“Doʻstlik baland togʻ boʻlib, unga faqat vafodorlargina tirmashib chiqadilar”

0
83
marta koʻrilgan.

Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan. 

 

*****

Agar yomonlikka yomonlik bilan javob beriladigan boʻlsa, u holda yomonlik qachon tugaydi?

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Doʻstlik baland togʻ boʻlib, unga faqat vafodorlargina tirmashib chiqadilar.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Suv hamma narsani yuvadi. Ammo zaharli tilni emas.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Haqiqiy sustlik berk aqllarda boʻladi.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Vatan uch nafar odamning ustida turadi:

  • Taom beradigan dehqonning;
  • Qoʻriqlaydigan askarning;
  • Tarbiya qiladigan muallimning.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Agar chiroyli ayol gavhar boʻlsa, fazilatli ayol (gavharlarga toʻla) kondir.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Qamoqxonaning hidini hidlamasdan (yaʼni qamoqqa tushmasdan) oʻgʻrilik qilib yuradiganlar naqadar koʻp!

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Oʻzi xato qilib, yana undan uzr soʻrashlarini kutadigan kimsalar meni juda ham bezovta qiladi.

Bernard Shou

*****

Oʻzingni oqlab oʻtirma. Doʻstlaring oʻzingni oqlashingga muhtoj emaslar. Dushmanlaring esa bu gaplaringga ishonmaydilar.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

 
Internet materiallaridan toʻplab, tarjima qiluvchi

Nozimjon Iminjonov

 

muslim.uz

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.