It

0
128
marta koʻrilgan.

Olmosh yarim kechasi uygʻonib ketib, ochiq derazadan qop-qora, katta it xona ichkarisiga moʻralayotganini koʻrib, miyasiga qon gupillab urildi. U oʻrnidan asta turdi-da, oyoq uchida yurib hovliga chiqqach, ayvon ustuniga suyab qoʻyilgan belkurakni qoʻliga oldi. Keyin u nafas olmasdan oyoq uchida yurib, derazaga yaqinlashgach, qulochkashlab turib, kuchining boricha, itning boshiga belkurak bilan tushirgan edi… angillash oʻrniga hovlini temirning jaranglashi-yu, taraq-turuq tutib ketdi. Taraqa-turuqdan choʻchib uygʻongan xotin, avvaliga “Aba-a-a!” deb baqirib, soʻng tildan qolganday jimib qoldi. Olmosh chiroqni yoqib, koʻziga it boʻlib koʻringan narsa, xotinining qora panbarxat xalati yopilgan separator ekanini koʻrib, alam bilan “Padaringga laʼnat!” deb, qoʻlidagi belkurakni hovli tomonga uloqtirdi. Xotin, yotgan joyida arang tilga kirib:

– Boy boʻgʻur, nima boʻldi-i-i?! – dedi yigʻlamsirab.

Olmosh ayvon bilan bir boʻlib sochilib yotgan separator anjomlariga ijirgʻanib qarab:

– Tur-e, masov, sochilib yotgan… itni yigʻishtirib ol! – dedi alam bilan.

 

Mehmon Islomqulov

 

“Ijod olami”, 2017–4

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.