Keraksiz ishonch

0
0
marta koʻrilgan.

Bir kuni hayvonot bogʻida fillar yonidan oʻtayotib gʻalati bir manzaraga koʻzim tushib qoldi. Bahaybat, ulkan fillar old oyogʻidan nozik arqonlar bilan boylab qoʻyilgan edi. Na zanjir bor, na qafas. Fillar bu arqonlarni bir siltanishda bemalol uzib ketishi mumkin edi. Lekin negadir ular bunga harakat ham qilmas, jimgina turardi.

Men hayvon oʻrgatuvchining oldiga bordim va nima sababdan bunday ulkan jonivorlar qimir etmay turgani, boʻshalishga urinmayotganini soʻradim. U: “Fillar juda yosh paytida ularni xuddi shunday nozik arqonlar bilan boylab qoʻygandik. Ular mana hozir katta boʻldi, lekin arqonlarni oʻzgartirganimiz yoʻq. Chunki fillar arqonlarni uzib ketib boʻlmasligiga ishonadi va qutulishga harakat ham qilmaydi”, deb javob berdi.

Nihoyat darajada hayratlanarli holat. Bu jonivorlar istagan paytlarida arqonlarni parcha-parcha qilishlari mumkin edi. Biroq bunday qilolmasliklariga ishonganlari sababli shu hollarida umrlarining oxiriga qadar qimirlamay tursalar kerak.

Bu fillar bizga ajabtovur tuyulyapti. Lekin ular tushgan kabi holatlarga biz tushmaganmizmi? Qachondir uringan va eplolmagan ishimizdan yurak oldirib qoʻyib, unga umuman qoʻl urmaslikka qaror qilmaganmizmi?

 

Orif Tolib
tayyorladi.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.