Oʻlsam oʻla qolay dedim…

0
164
marta koʻrilgan.

Bir sodda kishi ustaga shogird tushibdi. Bir kuni usta bir kosada asal keltirib doʻkonga qoʻyibdiyu oʻzi bir ish bilan chiqib keta turib, shogirdiga:

– Bu kosadagi narsa zahar, tagʻin yeb qoʻymagin, oʻlib qolasan-a, – debdi.

– Yoʻq-e, yeb nima qilaman uni, – debdi shogird.

Usta ketgandan keyin shogird doʻkondagi laxtaklarni sotib, non olibdiyu oʻsha non bilan asalni bir toʻyganim – chala boy boʻlganim, deb paqqos tushiribdi.

Usta qaytib kelib, laxtaklarni soʻrasa, shogird shunday debdi:

– Jon usta, meni urmang, rostini aytaman. Siz ketgach, oʻgʻri meni gʻaflatda qoldirib, laxtaklarni oʻgʻirlab ketibdi. Kelsangiz albatta meni urarsiz deb qoʻrqib, bor, oʻlsam oʻla qolay dedim-da, oʻsha kosadagi zaharning hammasini yeb qoʻydim. Lekin hanuz oʻlganim yoʻq. Endi nima qilsangiz oʻzingiz bilasiz.

 

Ubayd Zokoniyning “Dilkusho hikoyatlar” asaridan

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.