Hayot kuzatuvlaridan qaydlar

0
93
marta koʻrilgan.

Jamiyatdagi muhit inkor etsa – haqlikka daʼvogar boʻlma.

* * *

Gʻiybat va mish-mishlar orasidan ham haqiqatni anglab olish mumkin.

* * *

Ayrim shoiru yozuvchilarimiz oʻquvchilarni saviyasi pastligi, badiiy didi yoʻqlikda ayblashsa, oʻquvchilar yaxshi asarlar yozilmayotganligidan shikoyat qilishadi.

* * *

Olomonga tomosha kerak, bugun olqishlagan olomon ertaga tahqirlashu osishga ham tayyor turadi.

* * *

Lavozimga saylangan boshliqlar saylovchilarga, mansabiga tayinlangan amaldor tayinlash huquqiga ega katta amaldorga xizmat qilishga intiladi.

* * *

Olimu fozillar, oriflaru ilm ahli toʻrga olib chiqilmasa, qadrlanmasa jamiyatda maʼrifatu maʼnaviyat rivoj topmaydi.

* * *

Nazoratchi-tekshiruvchilar qancha koʻp boʻlsa qonunu qoidabuzarlar ham shuncha koʻp boʻladi.

* * *

Avomu olomonning muhabbati oʻtkinchidir.

* * *

Maqtovni yoqtiradigan rahbarlarni hamma maqtashga harakat qiladi.

* * *

Ayrim masalalarni hal etishga “yashirincha yoʻllar” orqali borilsa tezroq ijobiy yechimini topadi. Nachora?

* * *

Nochoru muhtojning dardu iltimosini eshitib, ijobiy hal qilib berolmasang oʻzingdan oʻzing nafratlana boshlaysan.

* * *

Omadsizlarning   aksariyati “halol va pok”likka daʼvogardirlar.

* * *

Ayyoru xushomadgoʻylar nafaqat boshliqlar, davru tizim oʻzgarsa ham oʻzgarmaydilar.

 

Abdishukur OMONOV

 

qashqadaryogz.uz

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.