“Odamlar sening shikoyatlaringni birinchi bor eshitib, dalda bo‘ladilar. Keyingi safar malollana boshlaydilar”

1
127
marta ko‘rilgan.

Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulug‘ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.

 

***** 

Laa ilaaha illaa anta, subhaanaka, inniy kuntu minaz zolimiyn.

Shu Qur’oniy duoni doim aytib yurishga odatlanaylik. Chunki, uning avvali tavhid, o‘rtasi tasbeh, oxiri istig‘fordir.

Oyat ma’nosining tarjimasi: Sendan o‘zga iloh yo‘qdir. Sen (barcha) nuqsonlardan pokdirsan. Darhaqiqat, men (o‘zimga) zulm qiluvchilardan bo‘ldim(Anbiyo surasi, 87-oyat). 

***** 

Odamlar sening shikoyatlaringni birinchi bor eshitib, dalda bo‘ladilar. Keyingi safar esa malollana boshlaydilar. 

***** 

Shunday kishilar borki, sen ularga hech narsa bermasang ham ular senga muhabbatni tortiq qiladilar.

Shunday kishilar borki, sen ularga hamma narsani berganingdan keyin ular senga alam va og‘riqni tortiq qiladilar.

«Sukutdagi sadolar» 

***** 

Eng shijoatli odam birinchi UZR AYTADI.

Eng kuchli odam birinchi KEChIRADI.

Eng baxtli odam birinchi UNUTADI. 

***** 

Hamma narsa Allohga tasbeh aytadi. Har bir maxluq o‘ziga yuklatilgan vazifani sustkashlikka yo‘l qo‘ymay bajaradi. Faqat inson gohida zikrni kam qilib, vazifasida sustkashlik qiladi. 

***** 

Hakim Termiziy rahimahulloh dedilar: «Besh toifa kishining salohi beshta joydadir:

  1. Yosh bolaning salohi maktabda.
  2. Yigitning salohi ilm o‘rganishda.
  3. O‘rta yoshning salohi masjidda.
  4. Ayolning salohi uyda.
  5. Buzg‘unchining salohi qamoqda». 

***** 

Jim turishning foydalari:

– mashaqqatsiz ibodat;

– taqinchoqsiz ziynat;

– saltanatsiz haybat;

– to‘siqsiz, devorsiz qo‘rg‘on.

Xovatir roqiya jurnali 

***** 

Ey Robbim! Oldimda rostgo‘y bo‘lib, ortimda munofiq bo‘ladigan qalblar (kishilar)dan meni uzoq qil!

Xovatir roqiya jurnali

 *****

 Ortga bir qadam qaytgan bo‘lsang, umidsizlikka tushma! Kamondagi o‘q oldinga shiddat bilan otilishi uchun orqaga tortilishini unutma!

Arab hikmati

 *****

 Agar insonlar bir-birlari haqida gapirishning o‘rniga bir-birlari bilan gaplashishni ko‘proq o‘rganganlarida edi ko‘plab muammolar bartaraf bo‘lardi.

Xovatir roqiya jurnali

 

Internet materiallaridan to‘plab, tarjima qiluvchi

Nozimjon Iminjonov

 

muslim.uz

1 mulohaza

  1. Assalomu alaykum ! Men Saviya.uz saytini yaqinda bildim. Bundan shunchalik xursandmanki, oldinroq bilmaganimdan afsusdaman. Bu yerdan juda ham ko‘p ma’lumot olish mumkin. Mana shu saytni programma dastur shaklida ishlab chiqilsa, juda qulay bo‘lar edi. Insonlarga beg‘uborlik berayotgan sayt deyish mumkin.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.