“Hayo va sukut ayollarning eng goʻzal ziynatidir”

0
138
marta koʻrilgan.

Quyida keltiriladigan fikrlar ijtimoiy tarmoqlardagi “Tarix muxrlagan soʻzlar” sahifasidan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarning bir qator fikrlari ham berilgan.

 

Buyuk sahobiyning hikmatlari

  • Allohning yaratganlarini koʻrib turib, Alloh haqida shak qilgan kimsadan ajablandim.
  • Oʻlganlarni koʻrib turib, oʻlimni unutgan kimsadan ajablandim.
  • Birinchi paydo boʻlishni koʻrib turib, keyingi paydo boʻlishni inkor qilgan kimsadan ajablandim.
  • Foniy diyorni obod qilib, boqiy diyorni tark etgan kimsadan ajablandim.
  • Kecha nutfa boʻlib, ertaga murda boʻladigan kimsaning mutakabbirlik qilishidan ajablandim.

Umar ibn Xattob roziyallohu anhu

 

  • Men shahmat oʻynashni oʻrganishga umuman qiziqmadim. Sababi oddiy: shoh tirik qolishi uchun qoʻshinni oʻldirishni istamayman!

Mahatma Gandi

 

  • Hayo va sukut ayollarning eng goʻzal ziynatidir!

 

  • Bir insonni sinab koʻrding, doʻstlikka yaramas ekan, endi uni oʻzingga dushman qilib olishdan ehtiyot boʻl!

Pifagor

 

  • Togʻlarning tepasiga olam seni koʻrishi uchun emas, balki sen oʻzing olamni koʻrish uchun chiq.

Devid Makkalou

 

Internet materiallaridan toʻplab, tarjima qiluvchi

Nozimjon Iminjonov

 

muslim.uz

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.