Doʻsti koʻp bilan siylash

0
44
marta koʻrilgan.

Abay hikmatlaridan

 

Odamning odamgarchiligi ishni qanday boshlaganidan bilinadi, qanday bitirganidan emas.

* * *

Koʻngildagi koʻrkam oʻy ogʻizdan chiqqanda sirini yoʻqotadi.

* * *

Hikmatli soʻzlarni oʻzboshimcha nodonga aytganingda koʻngling yonadi ham, oʻchadi ham.

* * *

Yaxshilikni bilganga qayish, noshukrga qayishmoq qadrni yerga urmoqdir.

* * *

Mard koʻp soʻrasa ham ozga rozi boʻladi, nomard oz soʻraydi, ortiqcha bersang ham rozi boʻlmaydi.

* * *

Faqat oʻzing uchun mehnat qilsang, oʻz qorni gʻamida oʻtlagan hayvonlardan biri boʻlasan, insoniyat ravnaqi uchun mehnat qilsang, Ollohning sevimli bandalaridan biri boʻlasan.

* * *

 Odam bolasini zamon voyaga yetkazadi, kimda-kim yomon boʻlsa, buning uchun uning zamondoshlari aybdor.

* * *

Kimning boshiga gʻam-tashvish tushmaydi? Umidni uzmoq — matonatsizlik. Dunyoda har narsaning intihosi bor, yomonlikning ham oxiri yoʻq, deb kim aytadi? Qalin qorli qahraton qishning ortidan koʻm-koʻk maysalari moʻl, yomgʻiri koʻl koʻklam kelmaydimi, axir!

* * *

Achchiqlanib baqirganning ziyoni yoʻq. oʻazablanib indamagandan qoʻrq.

* * *

Baxt va shodlikdan koʻpchilik boshini yoʻqotib qoʻyadi, mingdan bir kishigina xalq oldida ojiz boʻlib koʻrinmaslik uchun xotirjamlik bilan es-hushini saqlab qoladi.

* * *

Agar mehnatim unsin desang — ishning koʻzini top.

* * *

Shon-shuhrat — baland choʻqqi. Sabr-toqat bilan oʻrmalagan ilon ham unga tirmashib chiqadi. Tarqoq el choʻqqiga chiqmaganni maqtaydi, yoʻlovchilar buni chin deb oʻylaydi.

* * *

Dunyo — ulkan ummon. Vaqt — toʻxtamay yelayotgan shamol. Oldindagi toʻlqinlar — ajdodlar, orqadagi toʻlqinlar — avlodlar. Ularning davomiyligida abadiy hayot yashaydi.

* * *

Baxti ortiq podshodan aqli ortiq faqir yaxshi: soqolini sotgan qariyadan mehnatini sotgan bola afzal.

* * *

Toʻq tilanchi — odamning shaytoni.

Ilmsiz soʻfi — moʻltoni.

* * *

Yomon doʻst soyaga oʻxshaydi. Peshonangga kun tugʻsa, qochib qutula olmaysan, boshingda bulut toʻplansa, izlab topa olmaysan.

* * *

Doʻsti yoʻq bilan sirlash, doʻsti koʻp bilan siylash. Qaygʻusizdan uzoq qoch, qaygʻuliga quchoq och.

* * *

Bogʻing unib oʻsguncha butun el senga tilakdosh boʻladi. Bogʻing unib-oʻsgandan soʻng mevasini oʻzing yeysan.


Rustam MUSURMON tarjimasi

 

uzas.uz

Oldingi sahifaGulnor opa
Keyingi sahifaAlla
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.