Goʻrkov

0
112
marta koʻrilgan.

Jubron Xalil JUBRON

 

Bir gal men qazo qilganlarimdan biri “men”ni dafn etib boʻlganimda, yonimdan oʻtayotgan goʻrkov gap tashladi.

– Bu yerga yaqinlarining oʻliklarini koʻmib ketayotganlarning hammasidan koʻra sen menga maʼqul boʻlding.

– Koʻnglimni koʻtarding, – dedim men, – lekin nima sababdan meni afzal koʻrding?

– Chunki, – dedi goʻrkov boshqalar bu yerga yigʻi bilan kelib ketadilar. Faqat birgina sen tabassum bilan kelib, tabassum bilan ketasan.

 

Tulki

Ertalab quyosh chiqqanda tulki oʻz soyasiga qarab dedi:

– Bugungi nonushtamga bitta tuya tutib kelaman. Va shu koʻyi tulki tuya izlab ovora boʻldi. Kun peshinga yetib, quyosh tikkaga kelganda u yana oʻz soyasiga qarab oldi va toʻngʻilladi:

– Sichqonga ham ozor bermayman…

 

Baxtiyor SALOMOV tarjimasi

 

“Ijod olami”, 2017–6

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.