Izlanish

0
91
marta koʻrilgan.

Jubron Xalil JUBRON

 

Ming yil avval Livanda togʻ yonbagʻirlarining birida ikki faylasuf uchrashib qoldi:

– Yoʻl boʻlsin? – soʻradi birinchisi. Boshqasi javob berdi.

Men yoshlik chashmasini izlab yuribman. U mana shu togʻ tizmalaridan sizib chiqar ekan. Men oʻrgangan qadimgi kitoblarda aynan shu yoshlik chashmasi haqida aytilgan. Bu chashma gul kabi quyoshga intilar ekan. Oʻzing-chi? Oʻzing nimani axtaryapsan?

– Men oʻlim sirini izlab yuribman, – dedi birinchi faylasuf. Faylasuflarning xar biri oʻzinikini maʼqul bildi va bir-birlarini ruhiy koʻrlikda ayblab, qizgʻin bahslashdilar.

Ular olamni buzib, bir-birlariga baqirashayotganlarida, qishlogʻida soddadil, goʻl hisoblangan bir odam shu yerdan oʻtib qoldi. U nima haqdadir qizgʻin bahslashayotganlarni koʻrib toʻxtadi. Soʻngra bahslashuvchilarning daʼvolarini eshitib, ularning yoniga keldi va dedi:

– Doʻstlarim, menga aniq boʻldiki, sizning ikkingiz ham bitta falsafa oqimiga mansubsiz va bitta narsa haqida ikki xil tilda gapirayotibsiz, bitta haqiqatni har biringiz har xil soʻzlar bilan tushuntiryapsiz. Sizlardan biringiz yoshlik chashmasini, ikkinchingiz esa, oʻlim sirini izlab yuribsiz. Mohiyatan esa ular ajralmasdir. Bir maqsadga har biringiz oʻz yoʻlingiz bilan kelyapsiz, xolos.

Omon boʻling, donolar, – dedi-da, yoʻlovchi oʻz yoʻliga ravona boʻldi va ulardan bir necha qadam uzoqlashgach, samimiy kulib yubordi.

Ikki faylasuf bir necha lahzaga bir-biriga jim tikilib qolishdi, soʻng ular ham kulib yuborishdi.

– Nima boʻpti, – dedi ulardan biri, – ketdik birga izlaymiz.

 

Baxtiyor SALOMOV tarjimasi

 

“Ijod olami”, 2017–6

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.