Faylasuf va etikdoʻz

0
166
marta koʻrilgan.

Jubron Xalil JUBRON

 

Bir kun yirtilib qolgan etigini yamatish uchun faylasuf yetikdoʻz doʻkoniga bordi.

– Baraka topgur, shu etigimni yamab berasanmi? – iltimos qildi u.

– Men hozir qoʻlimdagisini tikib boʻlay, qolaversa, ana, qancha yirtiq etiklar qoʻlimga qarab oʻtiribdi, – javob berdi etikdoʻz, – haqqimni halollashim kerak. Avval kelganlarni tuzatay, keyin senikini olaman. Yaxshisi sen etigingni menga qoldirib ketgin-da oʻrniga mana bu etikni kiyib ol. Bir kunga chidab beradi. Ertagacha oʻziningkini taxt qilib qoʻyaman.

Faylasuf oʻzini tutolmay gʻazablanib baqirdi:

– Oʻzgalarning etigini kiyib yurish menga toʻgʻri kelmaydi.

– Axir sen qanday faylasufsanki, Oʻzgalar etigida yura olmasang, – dedi etikdoʻz, – ana, menga yana bir etikdoʻz koʻshni yashaydi. U faylasuflarni yaxshi koʻradi. Sen unga bor, u etigingni yamab beradi.

 

Baxtiyor SALOMOV tarjimasi

 

“Ijod olami”, 2017–6

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.