Olis yulduzlar

0
338
marta koʻrilgan.

Tun qoʻynidagi yakka-yolgʻiz, ovloq shiypon. Bir yogʻi dalaga tutash. Bir yogʻida oʻttiz qadamcha naridan changalzor boshlanadi. Changalzor tugagan yerda, allaqayda daryo shovullaydi. Osmon vijir-vijir yulduz. Fonusning xira yorugʻida ayvonchada yotgan qizlar elas-elas koʻzga chalinadi.

“Shohsanam” nomli qissamdan

 

Uyquni buncha yaxshi koʻrishmasa bular?! Boshlari bolishga tegdimi, qotishadi-qolishadi. Munnay gap-gap qilib yotishmaydiyam. Mayli gaplashishmasin, lekin osmonga tsrmulib, maza qilib xayol surishsa boʻladi-ku?!. Ha, bir hisobda shunisiyam maʼqul, xalal berishmaydi. Bir oʻzginam jimgina tikilib – gaplashib yotaman yulduzchalar bilan.

Shu, anchadan beri bitta narsa miyamdan ketmaydi. Bularga aytay deymanu, kulishadimi, deb oʻzimni tiyaman. Rost-da, oʻzi kulguliroq bir oz… Oʻzimcha deyman: yulduzlar balandda, judayam balandda, hamma yerdan koʻrinib turishadi. Shunaqa boʻlgach, hozir anovi urush boʻlayotgan joylardagilar ham koʻrib turgandir. Ulargayam bizga oʻxshab kechalari dam berishar. Shunda ular ham okopdami, chayladami, yoki shuiday keng dala oʻrtasidami (ishqilibda), chalqancha tushib olib, yulduzlarga tikilib yotishar… Ajoyib-da! U yoqda ular, bu yoqda bizlar – bir paytning oʻzida bitta narsani koʻrib turishimiz mumkin.

Miyamga oʻrnashib qolgan narsa shuki, bitta yulduzni, masalan, Maʼmura opam tanlasalar, keyin Mahmud akaga xat yozsalar: falonchi yulduz bizning baxt yulduzimiz, falon paytda unga tikilib gapingizni ayting. Men bu yoqda turib quloq solaman, desalar… Agar chinakamiga ixlos bilan quloq solsa, eshitsa boʻladi. Mana, men eshitaman ham, gaplashaman ham. Lekin, opalarimga aytay deymanu kulishadimi, deb qoʻrqaman. Qoʻrqishimning boshqa bir sababiyam bor-da…

Aytmoqchi, tanlagan yulduzim haqida hali Joʻra akaga yozib yuborolganim yoʻq. Chunki, xat uzilib qolgan. Mana, oʻn bir oyni yuz koʻryapti. Oʻn bir oy-a!.. Ishqilib, tinchlik boʻlsin-da. Xat keldi deguncha, albatta yozib yuboraman. Joʻra akamga maʼqul boʻladi. Chunki, judayam yorugʻ, chiroyli yulduz. Hozircha u osmonda yoʻq. Hali tongga yaqin koʻrinadi. Hov togʻning tepasida charaqlab turadi.

Uni tanlashim qiziq boʻlgan. Tunov kuni birgad bobomiz, “azamatlar, polvonlar”, deb bizni uygʻotib, dalaga boshlab ketdi. Borib bugʻdoy oʻroqqa tushdik. Hech uyqum ochilmaydi, munkib-munkib ketaman. Qorongʻuda turtinib-surtinib, chalgʻi uraman. Yaxshiyam, bugʻdoyga qoʻshib qoʻl-poʻlimni kesib olmaganim.

Bizdan oldinroqda bugʻdoy oralab Jabbor amaki ovoz berib turibdi. Qoʻrqishmasin, deydi-da.

Ha, azamatlarim, kelaveringlar. Mana men bu yoqdaman. Birinchi marra mana shu yer. Keyin dam olamiz. Ha, gaplashib, gangir-gungir qilib oʻringlar, uyqu qochadi. Balli-balli azamatlarim. Meni askarlarim, yashanglar!..

Harchand urinmayin, uyquning karaxtligi ketmasdi. Qoʻlim ishdayu, miyamda allanarsalar aylanishadi, tik oyoqda turgancha tush koʻrib ketayotgandayman. Bir mahal orqamdan birov chaqirdi.

– Mohira!

Alanglab orqa-oldimga qarab oldim. Hech kim yoʻq. Birgad bobo oldinlab ketgan qizlar bilan gaplashib turibdi. Tavba!.. Uyqum oʻchib, sergak tortdim. Qoʻrqa-pisa qad rostlab, yana orqamga qaradim. Koʻzim hech bir qorani ilgʻamadi. Menga shunday tuyuldi-yov, deb koʻksimga “tuf-tuf”lab qoʻydim. Va shu payt olisda, togʻning tepasida charaqlab turgan yop-yorugʻ yulduzga koʻzim tushdi. Osmonda boshqa unaqa yulduz yoʻq edi. Buncha chiroyli boʻlmasa! Chaqnaydi-ya!.. Yoʻq, u jovdirab turardi. Mening ahvolimga achinib, ezilib, lekin ilojsizlikdan ne qilarini bilmay, jovdirab-moʻltirab turardi. Sekin tizzamga choʻkdim, qoʻl-oyogʻimdan majol ketgandi. Chunki, men Joʻra akamni koʻrib turardim…

– Mohira, ozgina chida, hammasi oʻtib ketadi. Hali borsam, qoʻlingni sovuq suvga urdirmayman. Koʻrasan, shunday kunlarga yetamiz hali! – derdi u shivirlagan ovozda.

– Mohira qizim, senmisan? – shundoq tepamda Jabbor amaki turardi. – Nima qildi? Qoʻlingni kesib olmadingmi, ishqilib?..

– Yoʻq, birgad bobo, kesganim yoʻq, yaxshiman!

– Ha, baraka top, qizim, gʻayrat qil. Opalaringga yetib ol!

– Xoʻp, amaki, hozir yetib olaman!

Balli, balli qizim!

oʻayrat bilan, zavq-shavq bilan oʻrimga tushib ketdim. Uyqum butkul oʻchgan, tanam qushday yengil, dilim shunchalik ravshan tortib borardiki…

Mana, oʻsha kundan beri qancha kech yotsam hamki, birgad bobo ovoz berishi bilan sapchib turaman. Turishim bilan koʻzim dastavval oʻsha chaqnoq yulduzga tushadi. Salom beraman.

– Assalom, Joʻra aka, – deyman.

Soʻngra shapir-shupur yuzimni chayib olaman-da, uyqu shirinlik qilib gʻingshib yotganlarni chimchilab, qitiqlab uygʻotishga kirishib ketaman. Ortimda esa Joʻra akam zavqlanib, kulimsirab turaveradi.

Borib oʻroqqa tushamiz. Qorongʻulikka koʻz koʻnik-kuncha timirskilanib, ishimiz yurishmayroq turadi. Bu paytda Joʻra aka xomushlanib, jovdirab, meni yupatishga urinadi.

– Mohiginam, seni qanday kunlarga qoldirib
keldim. Meni kechir. Hali koʻrmaganday boʻlib ketasan. Ozgina sabr qilsang boʻldi…

– Joʻra aka, siz hecham parvo qilmaig, – deyman ich-ichimdan xitob qilib, – men qiynalganim yoʻq. Qaytaga bu yer menga yoqyapti. Dalada, shiyponda yotish maza ekan. Eng yaxshi tomoni – qulogʻim oybiyimning* gʻish-gʻishalaridan ancha tinchib qoldi. Siz doim xafa boʻlib, kuyinib yurardingiz-ku, seni oʻgay onangning qoʻlidan qutqarishim kerak, deb… Bu yerda hammadan kichigi menman, erkatoyman. Qoʻlim ishdayu, xayolimda Joʻra akam bilan mazza qilib gaplashib ketaveraman.

Xullas, gaplarim koʻp-ku, lekin hammasi ichimda qop ketyapti-da. Opalarimga aytay desam, aytib boʻlmaydigan gaplar bari. Notoʻgʻri tushunishlari mumkin… Eh, yana bir pas gaplashib yotishsa boʻlardi, hali vaqt erta edi.

– Hanifa opa, Hanifa opa!..

– Hm…

– Uxlayapsizmi?

– Ha, uxlayapman, uxlab qolganman.

– E, oʻling-e, – deb kulib yubordim. – Pishakchaga oʻxshab pish-pish uxlaysiz.

– Nima qilay?..

– Bilmasam. Meni uyqum kelmayapti. Toʻgʻrisini aytsam, qoʻrqayapman. Bir oʻzim qop ketgandan keyin odam qoʻrqadi-da. Hammalaring tosh qotib qopsizlar…

– Koʻzingdi chippa yumib yotaversang, senam uxlaysan.

– Boʻlmayapti, uyqum qochib ketdi.

– Xoʻp, men nima qilay? – dedi Hanifa opa koʻzini uqalab, oʻrniga turib oʻtirarkan.

– Men hammalaringdan kichkinaman, shundaymi? – dedim erkalanib. Shuning uchun, meni allalab, e, yoʻq, aldab, u yoq bu yoqdan gapirib uxlatishlaringiz kerak. Keyin oʻzingiz uxlaysiz…

– Yoqmay qolsin. Hay mayli, nimani gapiray?..
Oʻzingiz bilasiz… Ha, menga qarang, – dedim birdan jonlanib. Maʼmura opaning yaxshi koʻrganlari, bilasizmi, kim ekan?

Nima? – opamning koʻzlari yarq etib ochilib ketdi.

Haligi bor-u, Maqsad momo, oʻsha kishining oʻgʻillari Mahmud aka ekan.

– Voy, sekin, sekin, – dedi Hanifa opa hovliqib.

– E, allaqachon hammasi uxlab qoldi, – dedim beparvo.

– Aytib boʻladimi? – durrachasini toʻgʻirlagan boʻlib, qator tizilib yetgan qizlarga koʻz tashlab oldi-da, sekin shipshidi.

– Xoʻp, ayt-chi, qayoqdan bilaqolding?

– Bilaman-da. Men siznikini ham bilaman.

– Voy, oʻlaqolgin, biyroncha, menikiyam bor

ekanmi?

Hanifa opam endi birov eshitib qolishini ham oʻylamay, bemalol joylashib oʻtirib oldi.

– Bilaman emish?! Xoʻp, bilsang bir boshidan
ayt-chi.

– Ho, urasiz-da…

– Tentak qiz, seni urarkanmanmi?!

– Hanifa opa, oʻsha Mahmud akani men yaxshi eslolmayman, juda chiroyli edi deyishadi-ya? Urushga ketayotganida oʻn yetti yoshda ekan-a bor-yoʻgʻi.

– Ha, niholdekkina edi, – dedi Hanifa opa
oʻychan tortib. – Endigina moʻylovi sabza urib kelayotgandi.

Oʻrnimdan chaqqon turdim-da, opamning qarshisiga kelib, jimitdaygina boʻlib oʻtirib oldim.

– Hozir endi basavlat yigit boʻp ketgandir-a?

– Voy, qiz qoziyey, – dedi opam zavqlanib
ketib, – ha-da, kap-katta yigit boʻp qolgandir. Necha yil oʻtib ketdi. Ishqilib, eson-omon qaytib kelsinda. Bir gap boʻlsa, Maʼmura ado boʻladi-ya…

Xuddi sovqotganday etim bir junjikib oldi.

– E, qoʻysangiz-chi, yaxshi niyat qiling, opa.

– Ha, ha, toʻgʻri aytasan…

– Hanifa opa, – dedim gapimiz qovushayotganidan tetiklanib, – oʻsha Mahmud akani yolgʻiz onasidan boshqa hech kimi yoʻq ekan-a, rostmi shu gap?

– Ha, rost… Shoʻrlik momoga yolgʻiz tirnoq.
Momoning eri quloq qilingan. Momo oʻgʻli bilan
hov anovi togʻning etagidan kelib kolishgan. Aytmoqchi, bitta qizi ham boʻlgan. Keyin bezgakdan oʻlgan. Bir kuni, qish payti boʻlgan. Daladan, qor tagidan gʻoʻzapoya yulib kelgan bir bogʻ. Kelganu, bezgak tutib, sandalda isitmalab yotib oʻlib qolgan. Maqsad momo qizi olib kelgan oʻsha bir bogʻ gʻoʻzapoyani haligacha ayvoni shiftida asrar emish. Oʻsha gʻoʻzapoyaga qarab-chi, xumorbosti boʻlarmish.

– Voy, shoʻrlikkina momo-yey!.. – bu gapni birinchi eshitishim edi, Maqsad momoga ichim achigandan achib ketdi. – Bilasizmi, Hanifa opa, men nimani oʻylayman. Maqsad momo hovlisida yolgʻiz oʻzi-ya, Maʼmura opa borib aytsa, mana shunaqa, shunaqa, men siz bilan birga yashayman, desa…

– E, qizaloq, – dedi Hanifa opa xoʻrsinib, – senga qolsa, hammasi oson. Maʼmuraning aqli yetmaydimi shunga! Rahmi kelmaydi, deysanmi! Shoʻrlik momoni koʻrganda uchib-qoʻnishlarini koʻrsang edi. Xayol qilsaki, yugurib borib quchib, oʻpib olsa. Yugurib-yelib xizmatini qilsa!.. Lekin bu mardum qoʻyarmidi?! Doston qilib yuboradi-ku!..

– E, men boʻlganimda sira oʻylab oʻtirmasdim. Gapirishsa gapiraverishsin. Momoni yolgʻiz qoldirmasdim…

Hanifa opa, Maqsad momoning oʻzlari biladilarmi?..

– Bilmasa kerak, – dedi Hanifa opa ikkilanibroq, – bilganida…

– Ha, bilganida har tugul koʻcha-koʻyda koʻzi
tushib tursa oʻgʻlini koʻrganday boʻlardi-da, – dedim doiolik qilib.

– Oʻzing mushtdakkina boʻlsangam koʻp balolarga aqling yetadi-ya, – dedi opam mehr bilan tikilib.

– Hanifa opa…

– Hm…

Soʻrashning fursati yetgandiyu jurʼatim yetmayroq turardi. Shuning uchun sirligina qilib, jim turavsrdim.

– Ha, biyroncha, yana bir narsa soʻramoqchimisan?.. – Oʻzingiz aytasizmi… yo oʻzim aytayinmi deb oʻylab
turibman-da.

– Nimani aytishim kerak, qizgina?

Oʻzingizni goʻllikka solmang, – dedim salmoqlab, yaxshi bilib turibsiz. Men oʻzim hammasini bilamanu, shu, oʻzingizdi ogʻzingizdan eshitgim kelyapti-da.

– Sen jinni boʻp qopsan…

– Aytmaysiz-a, Hanifa opa, – deb atay ovozimni balandlatdim.

– Voy, sekin, sekin… Uygʻotib yuborasan-ku hammani!

– Aytasiz-a?

– Qiziqsan-a, Mohi, bu har kimga aytadigan gapmi!

– Voy, opa-a, men har kim boʻpmanmi? Arazlagan boʻlib, toʻp etib oʻzimni toʻshakka otdim-da, boshimni burkab oldim. Opam arazimga ishondi, sekin yonimga yonboshlab, bir pas jim yotdida, keyin yupatgan boʻlib asta gan boshladi.

– Mohira, men unaqa demoqchi emasdimu, tushungin-da. Bunaqa gapni koʻngilda asragan yaxshida… Aytib boʻladimi, qizlardan birortasi uygʻoq boʻlsa yoki Safar eshitib qolsa, ertaga ukamning yuziga qanday qarayman. Otamga aytib bersa-chi…

– E, vahima qilmang-e, opa, – deb yubordim
arazimni bir pasda unutib, boshimni koʻrpadan chiqarib olarkanman. – Buni hech yomon yeri yoʻq-ku. Baribir erta-indin, Xudo xohlasa, urush tugaydi. Yigitlar qaytib keladi. Keyin toʻy qilamiz. Hamma bilib oladi-ku baribir.

– Unda boshqa gap, singilcham, – dedi Hanifa opam shiyponcha shiftiga koʻz tikkancha.

Ikkimiz ham xayolga berilib, bir pas jim yotdik. Yengil shabada yuzlarimizni siypab oʻtdi. Changalzor ortidan daryoning shovullagani elas-elas eshitila boshladi. Qishloq tarafdan itlarning yakkamdukkam akillagani kelardi.

Hapifa opam ohista xirgoyi boshladi.

Boshimdagi roʻmolim, chaman ichra,

Gul shoxiga ilindi, chamai ichra.

Kimni tutar uvolim, chaman ichra, bog ichra,

Yolgizligim biliidi, chamai ichra…

Opam bir pas jim qoldi-da, xoʻrsindi. Mening tomogʻimga allanima qadalib dimogʻim kuyushganday. boʻldi. Koʻzlarimga duv yosh quyilib keldi. Darhol teskari oʻgrilib olib, koʻzyoshlarimni artdim. Qult etib yutindim.

– Mohi, senga nima boʻldi, yigʻlayapsanmi?.. – dedi opam kiftimdan sekin tutib oʻziga qaratarkan.

– Yoʻ-oʻq, – dedimu toʻliqsinib turganimni sezdirib qoʻydim. Keyin ochigʻiga koʻchdim. – Opa, siz ashula aytsangiz, mana shu yerimga bir narsa qadalib, nafasim qaytib ketaveradi. Yigʻlagim keladi.

Opam birdan tetiklandi.

– Voy, yigʻlaging kelsa, aytmayman.

– Yoʻq, aytavering, yaxshi koʻrganimdan shunday boʻladi-da, opa, – dedim tizzalab oʻtirib olib. – Keyin nimagadir rahmatli ayam esimga tushib ketaveradi.

Hanifa opa, qarang, xuddi kechagina boʻlib oʻtganday hammasi. Lekin, sal kam yetti yil oʻtib ketibdi oradan.

– Oʻlding – oʻchding degani shu-da, Mohi, – dedi u sekin uf tortib. Keyin ohista oʻrniga turib oʻtirdi.

– Oʻsha kuni ayam rahmatli ikki tandir non yopdilar. Toʻrtovimizni ham choʻmiltirdilar. Meni sochimni oʻrib, jiyda poʻpagimni taqib qoʻydilar.
Sochimni oʻrayotib, oʻzlaridan oʻzlari, qizim, bu safar boshingni yuvsang, sochingni kim oʻrib qoʻyarkin-a, dedilar. Nimaga unaqa deyapsiz, aya, dedim hayron boʻlib. Oʻzim aytayapman-da, dedilar. Keyin nasihat qildilar. Qizim, endi katta boʻp qolding. Oʻnga kirding, songa kirding, deyishadi. Ukalaringga bosh boʻl. Urma, urishma. Mehribon boʻlgin, dedilar. Ertasi kun ertalab uygʻonsam, chaqaloq qilibdilar. Keyin gaplashib oʻtirib… Hech oʻladiganga oʻxshamasdilar. Chaqaloqni emizdilar. Keyin hammamizni chaqirib, koʻrsatdilar. Mana Bashoratoy, kenjatoylaringiz, uni xafa qilmasdan, katta qilasizlar, dedilar. Keyin, mayli endi borib oʻynanglar dedilar. Ukalarim oʻynagani chiqib ketishdi. Meni sira chiqqim kelmasdi. Xolam yonlarida bosh solib oʻtirardilar. U kishiga aytdilarki, Muyassarxon, borib, Eshon akangizni chaqirib qoʻyasizmi, dedilar. Dadam yonlariga kelib oʻtirishlari bilan, ayam menga qaradilar-da, Mohira qizim, hovlini supurdingmi, dedilar. Supurdim, dedim. Oʻchoqni kulini oldingmi, dedilar. Hozir olaman, dedim. Boraqol boʻlmasa, qizim, shu ishlaringni qil, hozir mehmonlar keladi, koʻp mehmon, ayb qilib oʻtirishmasin tagʻin, dedilar. Xoʻp, dedimu baribir oʻtiraverdim. Xuddi tashqariga chiqishim bilan bir narsa boʻladiganday tuyulardi. Oxiri dadam boshlari bilan ishora qilganlaridan keyin, oʻrnimdan turdim. Tashqariga chiqdimu, baribir eshik oldidan nari ketolmadim. Ayamning gaplari aniq-tiniq eshitilib turardi.

– Bolalarni sizga, sizni Xudoga topshirdim, dadasi, rozi boʻling, – dedilar ayam. Dod deb baqirgim keladiyu, ovozim chiqmaydi. Hayal oʻtmay dadam bechora baqirib yubordilar.

– Koʻzingni och, Musharraf!..

Bir pasda qiy-chuv boʻlib ketdi. Ichkariga otilib kirdim. Qarasam, hamma oʻzini yoʻqotgan, dovdiragan. Faqat dadam boshlarini egib, jimgina oʻtiribdilar. Ayam boʻlsa, u kishining qoʻllarini ushlagancha, uxlab yotibdilar.

…Hikoyamni davom ettirolmay, oʻrnimdan turib ketdim. Miltirab turgan fonus tagidagi chelakdan bir piyola suv ichib, nafasimni rostlab oldim-da, oʻrnimga kelib oʻtirdim. Bu orada Hanifa opam ham koʻzyoshlarini artib, oʻziga kelib oldi. Ha, shoʻrlikkina-ya, deb qoʻydi astagina.

– Bilasizmi, men baribir noshud ekanman-da, – dedim alam bilan. Ayamning vasiyatlarini bajara olmadim. Koʻrdingiz-ku, oldinma-ketin uchta ukamni topshirdik.

– Unaqa dema, singilcham, – dedi Hanifa opa siniq ovozda. – Bu sening qoʻlingdagi narsa emas, taqdir. Umrlari qisqa ekan. Endi Umarjon katta boʻlsin, ishqilib.

– Aytganingiz kelsin, kecha-kunduz Xudoyimga yolvoraman, men oʻlib ketsam oʻlib ketay, Umarjonga umr bergin, deyman.

– Voy, Mohi, niyatni butun tilasang-chi. U nima deganing, sanam omon boʻl, ukang ham katta boʻlsin. Oʻlib ketganing bilan yer toʻyarmidi?!

– Toʻgʻri aytasiz, opa, qoʻrqqanimdan shunaqa deyman-da. Bir kuni shu Umarjoningiz yuragimni yordi-da. Ikkovimiz ishkom tagidagi chorpoyada yotibmiz. Oʻshanda qishloqqa boʻri oralab, qoʻylarni yorib ketgandi. Esingizdami, oʻtgan yili shu paytlar edida. Vahimada yotib-turardik. Shu desangiz, yarim kechada turibmanu, uyqusirab, bilmayman nima xayolda, Umarjonni yaxshilab toʻshakka oʻrabman. Keyin oʻrnimdan turib, uni rosa qidiribman. Molxonayu qoʻyxona, bostirmalar tagini titkilab chiqibman. Oxiri yigʻlab, dadamlar yotgan uyga kiribman. Turinglar, Umarjonni boʻri obketibdi, hech yerda yoʻq, debman. Dadam bechora miltiq koʻtarib, oybiyim fonus koʻtarib, qidirishga tushishdi. Buta bormi, changalmi, taglarini qarab, ariq-zovurlargacha tushib, rosa izlashdi. Men izillab yigʻlagancha orqalarida yuraverdim. Oxiri charchab, eidi ertaga yorugʻda qidiramiz, boʻlgancha boʻldi, deb orqaga qaytishdi. Men boʻlsam, yana izlaylik, deb yigʻlayman.

Oybiyim kelib, haligi biz yotadigan chorgyuyaga oʻtirdi-da, biran baqirib yubordi. Mana-ku, deb. Kelib qarasam, Umarjon maza qilib, hech narsadan bexabar uxlab yotibdi. Oybiyim boplab shapaloq tushirdiki, koʻzlarimning olovi chiqib ketdi.

– Voy, berahmey, – dedi Hanifa opa boshini saraklatib.

Men kuldim.

– Bilasizmi, oybiyimni juda qattol deb oʻylashadi. Lekin unaqa emaslar. Koʻp urishadi, qargʻaydi, toʻgʻri, lekin hecham urmaydi. Urgani faqat oʻsha boʻlgan. Ungayam oʻzim aybdor edim-da… Bilasizmi, nimaga urmaydilar, qoʻrqadilar. Sizlarni urib boʻlmaydi, oqsuyaksizlar, deydilar. Oʻsha bir shapaloq urgʻanidayam, qoʻllari bir iyecha kun yelkasi aralash qaqshab yurgan ekan… Koʻp gapirib yubordim-a?.. Hanifa opa uyqungiz kep ketgandir-a?..

– Yoʻgʻ-e, qaytaga uyqum uchib ketdi.

– Bilasizmi, ayam rahmatli haligi qoʻshiqni yaxshi koʻrardilar. Hech kim yoʻkligida, bichish-tikish qilib oʻtirib, xirgoyi qilardilar doim…

 

Hanifa opa ikkimiz toʻshakka uzala tushib, xayol surib yotibmiz. Lekin, meni sirayam uyqum kelmasdi.

– Bitta narsa aytsam, kulmaysizmi, Hanifa opa?! – deya gap qotdim oʻzimni tiyolmay.

– Kulmayman, aytaver, – dedi opam bechora raʼyimni qaytarmay.

– Har bitta odamni oʻz yulduzi boʻladi, deyishadi-ya?

– Shunaqa deyishadi. Odam oʻlsa yulduzi ham soʻnarmish yoki teskarisimi, yulduzi soʻnsa odam oʻlarmishmi, ishqilib…

– E, oʻlimni gapirmange, opa, ha, eshiging-da, men aytamanki, har bitta odamda bittadan emas, har ikkita odamda bitta yulduz boʻladi.

– U nima deganing?..

– Ikki kishi, masalan, Maʼmura opam bilan Mahmud akaning bitta yulduzi bor. Baxt yulduzi.

– Voy zumrashaye, – Hanifa opa tirsagiga tayanib menga qaradi. – Gaplaring odamning boshini aylantirib koʻyadi-ya! Xoʻsh, mening tushunishimcha har bitta juftiing bitta baxt yulduzi boʻladi. Shundaymi?

– Ha-da.

– Oʻzi aytishadi-ku, har bir kishi jufti bilan yaratiladi, deb. Bundan chiqadi, ularning yulduzi ham azaldan belgilangan boʻladi, shundaymi?..

– Xuddi shunday, – dedim Hanifa opamni qiziqtirib qoʻyganimdan zavqlanib ketib.

– Unda qanday aniqlash mumkin, masalan, meni, yoʻgʻe, Maʼmura opangdi yulduzini?..

– Buning yoʻli bitta, – dedim-da, oʻrnimdan turib, shiypon ustupi yoniga borib oʻtirib, yulduzzor osmonga tikildim. – Ular ikkovlashib izlashlari kerak. Ikkovining koʻziga baravar issiq koʻringan yulduz oʻshalarniki boʻladi.

– Biz birgalashib topib bersak boʻlmaydimi?

– Boʻlmaydi. Biz aralasholmaymiz. Opam xat yozsinlar. Maslahat soʻrasinlar Mahmud akadan.

– Aylanay senginadan, – dedi Hanifa opamning qulfi dillari ochilgandan ochilib. – Miyangda gap qaynab yotadi-ya!.. Aytmoqchi, sen oʻzing tanlaganmisan yulduzingni?

– Allaqachon.

– Rostdanmi, qani, qaysi yulduzni tanlagansan, koʻrsat-chi!..

– E, hozir iloji yoʻq. Hov tongga yaqin chiqadi.

– Zuhro yulduzimi?

– Xuddi oʻsha! – dedim maqtanib.

– Oʻsha Zuhro yulduzi ilgari senu menga oʻxshagan qiz bola boʻlgan ekan-a?!

– Yoʻgʻe, rostanmi?!

– Ha-da, bilmasmiding?

Yoʻ-oʻq…

– Ana, sen bilmaydigan narsalar ham bor… Boʻlmasa eshitgin. U kambagʻal bir dehqonning qizi boʻlgan. Zuhroning goʻzalligini eshitgan podsho gʻoyibona oshiq boʻp qopti-da, unga sovchi qoʻydiribdi. Ota-onasi noilojdan rozi boʻlishibdiyu, qiz rozi boʻlmabdi. Sevgan yigitim bor, oʻshangga tegaman, debdi. Podsho gʻazablanib, uning sevgan yigitini topdiribdi-da, dorga osibdi. Dorning ogʻochi uzun, juda-juda balapd ekan. Zuhro kechasi kelibdi-da, yigiti osilgan dor ogʻochiga tirmashib chiqaveribdi, chiqaveribdi, dorning boshiga yetibdi. Undan u yogʻi osmonga bir qadam yoʻl ekan. Tongda podshoning odamlari kelib, unga baqirib-chaqirishibdi, pastga tush, deyishibdi. Qiz koʻnmabdi. Baribir u yoqda oʻtirib jon saqlolmaysan, tushasan bir kun, deyishibdi.

– Toʻgʻri tushaman, qachonki yerda zoʻravon podsholar yoʻqolib ketsa, keyin tushaman, – debdi-da, koʻkka chiqib ketibdi. Ana oʻshandan beri har kun tongotarda chiqib, yerga moʻralab qarab qoʻyarmish…

– Voy bechoragina…

– Mohi, menam gapga uncha noʻnoq emasmanu, lekin qogʻoz-qalam olishim bilan miyamda hech narsa qolmaydi. Bir enlik xat yozishim kun boʻyi paxta chopiq qilishdanam qiyin boʻn ketadi. Boʻldi, menga gap topib berding. Ana shularni yozib yuboraman.

– Rosttanam yozmoqchimisiz shu gaplarni? Aytmoqchi, kimga edi?..

– Ha, Samar akangga-da!.. Voy, nimalar deyapman, bilib qoʻyding-ku!..

Kulib yubordim.

– Oʻzim bilardimu, faqat oʻz ogʻzingizdan eshitmoqchi edim-da!..

– Sen tushmagurdan bir narsani yashirib boʻlarkanmi, – dedi bechora Hanifa opam yengilganini tan olib. – Odamni gangitib qoʻyib, ichidagi gaplarni asta-asta chiqarib olasan.

Yuzlarini aniq koʻrmayotgan boʻlsam-da, suluvgina Hanifa opamning qip-qizarib, yanayam ochilib ketganlarini payqab turardim.

– Xoʻp, meiga aytiig, opa, – deya bidirlab yana davom etdim, – erta bir kun urush tugab, akalarimiz qaytdi deylik. Ular toʻgʻri bu yoqqa kelishsa, bizlar bugʻdoy oʻrib yoki boʻlmasa, paxta choiiq qilib yotgan boʻlsak. Toʻgʻrisini ayting, nima qilardingiz? Chiday olmasdingiz-a, toʻgʻri borib Samar akaning boʻyinlaridan achomlab olardingiz-a?..

– Voy-voy, Xudo asrasin-a, – dedi Hanifa opa yuzlarini qoʻllari bilan bekitib. – Sharmanda qizning gaplarini qaranglar!..

– Men boʻlsam shunday qilardim, – deb oʻrnimdan turdim, – toʻgʻri borardim-da, mana bunday qilib, – deya ustunni quchdim, – Joʻraxoʻja akamni quchib olardim.

– Kim, Joʻraxoʻja?! – deb baqirib yubordi u. Men voy deya boʻshashib oʻtirib qoldim.

– Tentak qiz, axir uning oilasi bor-ku!..

Bir pas karaxtlanib oʻtirdim-da, keyin indamay oʻrnimdan turib, toʻshagim ustiga borib choʻkdim.

– Uning xotini bor-ku, jinnivoy, – dedi onam koyigan, shu bilan birga hamdardlik bildirganday boʻlib.

Bilaman, bor, dedim oʻkinch bilan, lekin unga koʻngli yoʻq.

– Qayoqdan bilasan koʻngli yoʻqligini?

– Oʻzi aytgandi. Baribir urushdan omon qaytsam, birga boʻlamiz. Seni oʻgay onangdi qoʻlidan opketaman, degandi.

– Bechora xotini umid bilan yoʻl qarab yuribdi-ku.

– Bilaman, – dedim quruqqina qilib, – lekin menam kutyapman. Oʻn bir oydan beri xat-xabar yoʻq. Xotini nuqul yigʻlaydi. Baribir oʻlgan, boʻlmasa xat kelardi, deydi. Qaytangga chol-kampirni ezib yubordi. Men boʻlsam, umuman yigʻlamayman. Borib bobom bilan enamni yupatib kelaman. Chunki, bilamanki, Joʻra akam keladi, sogʻ-omon keladi. Menga aytib ketgan. Sizlar bilmaysizlar, u oʻsha oxirgi kuni oq otiga mindirib, oʻzi jilovidan tutib, shu yergacha piyoda opkelib qoʻyib ketgandi. Meni shu yerda kut. Albatta kelaman. Mana shu tulporimda kelib, seni qishloqqa opketaman, degandi. Shuning uchun men hech qachon yomon xayolga bormayman. Faqat yaxshi niyat qilaman. Xudo aytgan ekanki, niyatingga yarasha beraman, deb. Mayli, u yigʻlayversin. Lekin, men yigʻlamayman…

Hanifa opa menga unsiz tikilib qoldi-da, boshini saraklatdi.

– Darding qattik ekan sen bechoraniyam!..

– E, opa, siz bilmaysiz-da, avval u menga sovchi qoʻygandi. Dadam bermagandilar.

– Toʻgʻri-da, yosh boʻlgansan. Oʻn beshdamiding?..

– Yoʻq, uning uchunmas, oybiyimdan qoʻrqib yoʻq degan. Ularga dastyor kerak boʻlgan-da. Keyin Joʻra
akamning otasi biz chol-kampirlar yolgʻiz qolmaylik deb boshqa kelin qilishgan. Joʻra akam urushga ketayotgani uchun yoʻq deyolmagan. Men xafa emasman u kishidan.

Voy kizaloq, qizaloq, bilasanmi, odamni havasi keladi senga, – deya Hanifa opa meni bagʻriga bosdi.

Koʻysangiz-chi, men sizlarga havas qilaman. Ayniqsa, Maʼmura opamlarga. Buncha chiroyli boʻlma-salar… Kilasizmi, Hanifa opa, – deya uning bagʻridan chiqib roʻparasiga oʻtirib oldim, – men mudom tushimda toʻy koʻraman. Hammalaring baravariga kelin boʻlgan boʻlasizlar.

– Oʻzing-chi, – dedi Hanifa opam sochlarini silab.

– E, men yoshman-ku, – dedim uyalib, – meniki keyinroq-da. Ha, eshiting-da, shunday qilib tushimda toʻy koʻraman-da, toʻyxona mana shu shiyponimiz boʻladi. Kuyovlar oppoq otlarga minib, chang-toʻzon koʻtarib kelib qolishadi. Hammasi bir xilda askarcha kiyinishgan boʻladi. Keyin qishloqdan odamlar kelishadi. Hov anovi yerda doshqozonlar oʻrnatishadi. Gulxan yoqishadi. Oʻyin-kulgu qilishadi. Lekin-chi, alam qiladigan joyi – tushimni hech oxirigacha yetolmayman. Miltiqlar gumburlab qoladimiyey, yoki manovi toʻqayga oʻt ketadimiyey, ishqilib…

Shu payt qator tizilishib yotgan qizlardan biri boshini koʻtardi.

– Hey, menga qaranglar, uxlagani qoʻyasizlarmi, yoʻqmi?!

– Voy, Maʼmura, uygʻoqmiding – dedi Hanifa opam uyalganidan oʻzini yoʻqotib qoʻyib.

– Rostini aytsam, men opamni uygʻoq yotganlarini bilardim, – dedim ochigʻiga koʻchib.

– Sen biyronchani bilmaydigan narsangni oʻzi yoʻq, – dedi Maʼmura opam yolgʻondaqa poʻpisa qilib. – Uygʻoq edilar emish. oʻoʻngʻir-gʻoʻngʻir qilib uygʻotib yubordilaring-ku!.. Esiz-a!..

– Ha, nimaga esiz deyapsan, Hanifa opam qiziqsinib.

– Yaxshigina tush koʻrayotgandim.

– Qanaqa tush ekan, Maʼmur?

– Tush-da.

– Ayta qoling, jon opa, – dedim erkalanib.

– Ha, mayli… Oq otlarni tush koʻribman, dedi Maʼmura opam oʻziga yarashgan sipolik bilan.

Ana, Maʼmura opam xam ok otlarni koʻrarkanlar, – dedim chapak chalib.

– Toʻy boʻlayotgan ekanmi?! – dedi Hanifa opam jilmayib.

Ha, manovi jinqarchani erga berayotgan ekanmiz.

– Ho, bekor aytibsiz, aldamang!..

Maʼmura ona bir pas jim qoldi-da, keyin jiddiylashib davom etdi.

– Rostini aytsam, biyroncham, seni shiyponda qolishingga avval rozi boʻlmagandim. Keyin oʻsha
oybiyingni turtkilashidan nariroq boʻlasan-ku, deb koʻngandim. Hozir oʻylab qarasam, toʻgʻri qilgan ekanman, – dedi opam ovozida mehr tovlanib. – Sen bizga judayam kerak ekansan.

Bu gaplardan moyday erib, koʻnglim allatovur yumshab ketdi.

– Endi bilasanmi, nima, ozroq mizgʻib olgin. Uyqung kelmayotgan boʻlsa, alla aytib uxlatamiz,
xoʻpmi, erkatoyim?! Hademay birgad bobong chaqirib kep qoladi. Tagʻin uyquni karaxtligi bilan bugʻdoy oʻraman deb, qoʻl-poʻlingni kesib qoʻymagin.

– Ha, mayli-mayli, uxlaymanu, lekin alla aytsalaring, uyalaman-da, – dedim tantiqligim tutib. – Kap-katta qiz boʻlsam…

– Hech uyalma, kap-katta qiz emish, – dedi Hanifa opam erkalab. – Maza qilib yotavermaysanmi. Qaniydi mengayam birov shunday desa.

– Boʻpti, boʻpti, – dedim murosaga kelib. – Faqat bitta sharti bor. Alla aytinglaru, lekin
avval shunday niyat qilinglar: urush tugagan, erlaringiz…

– Nima?! – deb yuborishdi ikki opam ham baravariga.

E, kechirasizlar, – deya darxol xatomni tuzatdim, – yigitlaringiz eson-omon kelishgan. Gumbur toʻylar oʻtgan. Oradagi toʻqqiz oy xam oʻtgan…

– Ha, tushmagur, toʻqqiz oyniyam biladi, – dedi Hanifa opam zavklanib. Men davom etdim:

– Oʻgʻilmi, qizmi – doʻmboqchalaringiz qoʻllaringizda. Sizlar alla aytayapsizlar, boʻptimi?!

Taklifim yoqib ketdimi, boʻpti, boʻpti, dsdi opalarim kulishib. Keyin galma-galiga alla aytishib, meni uxlatishga kirishishdi…

Lekin, men uchun alla aytishib, oʻzlari uxlab kolishdi. Bechora opajonlarim rosa charchashgan-da. Ha, mayli, endi menam uxlayman. Boʻldi, rosa sannadim. Lekin, yaxshi boʻldi-da, ancha koʻnglimni boʻshatib oldim. Emasam ichim yorilib ketardi-da!.. Hanifa opam koyimadi, demak tushundi. Maʼmura opamning pishiqligini-chi. Uxlagan kishi boʻlib hammasini eshitib oldi-ya. Biladi-da, oʻziga ikki dunyodayam aytmayman bu gaplarni… Shu ishim toʻgʻri boʻldimikan, ishqilib? Maʼmura opam tiliga mahkamkuya, Hanifa opam soddalik kilib ogʻzidan gullab qoʻysa, keyin qulokma quloq oʻtib, vuy… butun qishloqqa yoyilsa-ya!.. Joʻra akamning uyidagilar eshitsa, yangam arazlab ketib qolsa! Sharmandalik! Hammadan burun bechora cholu kamgshrning holi ne kechadi?!

Qoʻrquvga tushib, etim bir uvishdiyu, oʻzimni qoʻlga oldim. E, xudo asrasine, unchalikka bormas… Har holda Hanifa opamga tayinlab koʻysam tuzuk. Birovga aytib qoʻymasinlar…

– Hanifa opa… Opa, – dedim sekingina. Lekin, endi chindanam uxlab qopti shskilli, opam kimir etmadi. Ha, mayli, ertaga aytarman. Endi oʻzimam yotsam boʻlar. Xiyol charchaganday boʻlyapman…

 

Bir chimdim uxladimmi, yoʻqmi, xuddi birov turtganday uygʻonib ketdim-da, shu zahoti shiyponning kunchiqar tarafida charaqlab turgan yulduzga koʻzim tushdi. Quvonib ketdim. Joʻra akam!

– Assalom, Joʻra aka!

– Salom, Mohi! Ozroq dam ololdingmi?

– Ha, rosa. Birgad bobo haligacha kelmabdimi?

– Bir ozkechikkan koʻrinadi. Shutshsiyam maʼqul bafurja gaplashib olamiz.

– E, nimasini aytasiz, shunchalik orzu qilamanki, biror kungina saharda oʻroqqa tushmasak, deb. Yoʻq, saxar mardondan chaqirib keladi, azamatlarim, polvonlarim, deb. Lekin, oʻzi juda yaxshi odam, hech kimning dilini ogʻritmaydi. E, narigi qishloqda Farmon birgad degani bor ekan, ot minib yurarkan. Qamchisidan qon tomadi, deyishadi. Jabbor amakimiz beozor odam. Hech kimni tindirmaydiyam, xafayam qilmaydi. Bir qoʻlini boʻyniga bogʻlab olgan, urushdan nogiron boʻlib kelgan. Kechasi yo azonda bugʻdoy oʻrib ketaveramiz, u kishi yigirma-oʻttiz qadam oldinda ovoz berib turadi. Oʻzini koʻrmaymizu, ovozidan moʻljal olib, oʻrib boraveramiz. Aytadiki, mana shu men turgan yer marra, shu yerda miriqib bir dam olib olamiz, deydi. Qancha gʻayrat qilsak ham haligi marraga yetishimiz qiyin boʻp ketadi. Nega desangiz, bizlarga sezdirmay, sekin-sekin orqasiga tisarilib boraverarkan-da. Buni opalarim sezishsa ham xafa boʻlishmas ekan. Xafa boʻlish ham oʻrinsiz-da, baribir ertami, kechmi, oʻzimiz qiladigan ish. Tezroq tugatsak yaxshi-da! Negadir bugun kech qolyaptilar, tinchlikmikan ishqilib?..

– Keladi, xavotir olma.

– Bularga qoʻshilganimga yigirma kuncha boʻp qoldi. Oʻtgan yili, avvalgi yillar yoshsan deb, meni oʻzlariga qoʻshishmas edi. E, biram yaxshi-ku ular. Ayniqsa, Maʼmura opam bilan Hanifa opam ikkovlari. Qarang, oʻrtalariga olib yotishibdi meni. Dalada ham shunday. Ehe, ish shunaqa koʻpki, hali birgad bobo kelsa, borib choshgohgacha bugʻdoy oʻramiz. Toʻgʻri, qishlokdanam ayollar, keksalar, bolalar keladi. Lekin, ular tong yorishgach kelib, quyosh botar-botmas kaytib ketishadi. Asosiy yuk bizlarning boʻynimizda, ana shu oʻn ikki qizning boʻynida. Aytmoqchi, Hanifa opamning ukasi Safarjonni bizga koʻz qilib qoʻshib qoʻyishgan. Har tugul oʻgʻil bola-da, qizlar yolgʻiz qoʻrqib yurishmasin, deyishgan-da. Shunday qilib, choshgohgacha bugʻdoy oʻramizda, keyin paxta chopiqqa tushamiz. Kechqurungi salqinda yana oʻrimni boshlaymiz. Kun qizigʻida boʻlmaydi, boshoqlar kuruqshab, don toʻkiladi. Bir haftacha burun arpa oʻrimini tugatgandik. Hali bugʻdoyni yigʻishtirsak, sholi oʻrim boshlanadi. Undan tashkariyam bir-ikki kun daryo toʻsishga opketishdi. Bu yil daryo dam-badam toshib turibdi, yuqoridagi qishloqlardan bir-ikkita uylarni olib ketdi… Ha, yana goʻng tashitishdi, dori maydaladik. Hali yoz oxirida har xil hasharlar chiqadi, tomsuvoq deyishadi, xirmonjoy hozirlash deyishadi. Keyin u yogʻiga paxta terimi boshlanadi. Hammasiga biz koʻndalang boʻlamiz. Birgad bobo shuning uchunam mudom alqab yuradi-da, polvonlarim, deb… Nega indamay qoldingiz?.. Yoʻq, hecham qiynalmayman, koʻnikkanman. Undan tashqari, hozir kimgayam oson. Oʻzingiz koʻrib yurgandirsiz, u yoqlarda yosh qizlargacha miltiq koʻtarib, urushib yurganmish-ku! Keyin yana bir gap: avvallari manovi toʻqayzorga qarab yuragim haros olib yurdi. Kechasi hammadan burun yotib olmoqchi boʻlardim, aksiga olib uyqum qochib ketardi. Oʻzi qiziq-da, nega endi manovi shiyponni ovloqdan ovloqqa olib kelib qurishdi ekan. Shiypon degani dalalarning oʻrta bir yerida boʻlguvchi edi. Bu esa dalalar tugagan joyda, toʻqayzorga taqab qurilgan. Toʻqayning bosh-adogʻi yoʻq. Unga oralash tugul, bir chekkasidan qarab tursangizam seskanasiz. Xuddi allambalolar chiqib kelayotganday boʻlaveradi. Lekin, bekorga choʻchib yurgan ekanman. Qoʻrqmaslik kerak ekan. Hanifa opam aytdiki, u yoqqa qaramagin ham, oʻylamagin ham, dedi. Sabil qolgur, qaramayman deb qancha tirishsam ham koʻzim oʻz-oʻzidan tushaveradi. Oxiri yoʻlini topdim. Yura-gimni botir qildim-da, toʻshakka oʻranib olib, toʻqayga tikilib yotaverdim, yotaverdim. Qiziq, astasekin toʻqayning vahimasi yoʻqolib, yuvosh tortib qoldi. Hatto baʼzida, bu yoqqa kel, qizalogʻim, deb chaqirayotganday ham boʻladi. Shu, bir aylanib charx urib chiqsammi, deb qoʻyaman ham oʻzimcha… Ha, sizga aytmoqchi boʻlib yurgan yana bir narsam, oʻtgan yili mana shunaqa paytlar bitta voqea boʻlgan ekan. Lekin qizlar kelishib olib, hech kimga hech narsa deyishmabdi. Menga Haiifa opam aytib berdi… Bir kuni yarim kechasi qizlar uygʻonib ketib qarashsa, boshlari tomonda bir miltiqli kishi oʻtirganmish. Qiy-chuv qilib, burchakka tiqilib olishibdi. Haligi odamning soch-soqollari oʻsib ketgan, egni boshi allatovur. Lekin koʻzlari jiqqa yosh emish. Avval rosa qoʻrqishgan boʻlsa, keyin hayron boʻlishibdi. Mendan qoʻrqmanglar, debdi haligi odam, toʻgʻri, urushdan qochib yuribman, lekin nomardlikdan, koʻrqoqlikdan bunday qilmadim, debdi. Men gulday qizlarini bunday vahshiy toʻqayzorga haydab qoʻygan hukumat uchun qon toʻkishdan or qilaman, xolos, debdi. Haligi odamni tanishibdiyu, lekin qishloqdagilarga aytishmabdi. U boshqa koʻrinmabdi. Urushga qaytib ketgan boʻlsa kerak, deydi Hanifa opam. Chunki, oʻsha kuni qizlardan biri uning orqasidan borib, bir narsalar deb yigʻlabyolvorganmish. Qizning kimligini aytmadi opam. Hechqisi yoʻq, hali bilib olaman…

Xullas, ana shunaqa gaplar, Joʻra aka… Siz nima deb oʻylaysiz, haligi odamning gapi toʻgʻriga oʻxshaydiyu, lekin urishdan qochib yurishi baribir notoʻgʻri-da, shunday emasmi?..

– Shunday. Umuman, men ham bu yerlarda koʻp
narsalarni koʻrdim, koʻzim ochildi. Nasib qilsa,
hali aytib beraman. Menimcha ham ayol zotini bunaqa himoyasiz tashlab qoʻyish yaxshi emas, gunohi azim!

– Himoyasiz emasmiz-ku?! Masalan, men uchun mana siz borsiz. Qoʻrqmayman.

– Mohiginam, sen haliyam goʻdaksan. Axir men sendan qanchalar olisda ekanimni bilasanmi?! Men bor-yoʻgʻi yulduzman, olis bir yulduz! Xudo koʻrsatmasin, senga bir narsa boʻlsa qoʻlimdan nima keladi? Jovdirab, moʻltirab turaverishdan boshqasiga yaramayman-ku!

– Unaqa demang. Qancha olisda boʻlsangizam, mayli. Faqat omon boʻling. Sizning 6u dunyoda borligingizning oʻzi menga yetadi. Eh, bilmaysiz-da, ayniqsa shu kecha-kunduzlar men charchash nimaligini, gʻam-tashvish nimaligini bilmayman. Hamma hayron boʻlib qaraydi, havas bilan qaraydi. Sababini tushunishmaydi. Men boʻlsam, sababini aytib, butun dunyoga jar solgim keladi, baxtimni koʻz-koʻzlagim keladi… Haligina siz haqingizda opalarimga aytib berdim. Meni toʻgʻri tushunishdi, hatto havaslari keldi… Joʻra aka, negadir bezovtasiz?..

– Brigadiring hayalladi. Tezroq kelsa boʻlarmidi…

Kep qolar… Voy, Joʻra aka, nima u? Bir narsa irillaganday boʻldimi?.. – Atrofga alangladim, koʻzim hech narsa ilgʻamadi. – E, oʻlsin, daydi itlar boʻlsa kerak…

– Qoʻrqma, Mohi, – dedi Joʻra aka, ovozida
qoʻrquv tuydim. – Oʻzingni bardam tut.

Nimadir yana irilladi, ketidan uvlab yubordi. Qalin toʻqayzor chekkasidagi qamishzor bezovta chayqalib, ularning ostidan ikki koʻlanka sirgʻalib chikdi. Etim muzlab, titrab ketdim.

– Voy, boʻri-ku, Joʻra aka, ikkita boʻri!..

– Ha, boʻri. Lekin, sen qoʻrqma, aytganimni
qil!

Boʻrilar toʻqay chekkasida dikkayib oʻtirishdi, shiypon tarafga qarab irillab qoʻyishdi. Tishlari yarqirab ketdi.

– Vuy, Joʻra aka, ular meni koʻrdi. Nima
qilay?..

– U yoqqa qarama. Maʼmurani uygʻot, Hanifaniyam!..

– Xoʻp. Maʼmura opa, opa, turing. Tez turing!..
Maʼmura opam koʻzini ochdiyu, nima boʻldi ham demay, oʻrnidan sapchib turdi. Chunki, xuddi shu mahal boʻrilar yana uvlab yuborishgan, opam darhol ahvolni tushungandi. Uning birinchi qilgan ishi, darhol shiypon chekkasiga bordi-da, u yerda qala-shib yotgan ketmonlardan birini qoʻliga oldi. Keyin boʻrilar tarafga sinchiklab tikildi. Men ancha yuragimni bosib olib, Hanifa opamni uygʻota boshladim.

– Hanifa opa, turing, tez boʻling…

– Ha, ha, nima gai, birgadmi? – dedi u uyqusirab.

– Yoʻq, birgadmas, turing, koʻrasiz.

A, nimani koʻraman, Maʼmur, nima u, boʻrimi?! Voy, oʻlay, boʻri, endi nima qilamiz?!

– Hanifa, sekin. Qoʻrqmagin, Safarni uygʻot,
 – dedi Maʼmura opam bosiqlik bilan. Lekin boʻrilardan koʻzini uzmadi. Boʻrilar bezovtalanib, toʻqay chekkasida izgʻishar, nimagadir bir-biriga qarab irillab qoʻyishardi. Hanifa opam boshigacha burkanib olgan ukasiii turtkilay boshladi.

– Safar, Safarjon, tur, ukajon, turgin…

Safar qimir etmasdan yotardi. Oxiri Hanifa opam baqirib yubordi.

– Tursang-chi, Safar oʻlgir!..

– Sekin, boshqalarni qoʻrqitib yuborasiz, opa, – dedim dagʻ-dagʻ titrab.

– Toʻgʻri, hech kim vahimaga tushmasin Mohi, – dedi Joʻra akam quvvatlab. – Endi boshqalarni ham uygʻotinglar. Maʼmurani toʻxtat, u yoqqa borma-sin.

Qarasam, Maʼmura opam qoʻlida ketmonni mahkam tutgancha, shiypondan tushyapti.

– Maʼmura opa, toʻxtang, unday qilmang.

– Mohi, gulxan yoqinglar, gʻoʻzapoyani yoqinglar, – dedi Joʻra akam yoʻl-yoʻriq koʻrsatishda davom etib.

– Maʼmura opa, gulxan yoqamiz, boʻrilar olovdan qoʻrqishadi.

Maʼmura opam ortiga qaytdi. Ustunga osigʻlik fonusni qoʻliga olib, piligini koʻtardi. Keyin boʻrilarga poʻpisa qilganday, fonusni serpay boshladi.

Boʻrilar unga qarab tek qotishdi. Koʻzlari yonib, bir-ikki irillab qoʻyishdi. Men shiypon biqinidagi gʻoʻzapoyalardan ikki bogʻini sudrab kelib, opamning oyogʻi tagiga tashladim.

– Opa, gugurt bering.

Opam nimchasi kissasidan gugurt olib uzatdida, yana fonusini silkita boshladi. Hanifa opam oʻzini yoʻqotib qoʻygancha, yigʻlamsirab, Safarni turtkilardi.

– Mohi, Safarni tinch qoʻyinglar, u turmaydi.

– Xoʻp, Joʻra aka. Hanifa opa, Safarni qoʻying,
boshqalarni uygʻoting, – dedim gugurt chaqib, gulxan yoqishga tutinarkanman. – Hey, turinglar, kelinglar bu yoqqa!. Maʼmura opam ham menga yordamlasha boshladi. Hayronman, kap-katta opalarim men nima desam bajarishyapti. Oʻz-oʻzidan ularning kattasiga aylanib qolgandim. oʻoʻzapoya buruqsab bir tutun chiqardi-da, keyin charsillab yona ketdi. Men botirlanib, yana ikki bogʻ gʻoʻzapoyani sudrab keldim.

– Barakalla, Mohi. Ana shunday, qizlarga ayt,
hech kim shiypondan uzoqlashmasin.

Avvaliga qiy-chuv qilib, shiyponni boshlariga koʻtargan qizlar, oʻzlarini bosib olishib, gulxan yoniga kelib, boʻridan hurkkan qoʻylardek gʻum-gʻuj boʻlib olishdi. Uttiz qadamcha narida esa ikki boʻri dikkayib oʻtiribdi. Koʻzlari olov yolqinida yonib-yonib ketadi.

– Vuy, Maʼmura, ulardi koʻziga kara, yonib
boryapti, – dedi Xdnifa opam dagʻ-dagʻ titrab.

Shu payt boʻrilar oʻrnidan qoʻzgʻalib, u yoq bu yoqqa yura boshladi. Qizlar qiy-chuv koʻtarib yuborishi bilan, yana tek qotishdi.

– Ularga qaramanglar, Mohi, Qarshiboy deb
baqiringlar!..

Osmonga qaramasam-da, bechora Joʻra akamning jovdirab, titrab-qaqshab borayotganini his etib turardim.

– Maʼmura opa, Qarshiboy deb baqiraylik, –
dedim Joʻra akamning fikrini darhol ilgʻab
olib. – Boʻrilardi jagʻi qarishib, ogʻizlarini ocholmay qolishadi.

Tavba, opalarim yana soʻzsiz boʻysunishdi. Qarshiboy, Qarshiboy leb baravariga baqira boshlashdi. Qarasam, bechora Safar ham yonimizga kevolib, Qarshiboy, Qarshiboy deb turibdi. Oʻzim ne ahvoldamanu, uning qiligʻidan kulgim qistaydi.

– Mohi, dadil boʻl, gulxanni balandroq gurlatinglar. Yanayam!..

– Xoʻp boʻladi, Joʻra aka!..

Chopqillab borib, yana gʻoʻzapoya keltirdim. Darhol bogʻini uzib, olov ustiga yoyib tashladim. Uzun tayoq bilan olov bagʻrini ochib, qoʻzgʻatdim. Gulxan shiypon baravar boʻlib, har yoqqa uchqun sachratib, lovullay ketdi. Bundan ruhlangan opalarim yanada avjlanib, baqira boshlashdi. Baʼzilari ketmonu oʻroqlarni olib, bir-biriga urib, daranglatishga tushishdi. Shovqin-surondan hurkishdimi, olovdan koʻrqishdimi, haytovur, boʻrilar birin-ketin changalzorga kirib gʻoyib boʻlishdi…

Atrof tinchib qoldi. Gulxan ham vazifasini bajarib boʻlib, pasaya boshladi.

– Mohi, endi bir kosa muzday suvdan simirgin-da, yotib uxla. Xatar oʻtdi, – dedi Joʻra akam yengil tin olib.

– Xoʻp boʻladi!..

Joʻra akamning aytganini qildim-da, sekin borib toʻshakka uzandim. Opalarim kelib, atrofimda davra olib oʻtirishdi. Ular allatoʻsin maʼyuslanib, menga koʻz tikib oʻtirishar, bir ogʻiz ham soʻz qotishmasdi. Qaysi biri bir chekkada piq-piq etib yigʻlardi. Shiyponning kun chiqar tarafida, osmon etagida, bir oʻzginasi horgʻin miltirab turgan yulduzimga koʻz tikkancha, uxlab qoldim.

 

Oʻngimdami, tushimdami Jabbor akaning kuyibpishib gapirayotgani qulogʻimga kira boshladi.

– Ha, Xudo bir asrabdi. Kechasi bilan koʻnglim
alagʻda boʻlib chiqdi-ya. Besabab emas ekan-da. Boʻldi,
hoziroq raisga chiqib aytaman. Qishlokdagi hamma
ishimni yigʻishtiraman-da, shiyponga borib yotaman,
deyman. Invalid holimda menam qishloq bilan shiypon oʻrtasida uloq boʻldim. Boz ustiga kechasi bilan xayolim sizlarda. Boʻldi-e, menga desa!.. Oʻzi shu kunlar qonimga tashna boʻlib yuribman. Har kuni noxush bir xabar!..

– Yana kanaqa xabar?

Bu Hanifa opamning ovozi edi.

– Sahar payti bu yoqqa otlanib tursam, hamsoyamizdikida qiy-chuv boʻlib qoldi.

– Nimaga?..

– Nimaga boʻlardi, Joʻraxoʻjadan qoraxat kelibdi.

Amaki, jim boʻling, gapirmang!

– Xoʻp, qizim, xoʻp.

Endi tushundim, eshitayotganlarim oʻngimda ekan. Oʻrnimdan sapchib turdim.

Nima dedingiz? Kimdan dedingiz? Joʻra akam?.. Yolgʻon, yolgʻon deng!

Yolgʻon bolam, men shunchaki… – dedi Jabbor amaki dovdirab.

Joʻra akam tirik. U oʻlmaydi. Oʻlmasligi kerak!..

Shunday dedimu, bemajol quladim.

Birdan yengil tortdim. Tanam bir hovuch parga aylandi. Ucha boshladim. Uchayapman, uchayapman, shiyponimiz pastda kolib ketdi. Opalarim pastda qolib ketdi. Bunday qarasam, shiyponimiz gugurt qutichadaygina boʻlib koʻrindi. Toʻqayzor-chi, bosh adogʻi yoʻkday, vahimali boʻlib yotardi. Bir parchagina joy ekan-ku. Naryogʻida anovi ilonizi boʻlib koʻringani daryodir-da. Kichkina ariqcha ekan bor-yoʻgʻi… Shunchalik balandga chiqib ketibmanmi?.. Vuy, birdan tushib ketsam-a!.. Yoʻq, tinmasdan uchib, balandlab ketyapman. Oxiri yer koʻrinmay qoldi. Hamma yoq osmonga, oʻzim yaxshi koʻradigan yulduzzor osmonga aylandi. Birdan quvonib ketdim, zavq-shavk bilan qanot qoqdim. Uchishim tezlashdi.

Yulduzlar ham menga qarab shitob bilan kela boshlashdi. Tagʻin birortasiga urilib ketmasaydim, deb xavotirga ham tushib qoʻydim. Qayoqda?! Hech ularga yetolmasdim. Tavba! Keyin eslab qoldim: eshitgandimki, yulduzlarga yetish uchun oylab, yillab, hatto asrlab uchish kerak, deb… Menam rosa uchdim. Eh-he, necha zamonlar oʻtib ketdi oradan… va nihoyat yulduzlar makogshga yetdim. Yetdimu, lekin oʻzimizni, Joʻra akam ikkimizni yulduzimizni topolmadshm. Izlayverib, har bir miltiragan choʻqqa qarayverib, koʻzlarim tolib ketdi. Keyin men behudaga buncha balandlab ketganim, u osmon etagida ekani yodimga tushdi. Moʻljal olib, pastga endim. Yana iyecha bir zamonlar oradan oʻtib kichik bir tepalik koʻzimga chalindi. Pastlab borganim sari tepalik deganim ulkan toqqa aylandi. U ana shu togʻdan bir nayza boʻyigina yuqorida boʻlishi kerak… Yoʻk, xira, nursiz yulduzchalar behisobu, ammo u yoʻk. Ha, demak uni yerdagilar urib qulatishgan. Toqqa qulab tushgan. Togʻ bagʻirlab uchib qidirdim. Qidira-qidira etakka yetdim. Bemajol yerga koʻndim. Qarasam, bir buloq boʻyida oʻn bitta opam qator tizilib oʻtiri-shibdi. Yonlariga borib qoʻshildim. Oʻn ikki qiz boʻldik. Hammamiz oppoq harir koʻylakda.

– Nima qilib oʻtiribsizlar, yoki sizlar ham?.. Ha, biz ham oʻz yulduzimizni izladik, dedi Maʼmura opam.

– Topdingizmi?..

– Yoʻq, hech qayerda yoʻq, – dedi Maʼmura opam
uf tortib, – yerda ham, u yoqda ham…

– Sizchi, Hanifa opa, siz topdingizmi?

– Topmadim, biyroncham, hammasi behuda ekan, – dedi Hanifa opam koʻzida yoshi bilan iljayib.

– Ha, hammasi! – dedi Maʼmura opam qoʻl siltab. – Shuncha yelib-yugurib, uchib-qoʻnib yetib kelgan manzilimiz shu yer boʻldi. Ega boʻlganimiz mana shu taxir suvli buloq boʻldi!

– Taxir ekanmi suvi? – dedim tashnalikdan tamshanib.

– Ha, taxir. Ishonmasang ichib koʻr, mana, – dedi Hanifa opam iljayib.

Ichdim.

– Voy, buncha achchiq!.. Hanifa opam xandon otib kuldi.

– Qismating bu, qismating! Ichaver!..

Ich, yana bir qultum ich, – dedi Maʼmura opam ham bir niyola suv tutib.

– Ich, koʻnikib qolasan, – dedi Hanifa opam qistab.

– Yoʻq, icholmayman, – deya oʻrnimdan turdim.

– Ichasan, ichasan, – dedi Hanifa opam zugʻum bilan. Ksyin majburlab ogʻzimga qultillatib quydi. Aʼzoi tanamda ogʻriq va titroq qoʻzgʻaldi. Toshday ogʻirlashib, buloq boʻyiga yiqildim…

– Koʻzingni och, Mohi, – degan ovoz qulogʻimga chalindi.

– Manovi suvdan ich, – dedi boshqa bir mehribon ovoz.

– Yoʻq, icholmayman, achchiq, – dedim piyola tutgan qoʻlni nari itarib.

Nega achchiq boʻlarkan, jinnivoy, ichib koʻrchi, mana bir qultumgina ich.

Labimga muzday bir narsa tegdi, shiringina… Qult etib yutindim. Va shunda zilday qovoqlarim oʻz-oʻzidan ochilib ketdi.

Dastavval boshimda tizilib, yigʻlamsirab turgan opalarimga, keyin… rangi boʻzday oqarib borayotgan yulduzsiz osmonga koʻzim tushdi.

 

Orziqul Ergash

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.