“Insonlar sendan uzoqlashib ketsalar ham rost gapirishdan qoʻrqma!”

0
122
marta koʻrilgan.

Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan. 

 

*****

Universitet taʼlimi kishiga aql emas, balki vazifa (ishga joylashishga imkon) beradi.

Albert Eynshteyn

*****

Hoʻkizga oldi tomonidan, eshakka orqa tomonidan, ahmoqqa hech qaysi tomonidan yaqin kelma.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Ongsiz xalq kuni kelib vijdonsiz ommaviy axborot vositasi yetaklaydigan qoʻylar podasiga aylanadi.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Ehtimol ishga joylashishing kechikayotgandir, ehtimol uylanishing kechikayotgandir, ehtimol bemorlikdan tuzalishing kechikayotgandir. Lekin bu sinovlarga sabr qilganing uchun ajring aslo kechikmaydi.

“Hikmat durdonalari”

*****

Bu zamondagi koʻplab odamlar haqida:

Siqilsang, senga tasalli beradigan insonni topolmaysan.

Xursand boʻlsang, seni tabriklaydigan insonni topolmaysan.

Yigʻlasang, koʻz yoshingni artib qoʻyadigan insonni topa olmaysan.

Lekin xato qilsang, hamma senga tikilib turganini koʻrasan.

“Hikmat durdonalari”

*****

Odamlarni oʻzingga jalb etish uchun yolgʻon gapirma! Insonlar sendan uzoqlashib ketsalar ham rost gapirishdan qoʻrqma!

“Hikmat durdonalari”

Internet materiallaridan toʻplab, tarjima qiluvchi

Nozimjon Iminjonov

 

muslim.uz

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.