Hamma gap samimiyatda

0
107
marta koʻrilgan.

Charli Chaplin hikmatlaridan

 

  • Komediya suratga olish uchun menga park, politsiyachi va bitta chiroyli qiz kifoya qiladi.
  • Sevilmaganlargina nafratlanadilar.
  • Men siyqasi chiqqan mavzudan qoʻrqmayman. Hayotning oʻzi toʻlasicha siyqalik. Axir har birimiz yashaymiz va oʻlamiz, bir kunda uch mahal ovqatlanamiz, sevamiz va sevmay qoʻyamiz.
  • Hayotdagi eng qaygʻuli hol – hashamatga oʻrganib qolishdir.
  • Hech qachon bola boʻlmaganlar katta ham boʻlmaydilar.
  • Hamisha yerga qarab yuradigan odam kamalakni koʻrolmaydi.
  • Tabassumsiz kun – yoʻqotilgan kun.
  • Aql meni xavotirga solishi, hatto kasal qilib qoʻyishi mumkin. Biroq uni yuragim bilan uygʻunlashtira olsam, u oʻsha zahotiyoq mening bebaho ittifoqchimga aylanadi.
  • Men kambagʻallikda hech qanday joziba yoki ibrat koʻrmayman. U menga hech narsani oʻrgatmadi, hayotiy qadriyatlar haqidagi tasavvurlarimni buzdi, xolos. Jamiyatning oliy sinfi deb ataluvchi boylarning iqtidori va fazilatlarini hurmat qilmaslikni uqtirdi.
  • Hamma gap samimiyatda. Chol banan poʻchogʻiga sirpanib yiqilib tushdi – bunga kulmaymiz. Lekin bu holat takabbur va boy jentelmen bilan sodir boʻlsa, miriqib xoxolaymiz.
  • Mening ogʻrigʻim kimningdir kulgisiga sabab boʻlishi mumkin, lekin mening kulgim kimningdir ogʻrigʻiga sabab boʻlmasligi kerak.
  • Oyna – mening eng yaxshi doʻstim. Chunki yigʻlagan paytim u hech qachon kulmaydi.
  • Fikrlash qobiliyati skripka yoki royal chalishga oʻxshaydi. U bilan har kuni shugʻullanib turish kerak.
  • Hayot repetitsiya qilinmaydigan pyesadir. Shu bois parda tushib, spektakl tugamagunicha hech qanday qarsakni kutmay kuylang, yigʻlang, raqsga tushing, kuling va qoʻlingizdan kelganicha yaxshi yashang.

 

Orif Tolib tarjimasi

 

“Yoshlik” jurnalining 2016 yil 9-sonida chop etilgan.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.