayd Zokoniy

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.