Munajjim

0
118
marta koʻrilgan.

Jubron Xalil JUBRON

 

Doʻstim menga ibodatxona soyasida yolgʻiz oʻtirgan koʻr odamni koʻrsatib dedi:

– Mana bizning mamlakatimizdagi yagona donishmand odam.

Soʻng doʻstim bilan xayrlashib, koʻrning qoshiga bordim. Salomlashdim. Bir suhbatlashganimizdan soʻng undan:

– Gapimni koʻnglimga olmagin-u… qachondan beri koʻrmay qolgansan? – deb soʻradim.

– Men tugʻma koʻrman, – javob berdi u.

– Sen qaysi sohada donishmandlik darajasiga yetding?

– Men munajjimman, – dedi koʻr va qoʻlini koʻkragiga urib izoh berdi. – Men shu yerdagi quyoshni oy va yulduzlarni kuzataman.

 

Baxtiyor SALOMOV tarjimasi

 

“Ijod olami”, 2017–6

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.