Men sendan ustalik qildim

0
108
marta koʻrilgan.

Qazvinlikning tishi ogʻriyotgan ekan, jarrohning oldiga boribdi.

– Ikki tanga bersang, tishingni sugʻurib tashlayman, – debdi jarroh.

Qavzinlik bir tanga beraman deb savdolashibdi, boʻlmabdi. Axiri ikki tanga berishga rozi boʻlibdi va ogʻzini ochib, ogʻrimaydigan tishini koʻrsatibdi. Jarroh uni sugʻurib tashlabdi.

– Eh, unisi emas, ogʻriq tishim bu yerda qolib, sogʻini sugʻurding, – deb ogʻriyotgan tishini koʻrsatibdi qazvinlik.

Jarroh uni ham sugʻurib tashlabdi. Shunda qazvinlik jarrohga:

– Sen meni ahmoq qilib, ikki tangamni olmoqchi eding, ammo men sendan ustalik qildim: boshingni aylantirib, ikki tangaga ikki tishimni sugʻurtirib oldim, – debdi.

 

Ubayd Zokoniy

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.