Men baqlajonning nadimi emasman

0
326
marta koʻrilgan.

Sulton Mahmud och qolgan ekan, unga baqlajon qovurib berishibdi. Bu ovqat Sulton Mahmudga maʼqul tushibdi va u: “Baqlajon ham chakki taom emas ekan”, deb qoʻyibdi. Bu soʻzni eshitib qolgan nadimi darhol baqlajonni maqtab ketibdi. Sulton Mahmud qorni toʻygandan keyin: “Va-a, shuyam ovqat boʻldimi, turgan-bitgani koni ziyon”, debdi. Nadim oʻsha zahoti baqlajonning zarari haqida bir dunyo gaplar aytibdi.

Sulton Mahmud hayron boʻlibdi:

– Hoy, inson, hozirgina uni maqtab turganding-ku? – debdi. Shunda nadim:

– Ey shahriyor, men baqlajonning nadimi emas, sizning nadimingizman, shuning uchun sizga xush yoqadigan narsani gapirishim kerak, – debdi.

 

Ubayd Zokoniy

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.