Hadyalarning eng afzali – senga bildirmasdan seni duo qilish uchun koʻtarilgan qoʻllardir

0
136
marta koʻrilgan.

Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan. 

 

*****

Qalblarning eng afzali: sodiq qalbdir.

Odamlarning eng afzali: seni Alloh roziligi yoʻlida yaxshi koʻrgani uchun seni unutmaydigan kishidir.

Kunlarning eng afzali: gunohsiz oʻtkazgan kuningdir.

Hadyalarning eng afzali: senga bildirmasdan seni duo qilish uchun koʻtarilgan qoʻllardir.

Fikr ajoyibotlari

*****

Seni namozga olib bormaydigan qadamlar jannatga ham olib bormaydi!

“Fikr ajoyibotlari”

*****

Tinglash odobi

Ato rahimahulloh shunday deganlar: «Albatta, bir kishi menga bir hadis aytadi va men unga, xuddi avaal eshitmagandek, jim turib quloq solaman. Vaholanki, u hadisni oʻsha odam tugʻilishidan oldin eshitganman».

*****

Qayerda boʻlsang ham, agar yuzingni Robbing tarafga burmasang (namoz oʻqimasang), haqiqiy xotirjamlik va chinakam saodatni hargiz topa olmaysan. Bas, shunday ekan, Allohga yaqinlash, baxtli boʻlasan.

*****

Koʻp hollarda Alloh sendan sen xohlayotgan narsani manʼ qiladi. Senga oʻzing muhtoj boʻlib turgan narsani berishi uchun shunday qiladi.

Fikr ajoyibotlari

 

Internet materiallaridan toʻplab, tarjima qiluvchi

Nozimjon Iminjonov

 

muslim.uz

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.